Uch ming yetti yuzdan ortiq fuqaro qozoq-o‘zbek chegarasini kesib o‘tdi

© SputnikKazaxsko-uzbekskaya granitsa
Kazaxsko-uzbekskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki kun ichida “Jibek joli” – “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar fuqarolar o‘tkazildi. Fuqarolarning chegara punkti yaqinida to‘planib qolishi kuzatilmayapti.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. 3700 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi.

1 iyuldan 7-iyulgacha bo‘lgan muddatda “Jibek joli” — “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti orqali 2700 nafardan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytgan. Biroq yuzaga kelgan texnik muammolar tufayli Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan fuqarolarni o‘tkazish cheklangan miqdorda amalga oshirildi. Oqibatda bu holat chegarada 3000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘planib qolishiga sabab bo‘ldi.

Situatsiya na kazaxsko-uzbekskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston chegara punktida 3 mingga yaqin O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari to‘plandi

Respublika maxsus komissiyasi, DXX Chegara qo‘shinlari va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 8-iyul kuni fuqarolarining Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha texnik va tashkiliy masalalar tezkorlik bilan hal qilindi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 8-iyul kuni kechqurun va 9-iyul kuni “Jibek joli” – “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar fuqarolar o‘tkazildi.

Hozirgi paytda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q, nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda, fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.

O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0