Insoniy munosabatlar parlament diplomatiyasi muvaffaqiyatini belgilaydi - Matviyenko

© Press-slujba Soveta Federatsii RFValentina Matviyenko
Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro parlamentarizm kunida RF Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Sputnikka eksklyuziv intervyu berdi.

Nega demokratiyaning yagona standartini singdirib bo‘lmaydi? Rossiya qonun chiqaruvchilari kim bilan va qanday hamkorlik olib boradi? COVID-19 tufayli cheklovlar sharoitida ishlash qiyin emasmi? Xalqaro parlamentarizm kunida bu haqda Sputnik bilan eksklyuziv intervyuda RF Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko aytib berdi.

- Nima uchun aynan Rossiya Xalqaro parlamentarizm kunini ta’sis etish tashabbusi bilan chiqdi? Va ikki yildan o‘tkach bu tashabbus xalqaro parlament hamjamiyati tomonidan qanchalar qabul qilinganiligi to‘g‘risida nima deyish mumkinmi?

- Bu kunni BMT kalendariga kiritish tashabbusi bilan chiqib, Rossiya bu bilan parlament diplomatiyasining ijodiy salohiyati va mustahkamlovchi kuchiga ishonishini namoyish etdi. Men shaxsan shunday deb o‘ylayman. Parlament a’zolarining qarashlarining farqliligiga qaramay, bizni birlashtiruvchi jihatlar bizni ajratib turuvchi jihatlardan ustundir.

Parlament a’zolari - professional amaldorlar emas, ular saylovchilar, oddiy odamlar vakillari. Ahir dunyodagi barcha odamlar umuman bitta narsani - o‘zlari va bolalari uchun xavfsiz va baxtli hayotni xohlashadi. Rostini aytsam, bayram kuni g‘oyasi ilgari hech qachon hech kimning hayoliga kelmaganligi meni hayratga soladi, chunki bu, mohiyatan, eng demokratik bayramdir, chunki parlamentarizm har qanday demokratik tizimning asosidir.

Albatta, ikki yil qisqa davr. Ammo bu vaqt ichida biz yetarlicha xalqaro tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazdik: bu tashabbus parlamentlar va parlament a’zolari, umuman xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy qabul qilindi.

- Ommaviy axborot vositalarida, ekspertlar hamjamiyatida, texnologiyalarning jadal rivojlanishi, hayotning deyarli barcha sohalarida tezkor o‘zgarishlar yuz berayotgan bir paytda, parlamentlar va parlamentlararo hamkorlikning rolini pasayish tendensiyasi kuzatilayotgani haqida fikrlarni eshitsa bo‘ladi. Shu yo‘sinda, Xalqaro parlamentarizm kuni ham – “kechagi kun bayramimi”?

- Nazarimda, hayot buning aksini ko‘rsatmoqda. Ha, dunyo o‘zgarmoqda, qabul qilinayotgan qonunlarning sifatiga va parlamentlarning faoliyatiga talablar ham o‘zgarib bormoqda. Ammo ularning rolini kamsitish aniq ro‘y bermayapti. Va bu amalga oshmasligiga aminman ham. Parlamentsiz muhim qarorlarni qabul qilishda va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning haqiqiy ishtiroki bo‘lishi mumkin emas.

Siz texnologiyaning rivojlanishi haqida gapirapsiz, ammo bu rivojlanish jamiyat manfaatlariga, inson manfaatlariga mos kelgandagina ma’noga ega bo‘ladi. Bunga odamlar manfaatlarini ifoda etuvchi hokimiyatisiz erishib bo‘lmaydi. Texnologiyalar odamlarning huquqlari va imkoniyatlari hizmatida ishlashi kerak va aksincha, ularni almashtirish yoki bekor qilishligi uchun emas. Mening fikrimcha, aynan shu formula ayniqsa o‘zgarishlar davrida parlamentarizm institutlarini ahamiyatini saqlanishini kafolatlaydi. Demak, Parlamentarizm kuni - kechagi kun bayram emas. Aksincha.

Vstrecha predsedatelya GD Vacheslava Volodina so spikerom Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nurdinjonom Ismoilovim - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston — Rossiya: vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik va parlamentlararo yaqin hamkorlik

o‘ylaymanki, dunyo miqyosida har qanday ijtimoiy ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda parlamentlarning roli oshib boradi. Ham milliy, ham xalqaro ishlarda. Men hozirning o‘zida ushbu tendensiyani MDH Parlamentlararo assambleyasi va Parlamentlararo ittifoqiga a’zo  parlamentlar misolida ko‘rib turibman. Bizning ko‘p qutbli dunyomizda barcha muammolar faqat muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi kerak, birovning “yagona haq” nuqtayi nazarining ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu muvozanatni faqatgina an’anaviy diplomatiyaga qo‘shimcha ravishda parlamentlararo diplomatiya ushlab turishga qodir.

Shu bilan birga, parlamentning faoliyati qotib qolgan, bir marotaba berilgan, allaqanday narsa emas. U zamon talablariga mos bo‘lishi kerak. Biz Rossiyada ushbu qoidaga amal qilamiz. Hozirda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berilmoqda. Ular Rossiyani kuchli prezidentlik hokimiyatiga ega mamlakat sifatida saqlab qoladi, bu esa mamlakatimizning tarixiy va zamonaviy voqeliklariga to‘la javob beradi. Va shu bilan birga Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasining vakolatlari kuchayadi. Bu vaqt talabi. Kuchli parlament - kuchli demokratiya - kuchli mamlakat.

- Koronavirus epidemiyasi turli mamlakatlar parlamentlarining a’zolari aloqalariga, ularning intensivligiga ta’sir qilmay qolmaydi. Sizning fikringizcha, xalqaro munosabatlar uchun bu qanchalik zararli? Bugungi kunda Federatsiya Kengashining xalqaro faoliyati qanday shakllanmoqda?

- Epidemiya, albatta, ta’sir ko‘rsatdi, ammo o‘ta zararli holda emas. Hech qaysi  yo‘nalishda ish to‘xtab qolmadi, ba’zilarida zamonaviy texnologiyalar tufayli yanada rivojlandi. Albatta, bir necha oy majburiy yakkalanishdan keyin odamlar bilan shaxsiy muloqotni hoxlaysan kishi. Jonli muloqot mutlaqo boshqacha darajadagi muomalani va tushunishni beradi. Farqi nimada deyish mumkin? Video-aloqa orqali ham bir-biringizni ko‘rasiz, his-tuyg‘ularni sezasiz, ammo baribir nimadir yetishmayotganday, video-aloqa uzata olmaydigan ba’zi ikir-chikirlar.

Shu bilan birga, hayot shuni ko‘rsatadiki, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tsa bo‘ladi, istak bo‘lsa bo‘ldi. Buning ustiga, so‘nggi yillarda ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan parlamentlararo hamkorlik sohasida bir qator qadamlarni qo‘ydik, va ular, o‘ylaymanki, buning rivojlanishiga yangi turtki berdi.

O‘zbekiston MDH Parlamentlararo assambleyasiga qo‘shildi

So‘nggi yillarda Parlamentlararo ittifoqda Rossiya delegatsiyasi tashabbusi bilan qabul qilingan ikkita rezolyutsiyani eslatib o‘taman. Ular suveren davlatlarning ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslikni va u davlatlarga demokratiyaning yagona “klassik” modelini singdirish mumkin emaslikni nazarda tutadi.

Bunday model yo‘q va bo‘lmaydi ham. Har bir mamlakat o‘zining milliy va tarixiy xususiyatlariga, zamonaviy siyosiy voqeligiga mos keladigan demokratik tizim shaklini erkin tanlash huquqiga ega. Aynan bizning mamlakat xalqaro munosabatlardagi har qanday bosim, diktat urinishlariga to‘sqinlik qiluvchi ikkala hujjat muallifidir. Ittifoq raisi Gabriela Kuevas Barron honim ham ayrim davlatlar parlament a’zolariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalari tufayli prinsipial pozitsiyani egalladi. Biz aminmizki, halq tanlaganga qarshi sanksiyalar aslida xalqning o‘ziga va demokratiyaga qarshi sanksiyalardir. Bizning bu qarashimiz dunyodagi eng yirik parlament tashkiloti rahbariyati tomonidan tushunilishi va qo‘llab-quvvatlanishidan mamnunmiz.

Zamonaviy xalqaro parlamentarizmning muhim mavzularidan biri bu madaniy xilma-xillikni muloqot orqali targ‘ib qilishdir. Axir bu mojarolar, sanksiyalar va urushlarga alternativadir. Rossiya davlat rahbarlari, parlament a’zolari va dunyo dinlari yetakchilari ishtirokida dinlararo va millatlararo muloqot bo‘yicha Butunjahon konferensiyasini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

Ushbu taklif 2017-yilda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoqning (PaI) 137-chi assambleyasining yakuniy deklaratsiyasida qo‘llab-quvvatlandi va keyin BMT Bosh assambleyasining rezolyutsiyasiga kiritildi. Butunjahon konferensiya 2022-yil 21-may kuni Rossiyada bo‘lib o‘tadi. Unga tayyorgarlik allaqachon qizg‘in. Ushbu yirik jahon forumi nafaqat 2022-yilgi siyosiy kun tartibidagi hodisa, balki Rossiyani madaniyatlar, millatlar, dinlar, siyosiy kuchlar uchrashadigan, muzokara qiladigan va zarurat tug‘ilsa yarashadigan maydoni sifatida noyob platforma maqomini tasdiqlanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Aleksandr Gusev - Sputnik O‘zbekiston
Qaram odamlar. PASE sessiyasini bir necha delegatsiyalar nega tark etdi - ekspert fikri

Biz Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi delegatsiyamizga nisbatan barcha cheklovlar olib tashlanishiga erishdik. Bu oson bo‘lmadi, ammo biz egallagan qat’iy pozitsiyamiz tufayli Rossiya delegatsiyasining kamsitilishi – o‘tmish sarqitiga aylandi. Ushbu hodisaning ahamiyatini baholab bo‘lmaydi. Chunki bu orqali biz parlamentlararo hamkorlik sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini yaqqol ko‘rsatdik. Ammo gap nafaqat adolatni tiklash, huquq g‘olibligi va siyosiy o‘yinlar ustidan chinakam demokratiya ustuvorligida. Biz PASE (Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi-tahr.) doirasidagi konstruktiv hamkorlikdan umidvormiz va bu yerga jang qilgani yoki hisob-kitob uchun emas, balki Yevropa xalqlari, butun sayyoramiz xalqlari manfaatida ishlash uchun qaytib keldik.

Hamkorlikni ikki tomonlama formatda davom ettirmoqdamiz. Mana yaqinda men hamkasbim, Fransiya Respublikasi Senati raisi Jerar Larshe bilan video-aloqa orqali muzokaralar o‘tkazdim. Biz “Rossiya - Fransiya: ishonchga asoslangan kun tartibi uchun” mavzusidagi qo‘shma Rossiya-Fransiya hisobotini muhokama qildik.

Eslatib o‘taman, bu bunday ikkinchi hisobot bo‘lib, unda biz Rossiya va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni kengaytirishga, kelajak uchun ikki tomonlama kun tartibini shakllantirishda parlamentlarning qo‘shayotgan jiddiy hissasini ko‘rmoqdamiz, chunki hisobot nafaqat soatlarni solishtirish, balki o‘zaro hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi keyingi harakatlarning o‘ziga xos “yo‘l xaritasi”dir. Bu parlamentlar boshqa siyosiy aloqalarni quvib o‘tib, kelajakka o‘zgacha shukuh beradigan uziga hos hodisadir.

O‘ylaymanki, bugungi kunda mamlakatlarimiz parlament a’zolarining xalqaro munosabatlarda yangi uslubni shakllantirish tomon umumiy intilishlari haqida dadil gapirish mumkin. Aynan shu nuqtayi nazardan, Rossiya senatorlarining qurollarni qisqartirish bo‘yicha xalqaro shartnoma bazasini saqlab qolish uchun parlamentlar darajasida xalqaro muzokaralar maydonini yaratish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqish kerak.

Chitayte stixi o voyne: spiker Soveta Federatsii Rossii o 75-letii Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Matviyenko Urush haqida yozilgan she’rlarni o‘qishni tavsiya qildi - video

Bunday qo‘shma ma’ruzalarni tayyorlash, mening fikrimcha, parlament a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikning juda samarali shaklidir. Biz uni boshqa davlatlar parlamentlari bilan hamkorlikda ham qo‘llaymiz. Hozirda Federatsiya Kengashi va Italiya Respublikasi Senatining taalluqli qo‘mitalari RF va Italiyaning kelajakdagi munosabatlariga oid ma’ruza ustida ishlamoqda. Uning taqdimoti bu yil bo‘lib o‘tishi mumkin.

Biz Rossiyada MDH davlatlarini strategik sheriklarimiz deb bilamiz. Mart oyining boshida Belarusiyaga tashrif buyurganimda, o‘zaro ishonchga yana bir bor amin bo‘ldim. Men chuqur qoniqish bilan aytishim mumkinki, natsistlar ustidan Buyuk G‘alabaning tarixiy merosiga bag‘ishlangan Belarus va Rossiya mintaqalarining VII forumiga tayyorgarlik davom etmoqda. Tashkiliy qo‘mitaning 16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida, forum 2020-yil 23-25 ​​sentabr kunlari o‘tkazilishi oldindan kelishib olindi.

Ko‘plab senatorlarning xorijiy davlatlardagi hamkasblari bilan bevosita aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ular tez-tez qo‘ng‘iroqlashib turadilar, fikr almashishadi. Parlament diplomatiyasining asosi va uning muvaffaqiyatini aynan mana shunday insoniy munosabatlar tashkil etadi, deb o‘ylayman.

Yangiliklar lentasi
0