Turkiya Rossiyadan S-400ning yangi partiyasini xarid qiladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishZenitniy raketniy kompleks S-400 "Triumf"
Zenitniy raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anqara yaqinida o‘tkazilgan sinovlarda S-400 tizimi to‘rtinchi avlod F-16 Fighting Falcon qiruvchi-bombardimonchilarini 600 kilometr masofada aniqladi va nishonga zarba berishga tayyor turdi.

TOShKENT, 10-iyun - Sputnik.  Rossiyaning Triumf S-400 uzoq masofali havo mudofaa tizimi, AQSh va NATO xaridorlariga nisbatan shantaj va shafqatsiz siyosiy bosim o‘tkazilishiga qaramasdan, xalqaro bozorda g‘arbiy raqiblarini ishonchli ravishda siqib chiqarishda davom etmoqda.

Rossiya va Turkiya S-400 Triumf zenit-raketa tizimlarini ikkinchi polkini yetkazib berish bo‘yicha hal qiluvchi kelishuvga erishdilar. Buni Turkiya Respublikasi mudofaa sanoati kotibiyatining rahbari Ismoil Demir 8-iyun kuni tasdiqladi. 

"Ikkinchi S-400 to‘plamini yetkazib berish bo‘yicha prinsipial kelishuvga egamiz. Texnologiyalarni yetkazib berish, qo‘shma ishlab chiqarish tafsilotlari va yo‘l xaritasi bo‘yicha texnik ishlarni bajarishimiz kerak. S-400 tizimi foydalanish uchun sotib olinadi. Gap tamom", - dedi turk amaldori.

Shu bilan birga, Anqara Amerika va Yevropaning Patriot va Eurosam zenit-raketa tizimlarini (ZRK) sotib olish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Ismoil Demirning ma’lumotlariga ko‘ra, Eurosam bo‘yicha Fransiya va Italiya bilan hamjihatlik juda konstruktiv ko‘rinishga ega, amerikalik sheriklar bilan esa Patriot-ni yetkazib berish bo‘yicha yetarlicha qaror qabul qilinmadi.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya mudofaa vaziri Anqarani S-400 xarid qilishga nima majburlaganini tushuntirdi

Rossiya va Turkiya 2017-yilda “Triumf” S-400 havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar, shartnomaning narxi 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu AQSh-Turkiya munosabatlarida jiddiy inqirozni keltirib chiqardi. Vashington Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan Turkiyani chiqarib tashlab, sanksiyalar bilan qo‘rqitib kelishuvni bekor qilishni va faqatgina Amerikaning Patriot tizimlarini sotib olishni talab qildi. Anqara AQShning ultimatum talablarini bajarishdan bosh tortdi va 2019-yilning yozida S-400 zenit raketa tizimlarining to‘rtta divizionini qabul qildi (birinchi komplekt).

30 aprel kuni Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin koronavirus tufayli S-400 havo mudofaasi tizimlarini qabul qilinishini to‘xtatib turilishini e’lon qildi. Ba’zi G‘arb kuzatuvchilari pandemiya Anqara uchun Moskva bilan havo mudofaasi sohasida kelgusi harbiy-texnikaviy hamkorlikni rad etish uchun qulay bahona deb qaror qilishdi. Biroq, turk rejalari o‘zgarmadi, S-400ning ikkinchi to‘plamining (polkining) taqdiri hal bo‘ldi. Anqara Rossiyaning Triumf zenit-raketa tizimlarining kamida to‘rtta bo‘linmasini ikki milliarddan kam bo‘lmagan mablag‘ga sotib oladi dollarga oladi.

Zafarli muqarrarlik

Sodir bo‘layotganlarning barchasi Patriot havo mudofaa tizimining xalqaro bozorda navbatdagi mag‘lubiyati, Vashingtonning obro‘sini yo‘qotishi va Amerika harbiy-sanoat kompleksiga rikoshetli moliyaviy zarbani anglatadi, ammo bu Turkiya yoki Rossiyaning muammosi emas, balki yuqori texnologiyali raqobat natijasidir.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya 10 kun ichida S-400 zenit-raketa tizimini oladi - Erdo‘g‘on

Anqara mamlakatdagi muhim obyektlarni qamrab himoyaga olishi uchun eng ishonchli va zamonaviy havo mudofaa tizimini shakllantirish niyatida va maqsad deyarli erishildi ham. S-400 Triumf ZRK aerodinamik va ballistik (shu jumladan gipertovushli) obyektlarni  yo‘q qilish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, aniqlash masofasi 600 kilometrgacha, nishonning maksimal radiusi 400 kilometrni tashkil etadi, ya’ni dushmanning samolyotlari tomonidan aviatsion zarba vositalarini qo‘llash chegarasiga qadar.

S-400 ning muhim afzalliklari - bu radiolokatsion stansiyasining har tomonlama ko‘rishi imkoni, moslashuvchanligi va to‘rt turdagi raketalardan foydalanish imkoniyati (ko‘p darajali havo mudofaasini shakllantirish). Har xil turdagi raketalardan foydalanish barcha mavjud balandlikdagi (besh metrdan 30 kilometrgacha) va masofada (400 metrdan ikki kilometrgacha) jangovar samolyotlarni, dronlar, qanotli, taktik va ballistik raketalarni samarali yo‘q qilishi mumkinligi. Bitta “Triumf” batareyasi 72 tagacha boshqariladigan raketaga ega bo‘lishi va bir vaqtning o‘zida 36 ta nishonga o‘q otishi mumkin. S-400 tizimi har xil turdagi havo mudofaa tizimlarini (S-300, Pansir-C1, Tor-M1) birlashtirishi va radioelektron qarshilikning va havoning har qanday sharoitda har xil masofadagi havo mudofaasi tizimlarini boshqarishga qodir.

Sinovlar davomida Anqara yaqinida joylashtirilgan S-400 tizimi to‘rtinchi avlod F-16 Fighting Falcon qiruvchi-bombardimonchilarini radiolokatsion stansiyalar amal qilishi hududi chegarasida - 600 kilometr masofada aniqladi va nishon zarba berish hududga kirishigacha raketalarni uchirishga doimiy ravishda tayyor turdi. Jangovar navbatchilik rejimida, vaqtni tejash uchun havo nishonlarini aniqlash va yo‘q qilish avtomatik tarzda amalga oshirilsa, dushmanning F-16 rusumli qiruvchilari Anqaradan 400 kilometr masofada yo‘q qilingan bo‘lardi. F-16 Fighting Falcon samolyotlari esa G‘arbning havo kuchining asosi hisoblanadi.

ZRS S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilmoqchi

Ehtimol, zamonaviyroq Amerika F-35 qiruvchi samolyoti S-400 radariga bir oz yaqinroq yaqinlasha oladi, ammo baribir o‘z raketasiga huddi o‘sha 400 kilometrlik halokat zonasida yo‘liqadi. Bugun Pentagon Turkiyaning AQShning “ko‘rinmas” jangovar samolyotlarini aniqlash va urib tushirish “zafarli” qobiliyatidan juda xavotirda. Albatta, Anqara strategik ittifoqchi bo‘lib qolmoqda, ammo Amerika qurol-aslahalarining nodirligi haqidagi afsonalar qulamoqda, chunki ular uchun bu haqoratli, xavfli va zararlidir.

Raqobat muhiti

Aniqlik va balandlik diapazoni jihatidan S-400ga o‘xshashi yo‘q. Ommaviy axborot vositalarida “Triumf”ni Patriot ZRK (o‘rta masofali) bilan ommaviy taqqoslash umuman noo‘rin. Ikkala tizimning ham texnologik rivojlanishidagi tafovut anchagina katta.

Asosiysi haqida qisqacha. Zamonaviy Patriot RAS-3 MSE ZRK qo‘shinlar va harbiy inshootlarni havo mudofaasini (raketaga qarshi mudofaani) taktik darajada ta’minlaydi. Patriot tomonidan nishonni aniqlash masofasi 180 kilometrdan oshmaydi (mo‘ljalning aks etuvchi yuzasi kattaligi shartidagina). Zarba berish masofasi 33 kilometrgacha, balandligi 20 kilometr bilan chegaralangan. Kuzatuvning bir yo‘nalishli burchagi - 90 gradus, amerika kompleksining radiolokatsion stansiya yoritish diapazoni raketalarning yuqori aniqlik bilan nishonga olinishini ta’minlay olmaydi. Nishonning paydo bo‘lishiga reaksiya vaqti 15 soniya (juda sekin). ZRK bir vaqtning o‘zida uch sekundgacha oraliq bilan sakkizta nishonni o‘t ochishi mumkin. Qurollar qimmat va samarasiz, yaqinda saudiyalik hamkorlar bunga "jangovar vaziyatda" ishonch hosil qilishga muvaffaq bo‘lishdi, “Patriot”lar dronlar hujumini qaytara olmadi.

Divizion S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Hindiston uchun S-400 ishlab chiqarishni boshladi

Ismoil Demir tomonidan esga olingan Yevropaning Eurosam konsorsiumining zenit-raketa tizimi qo‘shinlarni yurishida havo hujumidan himoya qilishga, muxim statsionar obyektlarni ommaviy xujum vositalarining (taktik raketalar, barcha turdagi samolyotlar, dronlar) ommaviy hujumida urab himoya qilib turishga mo‘ljallangan.

EUROSAM Land system tashqi ko‘rinishi va algoritmlari jixatidan amerika Patriot ZRKsiga o‘xshaydi. "Yevropalik" yaxshiroq reaksiyaga, yuqori otish tezligi (o‘n soniyada sakkizta raketa), nishonning balandligi buyicha 25 kilometrgacha zarba berishiga, 360 darajada otish imkoniyatiga ega, ammo bularning barchasi uchuvchi nishonlarni aniqlash va zarba berishning 10 kilometrlik masofasida ikkinchi darajalik hususiyatga aylanadi. Xulosa: Patriot va Eurosam ZRKlari Rossiya “Triumf”iga raqib emas, ular o‘rta masofali (qisqa masofali) havo mudofaasini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin va hech qachon Rossiyaning uzoq masofali tizimlarini o‘rini bosa olmaydi.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada S-400 raketa zenit tizimi sinovdan o‘tkazilishi boshlandi - video

AQShning yigirma yillik notinch tashqi siyosati, ittifoqchilar va sheriklarning manfaatlariga haddan tashqari bepisandlik qilish fonida, "turkcha tarix" mantiqiy ko‘rinadi.

Eslatib o‘taman, NATO a’zosi bo‘la turib, Turkiya dastlab Patriot havo mudofaasi tizimlariga ega bo‘lishni rejalashtirgan edi, ammo amerikalik sheriklar ko‘p yillar davomida buni "paysalga solib kelgan". Ular yoki narxni oshirmoqchi bo‘lishgan yoki Vashingtonni Anqarani havo hujumlaridan himoya qilinishini aslida istamagan.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on S-400 sotib olinishini "Turkiya tarixidagi eng muhim kelishuv" deb ataganligi bejiz emas.

Yangiliklar lentasi
0