AQSh Yevropa ittifoqiga qarshi yangi bojlarni joriy etdi

© AP Photo / Virginia MayoFlagi USA i UE w Brukseli
Flagi USA i UE w Brukseli  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Yevropa ittifoqida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlariga 25 foiz va havo kemalarga 10 foizlik bojlarni joriy etmoqda.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. AQSh juma kuni Yevropa ittifoqida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlariga 25 foiz va havo kemalarga 10 foizlik bojlarni joriy etmoqda.  

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
AQSh harbiylari Suriyadagi katta shaharni tark etdi

Qaror Jahon Savdo Tashkilotining (JST) nizolarni hal qilish idorasi (ODS) qaroriga asosan 2004-yildagi AQSh sud da’vosiga binoan qabul qilingan.

Oktabr boshida JST hakamlari nihoyat AQShga qo‘shimcha bojlar belgilanishi mumkin bo‘lgan tovarlar hajmini tasdiqladi.

AQShning Yevropa Ittifoqi Airbus'ga bergan subsiyadiyalar tufayli yetkazgan zararini qoplash doirasida AQSh tomoni yiliga 7,496 milliard dollardan oshmaydigan miqdorda YeIga qarshi javob choralarini ko‘rishi mumkin, deyiladi tashkilot bayonotida.

AQShning Savdo vakili Robert Laytxayzer ushbu majburiyatlarni - samolyotlarga 10% va Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari uchun 25% joriy qilishni qat’iy niyati borligini aytgandi.

Savdo vakili qaror 18-oktabrdan kuchga kirishini aytdi. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika Yevropa Ittifoqidan sharob va pishloqga bojlarni joriy qilishi mumkinligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0