TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Yevropadagi xavfsizlikni kafolatlash AQShning emas, Yevroittifoqning zimmasidadir, dedi Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, deb xabar beradi RIA Novosti.
"Amerika saylov kampaniyasini kuzatib ayrim xulosalarga kelish mumkin: amerikaliklarning bundan buyon Yevropada harbiy operatsiyalarni olib borishga imkoni yo‘q. Men Yevropani harbiylashtirish kerak degan fikrdan yiroqman. Biroq menimcha, qit’amizda tartib va xavfsizlik kafolatini ta’minlashimiz lozim. Bu kelajakda biz uchun juda muhim", — dedi Yunker.