“Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar Yevropa manfaati yo‘lida qabul qilindi – AQSh elchisi

© Nord Stream 2 / Mediabankka o‘tishPodgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive
Podgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh sanksiyalari tufayli “Shimoliy oqim-2” qurilishini olib borayotgan Allseas kompaniyasi ishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. AQShning Germaniyadagi elchisi Richard Grenell “Shimoliy oqim-2” quvuriga qarshi sanksiyalar Yevropa ittifoqi manfaati yo‘lida qabul qilingani, ko‘plab davlatlar buning uchun minnatdorchilik bildirayotganini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident SShA Donald Tramp i kansler Germanii Angela Merkel vo vremya vstrechi v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Merkel “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar uchun AQShga urush e’lon qildi - Bild

“15 Yevropa davlatlari, Yevropa Komissiyasi va Yevropa parlamenti - loyiha haqida o‘z xavotirlarini bildirishdi. Biz yevropalik sheriklarimizdan AQSh ularning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini anchadan berish eshitib kelmoqdamiz. Shu sababli, sanksiyalar Yevropa qarorini ifoda etadi”, - dedi Grenell Bild am Sonntag.

AQSh “Shimoliy oqim-2” va “Turkiya oqim” gaz quvurlariga qarshi choralarni kiritdi.

“Shimoliy oqim-2” qurilishini olib borayotgan Allseas kompaniyasi ishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Shu o‘rinda Germaniya hukumati “Germaniya va Yevropa kompaniyalarga qarshi qaratilgan bunday sanksiyalarni rad etishi”ni ma’lum qilgandi.

Merkel ushbu masala bo‘yicha aytgan bayonotida, AQSh sanksiyalariga qarshi ekanligi, Vashingtonga javob choralarini “qat’iy muhokama” qilayotganligini ma’lum qildi. Bild yozishicha, haqiqatdan mamlakat rahbari AQSh prezidenti Donald Trampga urush e’lon qildi
“Shimoliy oqim-2” gaz quvuri Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi orqali o‘tadi.

Loyihaga ko‘ra, gaz quvurining ikki tarmog‘i uzunligi 2,4 ming kilometrdan oshadi. “Shimoliy oqim-2” Rossiya, Germaniya, Daniya, Finlyandiya va Shvetsiyaning hududiy suvlari orqali utadi.

Yangiliklar lentasi
0