Analitika

Jazirama Oʻzbekistonni koronavirusning ikkinchi toʻlqinidan qutqaradimi - ekspert

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGorojane v jarkiy den na ulitsax Tashkenta
Gorojane v jarkiy den na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahodir Yusupaliyev Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida infektsiya respublikada qanday rivojlanishi mumkinligi boʻyicha oʻz prognozlari bilan oʻrtoqlashdi

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik, Dilshoda Raxmatova. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge ilgariroq aksariyat davlatlar tomonidan cheklovlarning bekor qilinishi holati COVID-19 infektsiyasining takroriy avjini yuzaga keltirishi mumkin, deya fikr bildirgan edi.

Testirovaniye rossiyan na nalichiye antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4022taga yetdi

Agar buning oldi olinmasa, xavfli epidemiyaning ikkinchi toʻlqini yanada talafotli kelishi mumkin.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahodir Yusupaliyev BSST vakili tilga olgan xavflar borasidagi taxminlarga qoʻshilishini, biroq, koʻplab davlatlar qatorida Oʻzbekiston ham cheklovlarni hisob-kitoblarga asoslangan holda va tanlangan hududlardagina yumshatayotganini, retsidiv jarayonlarning oldini olish uchun barcha choralar koʻrilayotganini aytdi.

"Bizda hozirda birinchi toʻlqin davom etmoqda. Bir sutka davomida ayrim holatlarda 60-70tagacha kasallar qayd etilmoqda, ammo ularning aksariyati - chetdan kirib kelgan, mahalliy aholi orasidagi koʻrsatkich past", - deya tushuntirdi mutaxassis Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbat davomida.

Uning aytishicha, bu holat dunyoda koronavirusning hatto birinchi toʻlqini hali oʻz nihoyasiga yetmaganini bildiradi.

Shu bilan birga, Yusupaliyev, koronavirusning ikkinchi toʻlqini davomida oldin ushbu kasallikka oldin chalinmaganlar infektsiyani yuqtirishi mumkin, degan gipotezaga qoʻshilmasligini bildirdi.

NMITS xirurgii im. A.V. Vishnevskogo  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 6,5 milliondan oshdi

"Men bunday keskin bayonotlar bermagan boʻlardim. Aniq holatda tegishli choralar qabul qilinadi. Xususan, Oʻzbekistonda joriy qilingan qatʼiy karantin choralari epidemiyaning oldini olishda oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatdi – bemorlanganlar soni boʻyicha eng past koʻrsatkich bizda. Shu bilan birga hozirda respublikada epidemiya holati pastlay boshlagan", - dedi u.

Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi, degan savolga javob berar ekan, Yusupaliyev, bu ilmiy-tibbiy hamjamiyat uchun nihoyatda murakkab savolligini taʼkidladi.

"Dunyoda hozirda birinchi toʻlqin tugagani yoʻq, ikkinchi toʻlqin boshlanishi ehtimoli mavjud. Har holda yaqin orada radikal ijobiy oʻzgarishlarni kutish nomuvofiq. Koronavirus infektsiyasining ikkinchi toʻlqini kuz fasliga toʻgʻri kelishi ham ehtimoldan holi emas. Oʻshanda yana tegishli karantin choralarini qabul qilishga toʻgʻri keladi", - dedi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.

Tsentralnaya alleya veduщaya k pamyatniku Alisheru Navoi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Soʻnggi paytda nega koronavirus aholi orasida koʻpaymoqda

— Oʻzbekiston mana shunday sharoitda erta ochilmayaptimi, nima deb oʻylaysiz?

— Har qanday davlat uchun aholi salomatligi - eng muhim masalalardan biridir. Ammo shunday sharoitda bundan kam boʻlmagan jiddiy oqibatlarga sabab boʻladigan iqtisodiy inqirozga yoʻl qoʻyib bermaslik uchun zarur chora-tadbirlarni qoʻllash lozim.

Ayni vaqtda esa aholimizga ularning shu holatni tushunib, karantin qoidalariga ogʻishmay amal qilganliklari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Ikki oy davomida deyarli uy sharoitida davom etgan karantinda haqiqiy qahramonlik koʻrsatildi. Bugungi sekin-asta va maʼlum hududlarda yumshatilayotgan karantin choralari esa mamlakat iqtisodiy barqarorligi va fuqarolarimizning moliyaviy farovonligi uchun zarur. Ammo gap cheklovlarning toʻliq ochib tashlanishi haqida bormayapti - umumiy karantin hali bekor boʻlgan emas.

Otkrыtiye texnologicheskogo tsentra Novamedika - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyadagi birinchi koronavirusga qarshi dori maʼqullandi

— Jazirama issiq COVID-19ga qarshi kurashda yordam beradi, degan gipoteza bor, bu prognozlar oʻzini nechogʻlik oqlaydi?

— Koronavirus infektsiyasining ushbu turi hali yetarlicha oʻrganilmagan. Mutaxassislar koʻplab savollarga aniq javob ololgan emas. Statistik raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, havo harorati yuqori boʻlgan kunlarda ham kasallik qayd etilishi holatlarida oʻsish roʻy berganini koʻrish mumkin. Demak, bu yerda virusning yoʻqolishi va havo harorati oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik kuzatilmayapti. Bunday sharoitda esa xulosa qilishga shoshilib, infektsiya jazirama kunlarda oʻz-oʻzidan gʻoyib boʻlishiga umid qilish kerak emas.

Yangiliklar lentasi
0