Xitoy AQShga Gongkongga qarshi sanksiyalar "kiritib ko‘rishni" taklif etdi

© REUTERS / Thomas PeterSotrudniki politsii puskayut slezotochiviy gaz vo vremya protestov v Gonkonge
Sotrudniki politsii puskayut slezotochiviy gaz vo vremya protestov v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunxitoy xalq vakillari kengashining doimiy qo‘mitasi 30-iyun kuni Gongkong bo‘yicha qabul qilingan qonunni ma’qulladi va hujjat shu kundan e’tiboran kuchga kirdi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. AQSh milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun tufayli Gongkongga sanksiya kiritishga harakat qilishi va kiritishi mumkin, bu Xitoy uchun o‘zni himoya qilishga bo‘lgan qat’iyatni namoyish etish va javob zarbasini berish uchun imkoniyat bo‘ladi, deb bayonot qildi chorshanba kuni XXRning Gongkong va Makao masalalari bo‘yicha devonxona Chjao Saomin.

Goroda mira. Pekin - Sputnik O‘zbekiston
Hoziroq bas qiling. Xitoy chetdan turib Gonkong ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda

"Agar ular o‘z mamlakatidagi tartibsizliklar yetarli emas deb hisoblasalar, agar ular sanksiya kiritilayotgan davlatlardan ko‘ra ko‘proq yo‘qotishdan qayg‘urmasalar, agar ular bu ishni boshqalarni o‘zlarida yuz berayotgan inqirozdan chalg‘itish maqsadida amalga oshirishni istasalar, ular bunga urinib ko‘rishlari mumkin. Bu biz uchun o‘z qat’iyatimizni namoyon qilish va o‘zimizni himoya qilish va javob zarbasini amalga oshirish uchun imkoniyatdir", - dedi brifingda Chjan Saomin.

Saominning eslatishicha, AQSh so‘nggi kunlarda cheklov choralari haqida e’lon qilgan, bunga javoban Xitoy hukumati Gongkong ishlariga aralashayotgan amerikalik shaxslarga nisbatan viza cheklovlarini kiritish qarorini qabul qilgan.

"Biz, xitoyliklar o‘zaro hurmatni qadrlaymiz. Agar AQSh choralarni qabul qilsa, Xitoy hukumati va Gongkong hukumati ham javob choralarini qo‘llaydi. Kontrchoralar holatga qarab qabul qilinadi", - dedi amaldor.

Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
"Zarbalar almashinuvi". Mutaxassis Xitoyning Gonkong tufayli AQShga qarshi choralari haqida

So‘nggi vaqtlarda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar XXR maxsus ma’muriy tumani - Gongkon milliy xavfsizligini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun tufayli ancha o‘tkir tus oldi. Vashington fikricha, ushbu qonun Gongkongning yuqori avtonomiyasini yo‘q qilishga qaratilgan. Sal oldin AQSh "Gongkong avtonomiyasiga putur yetkazishga javobgar bo‘lgan" XKP mansabdor shaxslariga nisbatan viza cheklovlarini kiritgan edi.

Bundan tashqari, Gongkongga mudofaa texnologiyalari va ikkilamchi mahsulotlar eksporti to‘xtatiladi. Bu hudud uchun amal qilgan imtiyozlar ham yo‘q qilinadi.

Butunxitoy xalq vakillari kengashining doimiy qo‘mitasi 30-iyun kuni qonunni ma’qulladi va hujjat shu kundan e’tiboran kuchga kirdi. Hujjat Gongkongda sodir etiladigan to‘rt turdagi: milliy xavfsizlikni xavf ostiga qo‘yadigan buzg‘unchilik va separatistik faoliyat, davlat hukumatini ag‘darishga urinish, terroristik faoliyat, xorijdagi davlatlar yoki kuchlar bilan til biriktirish singari jinoyatlarning oldini olish, sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va jazolashni nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0