Xitoy AQShga qarshi: chaqiriq qabul qilindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie flagi KNR i Gonkonga na territorii kompleksa pravitelstvennix zdaniy.
Gosudarstvennie flagi KNR i Gonkonga na territorii kompleksa pravitelstvennix zdaniy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rasmiy Pekin Vashington senatorlari va Kongress a’zolarining chaqirig‘ini qabul qildi. Gonkong xavfsizlik qonuni qabul qilindi, bu esa Xitoy Vashingtonning sanksiyalari xavfiga tayyorligini anglatadi.

Amerikaning mashhur tamoyilini qayta ifodalab, “siyosiy terrorchilar bilan hech qachon muzokara qilmang” yondoshuvini AQShning o‘ziga nisbatan qo‘llanildi, desak bo‘ladi. Xitoy OAVlarining xabar berishicha, Gonkong xavfsizlik qonuni qabul qilindi, bu esa Xitoy Vashingtonning sanksiyalari xavfiga tayyorligini anglatadi, chunki senator va kongressmenlar aynan shu qonun loyihasini qabul qilinishini to‘xtatishga uringanlar.

Umuman olganda, Pekin rahbarlari ikki tomonlama tanlovi bo‘lgan: shantajga berilib, kim to‘g‘ri kelsa uni qo‘zg‘atadigan mamlakat janubida haqiqiy separatistik anklavga ega bo‘lish, yoki sanksiyalarni duch kelish, ammo Xitoyning milliy o‘ziga xosligi uchun juda muhim bo‘lgan mamlakat birligini saqlab qolish.

Sotrudniki politsii puskayut slezotochiviy gaz vo vremya protestov v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQShga Gongkongga qarshi sanksiyalar "kiritib ko‘rishni" taklif etdi

“Gonkongning global moliyaviy markaz sifatida iqtisodiy inqirozi" mavzusini ilgari suruvchilar va ushbu qarorning tanqidchilari, bu siyosiy va iqtisodiy nuqtayi nazardan tanlov bo‘lganini, tanlov iqtisodiyotga zarar keltirgan holda siyosat foydasiga hal bo‘lganini ta’kidlashadi, lekin bu haqiqatdan ancha yiroq. Muammo shundaki, hech qanday qisqa muddatli iqtisodiy manfaatlar (albatta, sanksiyalar bo‘lmagan taqdirda ular qayd etilmay qolmas edi) mamlakat parchalanish jarayoni Gonkongda hozirning  o‘zida to‘xtatilmaganida, Xitoyga yetkazilgan iqtisodiy zararni hech qachon qoplay olmas edi.

Qonunning o‘zi, asosan, “rangli inqiloblarga” qarshi tegishli choralarni ko‘zda tutmaydigan Gonkongdagi amaldagi qonunchilik tizimining ochiq-oydin zaifligini yopadi, bu kabi inqiloblarni tashkillashtirishga esa bizning G‘arblik hamkorlarimiz ancha usta.

Rusofob-senator Maykl Rubiodan boshlab va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raabgacha bo‘lgan G‘arb jamoatchiligi quturish bilan ushbu tartibga soluvchi qonunni milliy darajada qabul qilinishiga to‘sqinlik qilishi, “rangli inqiloblari” G‘arb qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilarining o‘zlari boshqa davlatlardagi nishondagi auditoriya o‘z tarafdorlarining eng muhim xususiyatlarini tushunishlari sababi bilan bog‘liq.

G‘arbga bo‘ysunish, “rejim jinoyati uchun tovon to‘lash va tavba qilish” (muhimi tovon to‘lash va tavba qilish AQSh Davlat departamenti va u tomonidan tayinlangan “mafkuraviy nazoratchilar” oldida amalga oshirilishi kerak) va boshqa “G‘arb qadriyatlari” tarafdorlari, ularga nisbatan hech nima qo‘llanilmasligi taqdiridagina, barrikadalarga borishga va qo‘poruvchilik faoliyatida qatnashishga tayyor. “To‘q sariq”, “soyabonlar”, “rangli” va “botqoq” inqiloblarning tarafdorlari o‘zlarining g‘oyalari uchun azob chekishni istamasliklari bilan o‘tmish davri inqilobchilaridan (xilma xil mafkuraviy yo‘nalishlardagi) tubdan farq qiladilar.

Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
"Zarbalar almashinuvi". Mutaxassis Xitoyning Gonkong tufayli AQShga qarshi choralari haqida

Ular juda bo‘lsa rozi bo‘ladigani – mahbuslarni tashiydigan avtozakda biroz sayr qilish.

Bundan kelib chiqadiki, amerikaparast putch yoki separatistik harakatlardagi ishtirok ijtimoiy liftning bir turi sifatida qabul qilinadi: agar hammasi yaxshi ketsa, o‘z ijtimoiy mavqeyingizni keskin oshirib, o‘z vatandoshlaringizni faol talon-taroj qilishingiz mumkin, agar bu ish bermasa, New York Times sahifalarida sizga atalgan jo‘shqin maqolalardan zavq olishingiz mumkin, agar “o‘xshab qolsa”, hukumatning to‘ymas “demokratiya taraqqiyotchilarini” to‘la va shartsiz xavfsizlik bilan tinchlantirish va ularga tovon to‘lash harakatlaridan zavqlanish qoladi.

Aftidan, qonun qabul qilinishi separatizm va davlat tuzilmalarini buzish maqsadida xorijiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish jinoiy javobgarlikka tortiladigan xatti-harakatlar bo‘lib, hech qanday tarzda Amerika va ba’zi Gonkong tuzilmalariga homiylik qilishga qaratilgan faoliyatni cheklashga olib kelmasligi mumkin. Ammo faktlar buning aksini ko‘rsatmoqda: “rangli” inqilobchilar pul, kuch, qulayliklar va jamiyatning to‘laqonli ma’qullashini xohlashadi. Ular qulayliklarni yo‘qotishi bilanoq, siyosiy hayotda ishtirok etish istagi darhol puchga chiqadi.

XXRning Global Times  tashqi-siyosiy nashri Gonkongning ayirmachilari va boshqa “demokratik ideallar”ning qonunlar qabul qilinganligi haqidagi birinchi mish-mishlar paydo bo‘lgandan keyin qilgan jasur va qat’iy harakatlarining ro‘yxati keltirilgan. “Gonkongdagi Amerikaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish” bo‘yicha eng mashhur kurashchi - g‘alayonlar yetakchisi, senatorlar Rubio va Kotton, shuningdek CNN va Washington Post arzandasi - Joshua Vong dadillik va qat’iyat bilan ... barcha siyosiy lavozimlardan iste’foga chiqdi va o‘zi yaratgan siyosiy tashkilotni yana ikki yetakchisi bilan birga tark etdi, va shu bilan Gonkong ayirmachilari bosh tuzilmasini rahbarsiz qoldirdi. Hong Kong Independence Union separatistik harakatining yetakchisi, hech ikkilanmay, darhol - dadil va qat’iyat bilan Yevropaga qochdi. Uning siyosiy hayotdan ketgani haqida Gonkong hukumatining sobiq bosh vaziri Anson Chan habar berdi, Pekin OAVlariga ko‘ra esa, Chan aksil-Xitoy siyosiy harakatlarining soyadagi yetakchilaridan biridir.

Zasedanie Soveta bezopasnosti OON. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Gonkongdagi vaziyatni BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilishdan bosh tortdi

Ayirmachilarning tanqidi yoki siyosiy hayotni tark etish to‘g‘risida bayonotlari bilan ba’zi taniqli yozuvchilar va hatto tizimli muxolifat vakillari ham chiqdilar. Bu qonun hali kuchga kirmagan, ammo natijalari allaqachon o‘zining bilintirdi.

Ushbu qonunning qabul qilinishidan kutilgan yana bir natija - bu nafaqat G‘arbning siyosiy yetakchilari tomonidan, balki harbiy mansabdorlari tomonidan ham Xitoyni qoralashi, ular aslida xalqaro munosabatlarda janjallar va ortiqcha keskinlikni vujudga chiqarmaslik uchun bu kabi siyosiy yoki diplomatik bayonotlar berishga haqli emas. Ammo, misol uchun, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg xohlayotgan narsa - bu aynan janjal va keskinlik, va u shunday dedi (Bi-bi-sidan iqtibos): “Xitoy bizning qadriyatlarimizni - demokratiya, erkinlik va qonun ustuvorligini baham ko‘rmayotgani aniq”.

Hozirda G‘arb Gonkong bilan qilmoqchi bo‘layotgani va Xitoyning ichki ishlariga aralashishiga urinayotgani - Rossiyaga qarshi “Qrim uchun” kiritilgan sanksiyalar aslida Rossiyaning hech qaysi harakatlariga aloqasi yo‘qligining yana bir dalilidir, va kelajakda muqarrar “Gonkong” sanksiyalari huddi rasmiy Pekinning Xitoyning ushbu maxsus ma’muriy hududidagi xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmagani kabi bir hil.

Har qanday holatda ham sanksiyalar va ichki ishlarga aralashishlar amalga oshadi, ma’qul bahonalarni - go‘yoki tahqirlanayotgan ozchiliklarning allaqanday afsonaviy huquqlarini himoya qilish bo‘lsin yoki ma’lum bir mintaqada ayirmachilarni himoyasi bo‘lsin - bu texnika masalasidir. Sabab doim topiladi va bugungi kunda biz ham, xitoyliklar ham yangi sanksiyalarga tayyorlanishimiz vaqti keldi.

Manba: RIA Novosti

Yangiliklar lentasi
0