TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Turkiya uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi S-400 "Triumf" zenit-raketa majmualarini xarid qilish borasida Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqda, deb bayonot qilgan Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishik. RIA Novosti xabari asosida.
"Raketalarga qarshi mudofaa tizimi bo‘yicha ishlar davom etmoqda. S-400 borasida nafaqat Rossiya, balki xuddi shunday tizimga ega boshqa davlatlar bilan ham muzokaralar olib bormoqdamiz. Rossiya ayni vaqtda bu masalada ijobiy pozitsiyada. NATOga a’zo mamlakatlar bu qarorimizni jiddiy qabul qiladilar va bizning tizimimiz alyans talablariga muvofiq keladi, degan umiddamiz. Lekin biz Rossiya tomonidan bildirilgan taklifni zinhor rad etganimiz yo‘q, u ustida ishlamoqdamiz. Bizning pirovard maqsadimiz — bu tizimlarni Turkiyaning o‘zida ishlab chiqarish", — deb aytgan NTV telekanali efirida Ishik.
2015 yilning oxirida Anqara, Fransiya va Italiya hamkorligida ishlab chiqarilayotgan, S-400 majmualariga o‘xshab ketadigan SAMP-T zenit-raketa majmuasini xarid qilish istagida ekanligini ma’lum qilgan edi. Ammo kelishuv amalga oshmadi.
Ma’lumot uchun: keyingi yillarda dunyodagi barcha armiyalarda dushmanni masofadan turib yo‘q qilish, ya’ni yuzma-yuz to‘qnashuvdan saqlaydigan vositalarga ko‘proq urg‘u berilmoqda. Shu asnoda, eski raketa majmualari modernizatsiya qilinib, yangilari yaratilmoqda. Ammo dushman aviatsiyasini mag‘lub qilish uchun mo‘ljallangan vositalar har bir davrda alohida rol o‘ynab kelgan.
S-400 zenit-raketa majmuasi ana shunday vositalardan biridir.