Rus-qozoq chegarasida yana o‘zbekistonlik migrantlar to‘plandi: hozir nimalar bo‘lmoqda

© Kongress uzbekov i uzbekistansevUzbekistansi na rossiysko-kazaxstanskoy granisi jdut vozmojnosti viexat na rodinu
Uzbekistansi na rossiysko-kazaxstanskoy granisi jdut vozmojnosti viexat na rodinu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Mashtakovo” va “Sagarchin” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida yana 1,8 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarolari to‘plandi.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Mariya Naumenko. “Mashtakovo” va “Sagarchin” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 1,8 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarolari to‘plandi. Nega migrantlar chegara oldiga keldi va hozir u yerda nimalar sodir bo‘lmoqda – Sputnik materialida.

Hozir Samara viloyatidagi Bolshaya Chernigovka tumanida 1 139 nafar, Orenburg viloyatidagi Buzuluk tumanida esa 747 nafar fuqarolar bo‘lib turibdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Samara viloyatidagi Butunrossiya o‘zbeklar, o‘zbekistonliklar kongressining mintaqa bo‘limi rahbari Dilfuza Sobirova ma’lum qildi.

“Bular go‘yoki Qozog‘iston Respublikasi chegarasi ochilgani va Orenburjye orqali uyga qaytish imkoniyati mavjudligi haqidagi yolg‘on xabarga ishonganlar. Ta’kidlayman, bu ijtimoiy tarmoqlar, messenjer va shaxsiy axborot kanallari orqali tarqatilayotgan yolg‘on ma’lumotdir”, - deya tushuntiradi Orenburg viloyati hukumati raisining o‘rinbosari, vitse-gubernator Dmitriy Kulagin.

Firibgarlik ishlariga, jumladan, vijdonsiz taksi haydovchilari ham qo‘shilgan. Migrantlar ularga Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga o‘tish umidida chegaragacha kelish uchun haq to‘lashgan. Biroq natijada esa haydovchilar ularni chegara punkti yoniga tashlab ketishgan. Kuni kecha o‘zbekistonliklar vaqtincha joylashtirilgan punktlarda bo‘lgan Butunrossiya o‘zbeklar konressi raisi Ibragim Xudoyberdiyev vaziyatni shunday tavsirladi.

“Yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan ayrim shaxslar Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga odamlarni yetkazib qo‘yish va chegarani kesib o‘tishda “yordam berish”ni va’da qilib turli e’lonlar tarqatmoqdalar.  Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonda joriy qilingan karantin choralari, shu jumladan, mamlakatlarga kirishga oid cheklovlar o‘z kuchida qolmoqda”, - deya ogohlantirdi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi.

Chodirlarda bolalar ham, homilador ayollar ham yashamoqda

Rossiya va Qozog‘iston chegarasiga kelib qolgan migrantlarning asosiy qismini erkaklar tashkil etadi. Lekin ular orasida bolalar va ayollar ham bor. Ular birgalikda vaqtinchalik punktlarda yashashmoqda.

© Kongress uzbekov i UzbekistansevJenshina s rebenkom na rossiysko-kazaxstanskoy granitse v ojidanii viezda v Uzbekistan
Rus-qozoq chegarasida yana o‘zbekistonlik migrantlar to‘plandi: hozir nimalar bo‘lmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Jenshina s rebenkom na rossiysko-kazaxstanskoy granitse v ojidanii viezda v Uzbekistan

“Bolshaya Chernigovka tumanida ikki nafar bola va olti nafar homilador ayollar bor. Ulardan birining homilasi sakkiz oylik. Buzuluk tumanida esa bir nafar ikkiqat ayol bor. Biz ularni Samaraga olib borib uy-joy va tibbiyot xizmati bilan ta’minlashni taklif qildik, lekin ularning erlari rad etishdi”, - deydi Sobirova.

Mintaqa hukumati mahalliy o‘zbek diasporasi bilan birgalikda vaqtinchalik lagerda yashash uchun qulay maishiy sharoitlarni muhayyo qilishga harakat qilishdi. Xudoyberdiyevning so‘zlariga ko‘ra, odamlar joylashtirilgan joylarda elektr energiyasi, ichimlik suvi, biohojatxona mavjud. Zarurat tug‘ilganda, migrantlarga tibbiyot yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, fuqarolar uchun oziq-ovqat tashkillashtiriladi.

“Kecha Buzuluk tumaniga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan KamAZ olib kelindi. Mahalliy hukumatdan tashqari turli diaspora tuzilmalari ham yordam bermoqda. Ular orasida dog‘iston va tojik diasporalari bor. Ko‘plab saxovatpesha insonlar yordam berdi”, - deydi Xudoyberdiyev.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
TIV: rus-qozoq chegarasi yopiq, firibgarlarga ishonmang!

Shuningdek, xohlovchilarga ishga joylashish uchun yordam berilmoqda. Sobirovaning so‘zlariga ko‘ra, may va iyun oyida chegaraga kelib qolgan migrantlarning bir qismi allaqachon issiqxona majmualarida, qurilishda hamda qorovul bo‘lib ishlashmoqda.  Ish beruvchilar ularni turar-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlamoqda.

“Ular ishga kirganliklaridan xursand va hatto vatanga hozircha qaytishmoqchi emaslar. Kecha vatandoshlardan biri menga uyiga 500 dollar jo‘natganini aytdi. Biror yerda ishsiz o‘tirib, kutgandan ko‘ra oila shunday yordam bergan yaxshiroq”, - deya ta’kidlaydi Sobirova.

Ishlayotganlar O‘zbekistonga tashkil etiladigan reyslar ro‘yxatida bor. Chegarani kesib o‘tishga oid masala hal qilinishi bilanoq, ular xabardor qilinadi, deya ishontiradi Xudoyberdiyev.

Tranzit yo‘lagi qachon ochiladi

Sobirovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish masalasi hal qilinmoqda.

Orenburg viloyati hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Kulagin ham koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq oddiy bo‘lmagan vaziyatga qaramasdan O‘zbekiston fuqarolarini Qozog‘iston hududi orqali olib o‘tish masalasi hozirda ikki davlat diplomatik xizmatlari darajasida muhokama qilinayotganini tasdiqladi.

© Kongress uzbekov i uzbekistansevPalatochniy gorodok na granitse RF i Kazaxstana, gde skopilis bolee tisachi uzbekistansev
Rus-qozoq chegarasida yana o‘zbekistonlik migrantlar to‘plandi: hozir nimalar bo‘lmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Palatochniy gorodok na granitse RF i Kazaxstana, gde skopilis bolee tisachi uzbekistansev

“Rossiya vatandoshlarimizni chiqarib yuborishga tayyor, lekin kelishuv O‘zbekiston va Qozog‘iston tomonidan bo‘lishi kerak. Bugun Bolshaya Chernigovka tumaniga O‘zbekistonning Volgabo‘yi federal okrugidagi bosh konsuli keladi, ertaga esa elchining o‘zi kelishi kutilmoqda. Yo‘lakni ochish bo‘yicha qaror borga o‘xshaydi. Hoynaxoy, avtobus qatnovi tashkil etiladi”,  - deya taxmin qiladi Xudoyberdiyev.

“Biz imkoni boricha odamlarga (migrantlarga – tahr.) yordam berapmiz. Ular ham O‘zbekison Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi ularning uylariga qaytish masalasini tezroq hal qilishidan manfaatdorlar”, - dedi Kulagin.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston chegarasida to‘planib qolgan o‘zbekistonliklar borasida kelishuvga erishildi

Elchi va bosh konsul 7-iyul kuni chodirlarda yashayotgan mehnat migratlari hamda Orenburg va Samara viloyati ma’muriyati vakillari bilan uchrashadi, deya aniqlik kiritdi Sobirova.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Sputnik muxbiriga Botirjon Asadov Rossiya mintaqasining birida xizmat safarida ekanini ma’lum qildi. Lekin elchi Samara viloyatida emas. Uning keyin qayerga yo‘l olishi ma’lum emas.

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya va Qozog‘iston chegarasida to‘planishi uch oydan buyon kuzatilmoqda. May oyida Bolshaya Chernigovka tuman 800 nafarga yaqin o‘zbekistonliklar qolib ketgan edi. Ular tranzit yo‘lagini ochishni talab qilishdi. O‘shanda ular observatsiya lageriga joylashtirilib, keyin esa maxsus avtobuslarda Qozog‘iston orqali vatanga jo‘natildi. Shunga o‘xshash hodisa iyun oyida ham kuzatildi.

Yangiliklar lentasi
0