O‘zbekiston MDH Parlamentlararo assambleyasiga qo‘shildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston cheklangan miqdorda badal to‘lash sharti bilan MDH parlamentlararo Assambleyasiga a’zo bo‘ldi.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. O‘zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasiga qo‘shildi, deb xabar qilmoqda Huquqiy axborot telegram kanali. 

“O‘zbekiston MDH Parlamentlararo Assambleyasi Konvensiyasini quyidagi shart bilan ratifikatsiya qildi: O‘zbekiston MDH Parlamentlararo assambleyasi uchun faqat o‘z vakillarini ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan miqdorda mablag‘ ajratadi”, - deyilgan xabarda.  

Ushbu haqidagi qonunni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Ma’lumot uchun, MDH Parlamentlararo assambleyasi 1992-yilning 27-mart kuni tashkil qilingan. 1995-yilda MDH PAA mustaqil davlatlararo tashkilot maqomiga ega bo‘lgan edi.

Parlamentlararo Assambleyaning eng muhim vazifasi – MDH davlatlari qonunchilik bazasini yaratish va ularni bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0