AQShda irqchilikka qarshi kurash qanday qilib talonchilar bilan jangga aylandi

© REUTERS / Stephen LamStolknoveniya demonstrantov s politsiyey vo vremya aksii protesta v Oklende, Kaliforniya
Stolknoveniya demonstrantov s politsiyey vo vremya aksii protesta v Oklende, Kaliforniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Minneapolisning qora tanli fuqarosi Jorj Floydni politsiya tomonidan qo‘pol tarzda qo‘lga olinishi natijasida o‘limiga olib kelgandan keyin boshlangan tartibsizliklar, talonchilik va o‘t qo‘yishlar tinmayapti.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik, Sofiya Melnichuk. Minneapolisning qora tanli fuqarosi Jorj Floydni politsiya tomonidan qo‘pol tarzda qo‘lga olinishi natijasida o‘limiga olib kelgandan keyin boshlangan tartibsizliklar, talonchilik va o‘t qo‘yishlar tinmayapti. Shtatlarning yarmida komendantlik soati joriy etildi, ammo mahalliy hokimiyatlar ko‘pincha deyarli harakatsiz. Politsiya kuchlari esa endi yetmayapti va prezident Donald Tramp vandalizm va talonchilikni tugatish uchun muntazam armiyani jalb qilmoqchi. Bu qadam prezident uchun nimasi bilan xavfli, RIA Novosti o‘rgandi.

Agitatsionniy plakat za obsherossiyskoe golosovanie po popravkam v Konstitutsii v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston
Geylarga qarshi normalar uchun kim bizni uyaltirmoqda?

Yana qonun va yana tartib

Amerikaliklar Donald Trampning xalqqa murojaatini kutishgan. Ammo prezident ikkilanib, buni faqat 2-iyun kuni, Vashingtonda vitrinalarni buzayotganda amalga oshirdi.

"Biz Jorj Floydning o‘limidan iztirobdamiz, - deb o‘z nutqini boshladi u. - Ammo biz g‘azablangan olomon tinch norozilik namoyishini bostirishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Asosiy jarblanganlar - qonunga bo‘ysinuvchi fuqarolar va kambag‘al odamlar. Men ularni himoya qilish uchun kurashaman".

"Men qonun va tartib prezidentiman", - dedi Tramp. Aytish kerakki, bu shior Amerikaga yaxshi ma’lum.

Amerikansi s orujiyem v rukax zashishayut svoy biznes ot maroderov - Sputnik O‘zbekiston
Amerikaliklar talonchilardan himoyalanish uchun qo‘liga qurol oldi – video

1968 yilda mamlakat, shuningdek, notinch paytlarda prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi: Vetnam urushiga qarshi ommaviy namoyishlar, ayollar va irqiy ozchiliklarni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar. Taniqli qora tanli huquq himoyachisi Martin Lyuter King, va undan keyin istiqbolli senator Robert Kennedilarga uyushtirilgan qotilliklardan keyin Richard Nikson "qonun va tartib" shiori ostida saylovda qatnashdi.

"Siz bitta narsani tushunishingiz kerak, bari muammo qora tanlilarda", - shunday tushuntirgan usha payt Oq uy ma’muriyati rahbari Garri Xoldeman. O‘shandan beri qora tanli amerikaliklar orasida "qonun va tartib" politsiyaning zulmini anglatadi.

Tinch namoyishi tartibsizliklarga aylandi

Tramp hozirgi g‘alayonlarni ichki terrorizm deb atadi. Prezident xalqqa yo‘llagan murojaatida, isonchilar qo‘llari bilan "ularning orzularini buzilayotganini" tomosha qilishga majbur bo‘lgan kichik biznes egalarini ham tilga oldi.

Politolog Yuriy Svetov - Sputnik O‘zbekiston
Svetov: AQSh hukumati ommaviy tartibsizliklarga bas kela olmayapti

Ko‘chalardagi talon-tarojlarning video-dalillari internetni to‘ldirdi. Talonchilar do‘kon vitrinalarini chilparchin qilishmoqda, buyumlarni olib ketishapti, devorlarni, deraza va eshiklarni bo‘yab tashlamoqda. Masalan, Santa-Monikada Vans sport kiyimlari do‘konidan deyarli hamma narsani o‘g‘irlab ketishgan. Fox 11 telekanali muxbirlari yo‘lovchilardan sport poyabzali qutilarni qayerdan olishganini so‘rashganda, ular javobdan qochishgan. Yaqin atrofda bironta ham politsiyachi yo‘q edi.

Bunday vaziyat butun mamlakat bo‘ylab kuzatilmoqda. Hukumatning vandalizmni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlari behuda bo‘lmoqda. Mulklar tinch namoyishchilar va biznes egalarining o‘zlari tomonidan himoyalanmoqda.

Xuddi shu Santa-Monikada do‘kon eshigi oldida bir qiz "Zo‘ravonlikni to‘xtating" plakati bilan turipti. Uni itarib yuborishga urindilar, hatto kirish joyiga tutunli bomba tashladilar, lekin qiz cho‘chimadi. Ko‘p o‘tmay unga qora tanli bir odam "Biz norozilik bildirayapmiz, talonchilik qilmayapmiz" yozuvi bilan qo‘shildi. Bu yoshlar atayin shahar markaziga isonchilarni tinch namoyishchilarga qarshilik ko‘rsatmasliklari uchun kelgan.

San-Diyegodagi voqea menga rus mafiyasi haqidagi hazillarni esga olishimga majbur qildi. Unda sobiq SSSR respublikalaridan kelgan migrantlar Pushkin restoranini himoya qilishdi. Restoran egasi Ayk Gazaran RIA Novosti muxbiriga iqror bo‘ldi: u tezda o‘zi harakat qilish kerakligini angladi.

"Mening ko‘p do‘stlarim, men kabi, respublikachilar fikrini qo‘llab-quvvatlaydiganlar (norozilardan farqli o‘laroq - tahr.). Yakshanba kuni muammolar bo‘lishi mumkinligini tushunishim bilan hammaga qo‘ng‘iroq qildim - yarim soatda ular restoranda bo‘lishdi. O‘n ikki kishi, to‘pponcha va miltiqlar bilan qurollangan. Qurollar qonuniy, biz ulardan foydalanishga o‘rganganmiz. O‘z binomizda o‘zimizni himoya qilish uchun foydalanishga haqimiz bor", - deya tushuntirdi Gazaran. Ular nafaqat Pushkin restoranini, balki bir qator qo‘shni do‘konlarni, shu jumladan, Iroqdan kelib chiqishi keksa odamning aroq do‘konini ham himoya qildilar.

AQSh politsiya xodimlari namoyishchilar bilan birdamlik belgisi sifatida tiz cho‘kmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Tiz cho‘kkan AQSh politsiyasi - foto

Mamlakatning narigi tomonida, Nyu-Yorkning Bruklin qismida, shaharliklar politsiya harakatsiz bo‘lib turganida tartibni saqlash uchun patrullarga birlashmoqda. "Biz bu yerda faqat mudofaa uchun kelganmiz. Biz irqchilikka qarshi kurashni va norozilik bildirish huquqini hurmat qilamiz. Ammo oilamiz bilan yashaydigan joyni hech kim vayron qilishiga haqqi yo‘q. Nyu-York meriga bizni himoya qilmagani uchun uyat", - deydi patrul tashkilotchilari Ayzek Boltanskiy va Devid Brodskiy. 

G‘azablanish huquqi

Ko‘pchilik mahalliy hokimiyatlarning harakatsizligidan norozi. Nyu-York shahar meri Bill de Blazioni talon-tarojlarga yo‘l qo‘yib berganlikda ayblashmoqda, uning qizi yaqinda ko‘chada to‘qnashuv vaqtida hibsga olingan. Shtat gubernatori Endryu Kuomoni ham tanqid qilishmoqda, garchi yaqin vaqtgacha u koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda qahramon sifatida qabul qilingan bo‘lsa ham. Dushanba kuni de Blazio, harbiylarni jalb qilish xavfli, bu vaziyatni yanada yomonlashtiradi, dedi. “Qurolli kuchlar turar-joy tumanlariga kirib borishsa bundan hech ham yaxshi narsa bo‘lmaydi”, - dedi u. Shunga qaramay, ko‘chalarda politsiyachilar soni ikki baravar ko‘paydi – to‘rtdan mingdan sakkiz minggacha. Shaharda komendantlik soati e’lon qilindi.

Sotni lyudey sobralis v Minneapolise u rezidensii gubernatora - Sputnik O‘zbekiston
Minneapolisda gubernator qarorgohi oldida yuzlab odamlar to‘plandi – video

Boshqa mintaqalar rahbarlari ham, asosan demokratlar, Milliy gvardiyani jalb qilishga shoshilmayaptilar. De Blazioning va’jlarini Oregon gubernatori Keyt Braun, Illinoys shtati gubernatori Jey Robert Prisker, Nevada - Stiv Sisolak va Michigan - Gretchen Uitmerlar ham takrorlamoqdalar. Vashington shtati rahbari Djey Insli harbiy qismlarni tayyorgarlikka keltirib qo‘ydi, ammo hozircha ularni shaharlarga joylashtirmadi.

O‘z navbatida, Tramp harbiylarni shahsan o‘zi ko‘chaga olib chiqish bilan tahdid qildi. Prezident, bosh qo‘mondon bo‘lsa ham, o‘z xohishiga ko‘ra shtatlar tududida federal qurolli kuchlarni jalb qila olmaydi. Ammo, agar u 1807-yilgi Qo‘zg‘olon to‘g‘risidagi qonunni qo‘llasa, Milliy gvardiya uning farmoniga binoan, gubernatorlarga qaramasdan harakat qiladi. So‘nggi marta buni Jorj Bush 1992-yilda Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari paytida qo‘llagan, unda to‘rtta politsiyachi qoratanlini urib tashlagani uchun noroziliklar boshlangan. Biroq gubernatorlarning norozilar bilan munosabatlarni yomonlashtirishdan bosh tortishi siyosiy xarakterga ega, deydi siyosatshunos-amerikanist Dmitriy Drobniskiy. "Demokratlarning asosiy vazifasi - Trampning ikkinchi muddatga qayta saylanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Nimoyishlar bo‘lmaguncha odamlarni karantinda ushlab turish mumkin edi. Endi ularga g‘azablanish huquqi berildi, -  dedi u RIA Novosti'ga. Trampni yomon ko‘rinishiga majburlash kerak, chunki demokratlarning ritorikasi ko‘ra, u irqchi va jamiyatga nafrat muhitini uyg‘otdi".

Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp vo vremya vstrechi na polyax sammita Gruppi dvadsati v Osake - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb Rossiyani yana o‘z tuzog‘iga ilintirmoqchi yoki Katta yettilikka taklif nimani anglatadi

Agar shuncha kunlik vayronagarchiliklardan so‘ng, prezident Milliy gvardiya yordamida nazoratni qo‘lga olsa, u siyosiy ochkolarni qo‘lga kiritadi va demokratlar nima deyishining ahamiyati bo‘lmay qoladi. "Tramp, keling va hammasini tartibga soling"? – mana, kim uchun ikkilanayotgan shtatlarda ovoz berishadi", - deydi ekspert.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatda irqiy kamsitish holati haqiqatan ham dahshatli holatda. E’tirozlarni muhokama qilishda buni unutmaslik kerak.

Demokratlar nafaqat Trampning samarasizligini namoyish etishni istaydilar, balki aholining ozchilik guruhlaridagi saylovchilarni qo‘rqitib qo‘ymaslikka harakat qilmoqdalar, deydi NIU VShE Keng qamrovli Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazi direktorining o‘rinbosari Dmitriy Suslov. "Ular oqtanli bo‘lmagan aholi orasida qo‘llab-quvvatlashni yo‘qotishdan juda qo‘rqishadi, chunki aynan afro-amerikaliklar Jo Baydenning saylovlardagi asosiy ustunlaridan biridir", - deya eslatadi ekspert.

Shu bilan birga, ikkala tomon ham qulash yoqasida o‘yin oborishmoqda, deya qo‘shimcha qiladi suhbatdosh. “Demokratlar mo‘’tadil va ikkilanayotgan elektoratni qo‘rqitish xavfi ostida, Trampni obro‘sizlantirishga harakat qilishmoqda. Tramp esa zo‘ravonlik to‘lqini va o‘limlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yanada qat’iy choralarni ko‘rmoqda",- dedi u.

Amerika jamiyati shundoq ham bo‘linib bo‘lgan. Namoyishlar faqat qarama-qarshiliklarning chuqurligini tasdiqladi holos. Oddiy odamlar politsiyaning zulmidan ham, talonchilik bilan talon-tarojlardan g‘azablanishmoqda, demokratlar va respublikachilar esa hamon kelisha olmayaptilar. Katta Jorj Bushning siyosiy karyerasida Qo‘zg‘olon qonuni qanday rol o‘ynaganini aytish qiyin. Ammo u 1992-yilda saylovda yutqazdi. Tramp, ko‘rinishidan, qat’iylikka umid bog‘ladi. Bu qanday natija beradi, vaqt ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0