Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 6,5 milliondan oshdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishNMIS xirurgii im. A.V. Vishnevskogo
NMIS xirurgii im. A.V. Vishnevskogo  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu infeksiya eng ko‘p qayd etilgan davlat - AQShdir. Kasallanganlar soni 1 851 520taga yetgan, o‘lim holatlari 107 mingdan ziyod qayd etilgan.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Jahonda COVID-19ga chalinganlar soni 6,5 milliondan oshdi. 386 ming nafar bemor ushbu infeksiya qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Xopkins universitetiga tayangan holda.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ning ikkinchi to‘lqini qachon ro‘y beradi - shifokor izohi

Ushbu infeksiya eng ko‘p qayd etilgan davlat - AQShdir. Kasallanganlar soni 1 851 520taga yetgan, o‘lim holatlari 107 mingdan ziyod qayd etilgan.

MDH davlatlari orasida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat quyidagicha:

Umumiy zararlanganlar soni - 549 826 (+11 488); sog‘ayganlar - 251 443 (+11 171); vafot etganlar - 6 886 (+220)

Mamlakatlar bo‘yicha bemorlar soni: Rossiya - 432 277 (+8 536); Belarus - 45 116 (+861); Ukraina - 24 823 (+483); Qozog‘iston - 12 067 (+271); Armaniston - 10 524 (+515); Moldova - 8 795 (+247); Ozarbayjon - 6 260 (+325); Tojikiston - 4 191 (+91); O‘zbekiston - 3 874 (+105); Qirg‘iziston - 1 899 (+55).

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 - yangi turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. BSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlar soni 6,2 milliondan oshgan, o‘lim holatlari 380 mingga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0