O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4022taga yetdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 759 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 6-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 nafarga oshdi va 4022tani tashkil etmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avtobusi Tashkenta dezinfitsiruyutsya dlya predotvrasheniya infeksionnix zabolevaniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtobus harakatlari qayta yo‘lga qo‘yiladi

Ta’kidlanishicha, yangi kasallanish holatlarining 4 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 3 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 3 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 759 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0