"Zarbalar almashinuvi". Mutaxassis Xitoyning Gonkong tufayli AQShga qarshi choralari haqida

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Kitay
Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gonkong tufayli joriy etilgan AQSh sanksiyalariga javoban Xitoy uning ichki ishlariga aralashgan amerikaliklarga nisbatan viza cheklovi kiritishga qaror qildi.

TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Xitoy Gonkong ishlariga aralashgan amerikaliklarga viza cheklovlarini joriy etadi, deb bayonot berishdi Pekinda. Ushbu choralar haqida Sputnik radiosida Sankt-Peterburg davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori Vladimir Kolotov izoh berdi.

Amerikanskiy dlllar i yuan - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy dollardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Xitoy Gonkong ishlariga aralashgan amerikaliklarga viza cheklovi haqida qaror qabul qildi, deb bayonot berdi  XHR TIV vakili Chjao Liszan.

Avvalroq Vashington Xitoy Kommunistik partiyasi amaldorlariga nisbatan “Gonkong avtonomiyasini va inson huquqlarini buzganlik” uchun shunga o‘xshash sanksiyalarni joriy qilgan edi.

“Xitoyning Gonkong ishlariga aralashadigan har qanday tashqi kuchlarga qarshi turishga bo‘lgan qat’iyati barqaror bo‘lib qolmoqda. AQShning Gonkong milliy xavfsizlik qonunini qabul qilinishiga sanksiyalar orqali to‘sqinlik qilish urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ladi”, - deya RIA Novosti Xitoy TIV rasmiy vakili so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Bir yil oldin Gonkongda ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi, chunki mintaqa aholisi buni uning muxtoriyatiga putur yetkazadi deb qabul qilgan. 2019-yil oktabr oyida, o‘tayotgan namoyishlar fonida hujjat to‘liq qaytarib olindi.

Vstrecha liderov SShA i Kitaya Donalda Trampa i Si Szinpinya v ramkax sammita G20 (29 iyunya 2019). Osaka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh uyg‘urlar siyosati bilan bog‘liq Xitoy amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritadi

Hozirda mamlakat hukumati milliy xavfsizlikka oid yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda, unda gijgijlovchi, separatistik, terrorchilik faoliyati va chet elliklar bilan til biriktirishni taqiqlash nazarda tutilgan.

AQSh Pekinni avtonomiyani yo‘q qilishga urinishda ayblamoqda. Xitoy hukumati Vashingtonni bir necha bor mamlakatning mutlaq ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirgan.

Sputnik radiosida Sankt-Peterburg davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori Vladimir Kolotov Pekinning harakatlarini sharhlab berdi.

“Bu javob chorasidir. AQSh xitoyliklar bilan muloqotni chekladi - bu ilmiy, texnologik va iqtisodiy hamkorlikka taalluqli. Bundan tashqari, Xitoy Kommunistik partiyasi amaldorlariga nisbatan viza cheklovlari joriy qilindi. Ya’ni AQSh Xitoy rasmiylariga qarshi har tomonlama bosim kuchaytirilmoqda. Mos ravishda Xitoyga bosim AQShga nisbatan javob bosimni keltirib chiqardi. Ya’ni xuddi shunday yo‘l tutilmoqda. Geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishi fonida shunchaki siyosiy va diplomatik zarbalar almashinuvi amalga oshmoqda", - dedi Vladimir Kolotov.

Yangiliklar lentasi
0