TOShKENT, 5-may - Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko MDH parlamentlararo assambleyasi loyihasi doirasida Robert Rojdestvenskiyning she’rini o‘qib berdi hamda G‘alabaning 75-yilligi arafasida urush yillari she’rlarini o‘qishni tavsiya qildi.
“Urush haqidagi she’rlarni o‘zingiz o‘qing, bolalaringizga o‘qib bering. Ularda qanday kuch g‘ayrat, qahr-g‘azab, kelajak oldida qarz hamda hayotgan muhabbat borligiga amin bo‘ling. Ushbu to‘yg‘ular jangchilaring kamtarin so‘zlarida namoyon bo‘ladi. O‘zingiz urush nafasini his qiling”, - dedi spiker Sputnik radiosi efirida.
Matviyenko aytishiga qaraganda, MDH parlamentlar assotsiatsiyasi loyihasi doirasida bir necha kishi: urush veterani, siyosatchi va yosh avlod vakili Ikkinchi jahon urushi haqida bitta she’rni o‘qib berishadi.
“Men ham o‘z hamkasabalarim kabi ushbu loyihada ishtirok etdim. Menga she’r o‘qib berish huquqi berishganda bir oy kutib turdim. Bu shunchalik murakkab ish ekan. Rasman yuzaki yondashishni istamaganim tufayli”, - dedi spiker.
Matviyenko aytishiga qaraganda, u urush haqidagi she’rlardan bir nechasini qayta o‘qib qayta “his qilib chiqqan”. Jumladan, Konstantin Simonov, Aleksandr Tvardovskiy, Bulat Okudjava, Olga Berggols va boshqa shoirlar asarlarini.
Ularning har birida ulkan va cheksiz urush oldida turgan va ushbu urushda g‘alaba qozonishi kerak bo‘lgan aniq bir askar ruhi yaqqol his qilinadi.
“Jangchi-shoirlarning she’rlari menga Buyuk G‘alaba kuni oldidan juda kuchli, katarsis, ruhiy tozalanish, yangilanish his tuyg‘usi bag‘ishladi”, - deydi Matviyenko.
Omma oldida o‘qib berish uchun Matviyenko Robert Rojdestvenskiyning “Rekviyem” she’rini tanlaydi.
“Hammaga tanish, barcha yuz martadan eshitgan so‘zlar bo‘lsada, unda koinot miqyosidagi kuch bor! Bu bo‘lib o‘tgan fojia, og‘riqqa va qahramonlikka chetdan tashlangan nazarga o‘xshaydi”, - dedi spiker.
“O‘qigan sari seni qandaydir sehr chulg‘ab olgandek bo‘ladi. Oddiy so‘zlardan go‘yoki kuchliroq kattaroq bo‘lib ketayotgandek tuyulasan kishi”, - dedi Matviyenko.