TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Rossiya Hindiston uchun S-400 zenit-raketa tizimlarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rossiya S-400-ni Hindistonga shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beradi. Umuman olganda, tomonlar zimmasiga yuklangan barcha majburiyatlar, shu jumladan, to‘lov ham to‘liq bajarilmoqda” - dedi u.
Denis Manturov Hindistonda o‘quv markazini yaratish bo‘yicha ish olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.
2018 yil oktabr oyi boshida Rossiya va Hindiston S-400 tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladilar. Eng so‘nggi zenit-raketa tizimlarining Dehli uchun 5,43 milliard dollarga tushadi. Ushbu bitim Rosoboroneksport tarixidagi eng yirik deb nomlandi. Yetkazib berishni yakunlash 2025-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan.
S-400 “Triumf” Rossiyaning uzoq va o‘rta masofaga mo‘ljallangan zenit-raketa tizimi bo‘lib, aerokosmik hujumning barcha zamonaviy va istiqbolli vositalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Hindistondan tashqari S-400 yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar Turkiya va Xitoy bilan tuzildi. Iroq rasmiylari ham komplekslarni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar.