Siyosatshunos va jurnalist Yuriy Svetov hukumat uchun bunday holatlarda armiyani ishlatishi qaysidir ma’noda jamiyatdagi tartibsizliklarga dosh berolmayotganini tan olish bilan barobar deb hisoblaydi.
"Kuchli tabiiy ofatlar paytida yordamga armiya jalb qilinishi boshqa gap, bu yerda armiyani o‘z saylovchilariga qarshi ishlatilayotgani, bu juda murakkab masala", - dedi Svetov Sputnik radiosiga bergan izohida.
Ko‘plab tahlilchilar Amerika jamiyati, shu jumladan, irqiy jihat bo‘yicha bo‘linib ketgani haqida gapirishmoqda, deydi u. Shu bilan birga, AQSh armiyasida afro-amerikalik harbiy hizmatchilar juda ko‘p va ular "o‘zlarini qanday tutishlari, qo‘mondonlik buyruqlariga bo‘ysunadimi-yo‘qmi" noma’lum.
"OAV xabarlariga ko‘ra, politsiyachilar bu buyruqlarni bajarishdan bosh tortdi. Qanday bo‘lmasin, AQSh hukumati endi an’anaviy usullar yordamida norozilik namoyishlarini eplay olmayotganliklarini butun dunyoga namoyish qilmoqda", - dedi siyosatshunos.
Shu bilan birga, uning fikriga ko‘ra, amerikaliklarning ma’lum bir qismi hukumatning tartibsizliklarga qarshi kurashda armiyani jalb qilish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi.
"Hozirda g‘alayonlar paytida yuz berayotgan voqealarga shunchaki qarash yoqimsiz. Axir oddiy odamlar azob chekmoqda-ku", - deydi Svetov.