"Bu odamlar sog‘lig‘i ustida biznes": Bosh konsul RF va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat haqida

© Press-slujba Posolstva Uzbekistana v RF Predstaviteli posolstva Uzbekistana provodat peregovori v svazi so skopleniyem uzbekistansev na granitse s RK
Predstaviteli posolstva Uzbekistana provodat peregovori v svazi so skopleniyem uzbekistansev na granitse s RK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov Samara va Orenburg viloyatlarida chegara yaqinidagi vaziyat haqda  hikoya qilib berdi hamda ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarga maslahat berdi.

- Chegarada ayni damda vaziyat qanday? U yerda qancha fuqarolar to‘planib qolgan, ulardan qanchasi O‘zbekiston fuqarolari?

- Biz rasmiy kanallar orqali ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarimizni ijtimoy tarmoqlarda tarqatilayotgan Rossiya-Qozog‘iston chegarasi ochilishi haqidagi yolg‘on xabarlar, shuningdek ayrim fuqarolar tomonidan o‘z manfaati yo‘lida messenjerlarda tarqatilayotgan chegaragacha transfer xizmatlari haqidagi e’lonlar to‘g‘risida ko‘p martalab ogohlantirganmiz.

Kazaxsko-uzbekskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Uch ming yetti yuzdan ortiq fuqaro qozoq-o‘zbek chegarasini kesib o‘tdi

Lekin barcha ogohlartirishlarga qaramasdan, oxirgi haftalar davomida Orenburg viloyatining "Mashtakovo" chegara-nazorat punktida va Samara viloyatining Bolshaya Chernigovka tumani hududida 2 mingdan ortiq fuqarolarimiz to‘planib qolishgan. Ularning barchasi  yolg‘on xabarlarga ishonib Rossiyaning turli hududlaridan kelgan va vataniga qaytish uchun Qozog‘iston hududi orqali tranzit koridori ochishni talab qilishmoqda.

Vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida biz O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov hamda Qozon shahridagi bosh konsul Fariddin Nasriyev bilan birgalikda 5 kundan beri shu yerdamiz. Ushbu davr ichida Rossiya prezidentining Volgabo‘yi federal okrugidagi vakili Oleg Mashkovsev, Samara viloyati gubernatori Dmitriy Azarov va boshqa rasmiy kishilar bilan muzokaralar o‘tkazdik.

Undan tashqari Samara va Orenburg viloyatlarida fuqarolarimiz to‘planib qolgan joylarda ham uchrashuvlar o‘tkazdik, ularning yashash sharoitlari bilan tanishdik.

Vatandoshlarimiz bizga ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan chegaralar ochilganligi to‘g‘risidagi yolg‘on xabarlarni va ushbu xabarlarga biriktirilgan "grafik"larni, shuningdek taksichilar tarqatgan sms-e’lonlarni ko‘rsatishdi.

© Press-slujba Posolstva Uzbekistana v RFSotrudniki posolstva i konsulstv Uzbekistana v RF obshayutsya s grajdanami, ostayushimsya na granitse s RK
Bu odamlar sog‘lig‘i ustida biznes: Bosh konsul RF va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat haqida - Sputnik O‘zbekiston
Sotrudniki posolstva i konsulstv Uzbekistana v RF obshayutsya s grajdanami, ostayushimsya na granitse s RK
Situatsiya na kazaxsko-uzbekskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston chegara punktida 3 mingga yaqin O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari to‘plandi

Afsuski ushbu fuqarolarimiz TIV va elchixonaning rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatilgan xabarlarga emas, mana shunday yolg‘on xabarlarga ishonib firibgarlar tuzog‘iga tushgan.

Shuningdek, biz may oyida birinchi bor chegarada odamlar to‘planib qolganidan ko‘zga ko‘rinib qolgan taksi haydovchichilari yana o‘z faoliyatini davom ettirayotganining guvohi bo‘ldik. Vijdonsiz "tashuvchilar" odamlar sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, ularni vaziyat qurboniga aylantirib, chegaragacha olib borib qo‘yishni o‘ziga xos "biznes"ga aylantirib olgan.

- Hozir Qozog‘istonda COVID-19 epidemiyasi og‘ir kechmoqda. TIV fuqarolarni chegaradan olib o‘tishning imkoni yo‘q deb yozgan edi. Qo‘shni respublika bilan biror kelishuvga erishildimi?

− Haqiqatdan ham, 5-iyuldan boshlab Qozog‘istonda epidemiologik vaziyat murakkablashuvi tufayli keskin karantin choralari kiritilgan. Respublikada, xususan hududlararo avtobus harakati va poyezdlar qatnovi butunlay to‘xtatilgan. Hukumat xabariga ko‘ra, ushbu cheklovlar 14 kun davomida saqlanib qoladi. Bularning barchasi, albatta, fuqarolarimizni Qozog‘iston hududi orqali qaytarishda ma’lum tashkiliy qiyinchiliklar tug‘diradi va vaqt talab qiladi. Qozog‘iston hukumati bilan muzokaralar barcha darajalarda olib borilmoqda. Ularning natijalari haqida biz alohida xabar qilamiz.

Ushbu vaziyatdan foydalanib Qozog‘iston tomoniga may va iyun oylarida cheragada to‘planib qolgan bir yarim mingdan ortiq fuqarolarimiz uchun ajratilgan tranzit koridori uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.

- Mahalliy hukumatlar tomonidan fuqarolarni vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risida tkliflar bormi? Ushbu takliflarga migrantlar qanday munosabat bildirishmoqda.

− Biz Rossiya tomoniga va mahalliy hokimiyatlarga fuqarolarimizga ko‘rastilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirmoqchimiz. Viloyat va tuman ma’muriyatlari tomonidan vatandoshlarimizni vaqtinchalik joylashtirish uchun chodirli lagerlar tashkil qilingan. Ayrim fuqarolarimiz har doim ham yo‘l chetidan ko‘ra kerakli sharoitlar yaratilgan ushbu lagerlarga o‘tishni har doim ham xohlamaydi, lekin bu boshqa masala.

Uzbekistansi na rossiysko-kazaxstanskoy granisi jdut vozmojnosti viexat na rodinu - Sputnik O‘zbekiston
Rus-qozoq chegarasida yana o‘zbekistonlik migrantlar to‘plandi: hozir nimalar bo‘lmoqda

Samara va Orenburg viloyatlari hukumatlari biz bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolarga chegaralar ochilguncha ishlab turish uchun munosib to‘lovi, yashash  joyi va ovqati bilan ta’minlangan bir necha ming vakansiyalar taklif qilishdi.

Undan tashqari fuqarolar bilan mahalliy mehnat vazirliklar, Xalqaro migrantlar huquqiy tashkilotlari vakillari ishlamoqda.  Ish beruvchilarning o‘zlari ham vakansiyalar taklif qilmoqda, lekin ushbu imkoniyatlardan faqatgina sanoqli kishilar foydalanishdi, aksariyat fuqarolar to‘plangan joylarda kutishda davom etmoqda.

- Fuqarolar sog‘lig‘i monitoring qilinmloqdami? Lagerda COVID-19 avj olmasligi uchun ular tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilmoqdami?

— Rossiyalik shifokorlar jalb qilingan. Ular vaqti-vaqti bilan fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda, tushuntirish va maslahat bermoqdalar. Kasallik xavfi ko‘proq tahdid solayotgan homilador va yosh bolali ayollar, kasallar va keksa yoshli fuqarolarga alohida e’tibor berilmoqda.

− O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi mablag‘siz qolgan fuqarolarga vataniga qaytish uchun qanday tavsiyalar berishi mumkin? Ular qonun buzmaslik va o‘z sog‘liqlarini xavf ostiga qo‘ymasliklari uchun qayerga murojaat qilishlari mumkin?

− 5-iyuldan boshlab Qozog‘istonda va 10-iyuldan O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi kurash doirasida qattiq karantin choralari kiritilgan. O‘zbekiston va Rossiyaga amalga oshirilayotgan charter parvozlari soni kamaytirilgan. Rossiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgan. Oldin joriy etilgan cheklov choralari bekor qilinmoqda, sanoat korxonalari, savdo obyektlari va boshqa tashkilotlar ishga tushmoqda, demak yangi ish o‘rinlari ham paydo bo‘lmoqda.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
TIV: rus-qozoq chegarasi yopiq, firibgarlarga ishonmang!

Murakkab sharoitda fuqarolarimiz ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda shubhali manbaalardan tarqatilayotgan yolg‘on xabarlarga ishonmasdan, Rossiya-Qozog‘iston davlat chegarasiga borishga shoshilmasdan, xotirjamlikni saqlasa - maqsadga muvofiq bo‘ladi.  Rossiyada vaziyat kun sayin yaxzshilanib, vatandoshlarimiz ishga joylashishi uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Ushbu jarayonga Rossiyaning turli hududlaridagi bosh konsullarimiz ham, Tashqi mehnat migratsiyasi vakolatxonalari ham o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor. Kim uyga qaytishga qat’iy qaror qilgan bo‘lsa, onlayn ro‘yxatga yozilib o‘z navbatini kutib turishi kerak.

Biz hozirgi sharoitlarda o‘zbekistonliklar Rossiyada qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganidan xabardormiz. 14-maydan boshlab "Mehr" aksiyasi ishga tushgan. Ushbu tadbir doirasida ayni damda 35 million rubldan ortiq moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Ushbu yordam imkoniyati cheklangan fuqarolar, qaramog‘ida 2 yoshgacha bolalari bo‘lgan yoki  7 oydan katta homilasi bo‘lgan ayollar,   COVID-19ga chalingan vatandoshlar va talabalarga ko‘rsatilmoqda. Yordamga eng muhtoj kishilarga Rossiyaning turli shaharlarida xostelda turish uchun sharoitlar yaratilgan.

Ochered avtomobiley na granitse s Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
TIV Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar haqida bayonot berdi

Koronavirus pandemiyasi - bu butun dunyoga kelgan ofatdir. Lekin ushbu murakkab sharoitda alohida kishilar fuqarolarning soddaligidan foydalanib, o‘z vatandoshlarini aldash yo‘li bilan pul ishlab topmoqda. Bu birinchi navbatda yolg‘on xabarlar tarqatib, chegaragacha transfer tashkil qilganlarga taaluqli. Ular jazo muqarrar ekanligini bilishlari kerak. O‘zbekiston Jinoyat kodeksida taaluqli modda bor.

Xususan, OAV va Internetda yolg‘on xabarlar tarqatgani uchun BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha (4,6 - 9,2 tis. $) yoki 360 soat jamoat ishlari belgilangan. Shunigdek alohida hollarda 2-yildan 3-yilgacha majburiy mehnat yoki ozodlikni cheklash bilan ham jazolanishi mumkin.

Rossiya qonunchiligida ham og‘iroqibatlarga olib kelgan yolg‘on xabarlar tarqatgani uchun 300 mingdan 2 million rublgacha jarimaga tortish yoki 5-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0