Analitika

Geylarga qarshi normalar uchun kim bizni uyaltirmoqda?

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Mediabankka oʻtishAgitatsionnыy plakat za obщerossiyskoye golosovaniye po popravkam v Konstitutsii v Novosibirske
Agitatsionnыy plakat za obщerossiyskoye golosovaniye po popravkam v Konstitutsii v Novosibirske - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Jirkanch rolik", "razil manipulyatsiya", "ksenofobiya" va "adovat qoʻzgʻash" — ikki kun oldin YouTube da paydo boʻlgan va Konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlarga bagʻishlangan tashviqot roligiga xuddi shunday xarakteristikalar berilmoqda. Bizda kimni va qay tarzda hafa qilishmoqda?

Petr Akopov

"Jirkanch rolik", "razil manipulyatsiya", "ksenofobiya" va "adovat qoʻzgʻash" — ikki kun oldin YouTube da paydo boʻlgan va Konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlarga bagʻishlangan tashviqot roligiga xuddi shunday xarakteristikalar berilmoqda. Bizda kimni va qay tarzda hafa qilishmoqda?

Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda geylar taʼqib qilinmoqdami - IIBB javobi

Albatta, gap bu yerda ranjitilayotgan geylar, toʻgʻrirogʻi, LGBT-hamjamiyati haqida. Bu jamiyatning vakillari, xuddi "progressiv jamoasi" singari Konstitutsiyaning nikohning - erkak va ayol ittifoqi sifatida mustahkamlab qoʻyilishi belgilangan 72-moddasiga bagʻishlangan tuzatishlardan qattiq ranjigan.

Qisqa videorolikda "Kelajak goʻzal Rossiyasi" - 2035 yil koʻrsatilgan. Bolalar uyi xodimasi  quvonchli voqea - bolalar uyi tarbiyalanuvchisining asrab olinishini telefonga videoga olayotgan boʻladi. Petya ismli bolakayni olib ketish uchun otasi kelgan boʻladi, ammo hamma koʻchaga chiqqach bolaning onasi oʻrniga "ikkinchi raqamli ota-ona", yaʼni yana bir erkak kelganini, Petyaning ota-onasi geylar ekanligi maʼlum boʻladi. Bolalar uyi ishchilari taajjubda qolishadi, bola ham hayron, ammo unga qizlar koʻylagini sovgʻa qilib, mashinaga oʻtqazishadi. Rolik shiori — "Shunday Rossiyani tanlaysanmi? Mamlakat kelajagini hal et, Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlar uchun ovoz ber".

Mujchina obrabatыvayet izobrajeniye na kompyutere - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kanadada 67 yoshli bogʻbon 8 nafar geyni oʻldirganligini tan oldi

Albatta, did borasida bahslashish befoyda - bu yerda bolalarga majburan singdirilayotgan jinsni oʻzgartirish masalasiga urgʻu berish kerakmidi-yoʻqmi, bu ham muzokarali. Axir bu amerika muammosiku, bizning emas, Anjelina Joli ular yurtida aqldan ozmoqda, bizda emas. Ammo bularning barchasi ikkinchi darajali - rolik shundoq ham gomofoblarni qattiq hafa qildi.

Ishonmaysizmi? "Moskovskiy komsomolets" yolgʻon tarqatmaydi-ku, nashr oʻz maqolasining kirish qismidayoq "Rolikni hatto gomofoblar qattiq qoraladi", deya yozgan. Va video ostida qoldirilgan izohlardan iqtiboslar keltirgan - ularning barchasi birdek qoralovchi va nafrat mazmunida. Bu yerda: "bola yetimxonada voyaga yetsa yaxshi boʻlarmidi", "millionlab bolalar ulgʻayayotgan otasiz oilalar-chi, ular ham bir jinsli oilalarga kiradimi?" degan mazmundagi gey-lobbistlar dalillari ham keltirib oʻtilgan. "Gomofob"lar bu yerda geylar ahmoq sifatida koʻrsatilgani va Konstitutsiyaning bunga nima aloqasi borligiga eʼtiroz bildirishgan.

Miting LGBT-soobщestva - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Geylarga erkinlik yoʻq" - Oʻzbekiston BMT tavsiyasini rad etdi

"Professional geylar", yaʼni LGBT-hamjamiyatlari himoyachilari ham tabiiyki, munosabat bildirganlar — izohlarning birida "gomofob va ksenofob ritorikadan foydalanishni nomaʼbul deb hisoblashlarini" maʼlum qilishgan va bu rolik namoyishini taʼqiqlash hamda uni YouTubedan oʻchirishga erishishlarini aytishgan.

Hamjamiyat aʼzolari "Ijtimoiy jihatdan LGBT guruhiga mansubligi jihatdan bir guruh shaxslarga nisbatan nafrat va dushmanlik kayfiyatini uygʻotish" prokuraturaga ariza yozganlar. Xuddi shunday murojaatnoma biznes OAV redaktsiyasi tomonidan ham yoʻllangan, Davlat dumasi deputatlaridan biri esa tezkor ravishda Bosh prokuraturaga soʻrovni qayta yoʻllagan.

Yaʼni organlar rolikda "avj oldirish" elementlarini topishni va uni taʼqiqlashni soʻramoqda. Bularning barchasi shundoq ham diskriminatsiya qilinayotgan seks-kamchiliklarga ogʻriq yetkazmaslik uchun qilinmoqda: avvaliga voyaga yetmaganlar oʻrtasida tashviqotni man etishgan edi, endi esa Konstitutsiya uchun agitatsiya qilib, ular bilan odamlarni qoʻrqitishmoqda.

LGBT-parad v Madride - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Gʻarb oʻzining "yangi eʼtiqodini" Oʻzbekistonda targʻib qila oladimi - ekspert javobi

Rolikda nafratni qoʻzgʻashni koʻrish uchun noanʼanaviy ongga ega boʻlish kerak — ammo bu yerda gap bir guruh noanʼanaviy oriyentatsiyaga ega shaxslar haqida bormoqda-ku, ulardan nimaniyam kutish mumkin? Axir rolikda LGBTga tuhmat yo boʻhton bormi? Yoʻq - rolikda bu haqda mubolagʻa tarzida yoki parodiya shaklida aytilgan, deb ham boʻlmaydi. U yerda 2035 yil - yaʼni kelajak haqida gap bormoqda. Bu gipotetik kelajakni bugun - allaqachon bir jinsli nikohlarni legallashtirish yoʻlidan ketgan Gʻarbda koʻrish mumkin. Nima u yerda bolalarni bir jinchli juftliklarga bermaydilarmi? Yoki hozircha ular soni kam va har bir oila shunday maqomga ega emasmi? Shunday ekan, nima, biz bu jarayon oʻzining mantiqiy yakuniga yetishini va biz shunday keyin minimal cheklovlarni qabul qilishni kutib yashaymizmi?

Ha, minimal — chunki Konstitutsiyada oilaning erkak va ayol ittifoqi sifatida mustahkamlab qoʻyilishi fuqarolarimizning mutlaq koʻpchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Va xuddi shu tarzda bizdagi koʻpchilik bir jinsli juftliklar bola asrab olish imkoniyatiga ega boʻlishiga qarshi chiqmoqda (ular bizda taʼqiqlanmagan - shunchaki yuridik jihatdan oila huquqini ololmaydi). Bu xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib bildirgan pozitsiyasidir — bu pozitsiyani yoqtirmaydiganlar unga qanday daʼvo bildira oladilar?

Billi Porter - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Qora tanli gey aktyor “Cinderella”da ona rolini ijro etadi

Bagʻrikenglikka chaqirishadimi? "Sabrli boʻlingizlar, sizlarga nima, baribir hammasi shunga keladi, baribir, asosiysi odam yaxshi boʻlsin". Yoʻq, bu ish bermaydi — halqimiz ahmoqmas, maʼnan sogʻlom va rus tarixi oʻz poyoniga yetishini istamaydi.

Davlatga nisbatan "ksenofoblar" tushunchasini ishlatadimi?  Bu ham ish bermaydi— "boshqalarga" nafrat yoʻq chunki, shunchaki xalqimiz ularga oʻxshashni xohlamaydi, xalq oʻz orasida "noanʼanaviylik" urfga kirishini istamaydi. Ha, noaʼnaviy oriyentatsiya asos va anʼanalar, axloq va eʼtiqod, xotira va birdamlik yuvilib ketgan joyda koʻpayadi. Shunday ekan bu zaharga qarshi vosita"urfdagi" narsani taʼqiqlashda emas, balki bu oʻz asoslarini mustahkamlashda. Ammo bu yerda taʼqiqlar va cheklovlarsiz boʻlmaydi — chunki biz bugun oʻsha Shtatlarda bir necha oʻn yilliklar ichida LGBTga boʻlgan moda yoshlar orasida ular vakillari bir necha marta oshishiga olib keld.

Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Chechenistonda geylar taʼqibga uchraganmi? AQSH tekshirishga qaror qildi

Konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlar oʻz-oʻzidan hech narsani kafolatlamaydi, ular faqat jamiyat va hokimiyat yaxshilik va yovuzlik haqidagi fikrlarda birlashgandagina, nima yaxshiyu, nima yomonligida bir toʻxtamga kela olsagina ishlaydi.

Aks holda Frantsiyadagi kabi holat yuzaga keladi: Parij koʻchalariga bir jinsli nikohlarni qonuniylashtirishga va bundaylarga bolalarni asrab olishlariga qarshi yarim million namoyishchilar chiqsayu, ammo hukumat baribir tegishli qonunni qabul qilsa.

Rus tsivilizatsiyasi hech kimga oʻz qadriyatlarini tiqishtirmaydi. Boshqa xalqlar oʻz boshini devorga urib yorishni va shu tarzda halok boʻlishni, migrantlar orasida botib ketishni, oila va axloqdan voz kechishni va yana allaqanday tarzda oʻz mavjudligini toʻxtatishni xohlashadimi - buning uchun ular toʻliq tarixiy huquqga ega. Biz ham oʻz navbatida oʻz qadriyatlarimizni, bloger Varlamov yozganidek, "mavjud bidʼatlar tufayli boshqa odamlarga baxt bermayapsizlar" singari manipulyativ tanbehlarga uchmagan holda himoya qilishga, toʻlaqonli haqqimiz bor.

Hammasi aksincha - xalq unga tiqishtirilayotgan baxt haqidagi tasavvurlardan voz kechishga toʻliq haqli (aks holda u qanday xalq ekan) va bu uning majburiyati hamdir. Shu jumladan, u oʻz printsiplarini Asosiy qonunda mustahkamlab qoʻyish huquqiga ham ega.

Yangiliklar lentasi
0