So‘nggi paytda nega koronavirus aholi orasida ko‘paymoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralnaya alleya vedushaya k pamatniku Alisheru Navoi
Sentralnaya alleya vedushaya k pamatniku Alisheru Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ygan va niqoblarni haftalab almashtirmaydi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda mutaxassis nega koronavirus aholi orasida ko‘paygani yuzasidan fikr bildirdi.

Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent aholisi orasida yana koronavirus aniqlandi

“Karantin choralari yumshatilganidan so‘ng ko‘pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qo‘yishdi. Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi”, - dedi u.

Nurmat Otabekov aholi orasida kasallanish sur’ati shu tarzda oshib borsa karantin tadbirlari yanada kuchaytirilishi mumkinligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda aholining bir-biri bilan muloqotini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kasallikka qarshi kurashishda ko‘proq samara bergan va berib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0