So‘x aholisi Abdulla Aripovdan nimalarni so‘radi ?

© Press-slujba xokimiyata rayona Sux / TelegramAbdulla Aripov v Suxe
Abdulla Aripov v Suxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x eksklavidan sodir bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun qanday yechimlarni taklif qildi.

TOShKENT, 2-iyun -  Sputnik. Ma’lumki 31-may kuni O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududidagi eksklavi - So‘x tumani aholisi va qirg‘izlar orasida mojaro sodir bo‘lgan. Janjal oqibatida ikki tomon bir birini toshbo‘ron qilgan bir necha uylar yoqib yuborilgan edi.

© WikipediaUzbekistanskiy eksklav Sox na territorii Kirgizstana
So‘x aholisi Abdulla Aripovdan nimalarni so‘radi ? - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistanskiy eksklav Sox na territorii Kirgizstana

Ushbu voqeadan so‘ng O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni voqea joyiga yetib borgan va Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Qirg‘iziston harbiylari va huquqni saqlash organlari vakillari bilan uchrashib vaziyatni muhokama qilgan edi.

So‘x tumani aholi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mahalliy aholi vakillari, bosh vazir e’tiborini bir qator muammolarga qaratishdi. 

Xususan, ular 30-yildan beri mavjud muammolarni hal qilib berishni so‘rashdi:

  1. So‘x anklavning chegarasini aniq belgilab berishni.
  2. So‘x viloyatini O‘zbekiston bilan bog‘laydigan yo‘l va xavfsiz koridor. Bu “Rishton-So‘x” yo‘lini qayta ochib berishmi yoki o‘zbekiston hududiga eng yaqin bo‘lgan yangi “Yaypan – Yaznov” yo‘nalishida “xox yer usti, xox yer osti yo‘li” qurib berishni so‘rashdi. Hech bo‘lmasa “vertolot” qatnovi tashkil qilib berishni iltimos qilishdi.
  3. So‘x tumanida suv yetishmas ligi muammosini hal qilib berishni. “Bir oyda bir marta suv keladi, shu muammo tufayli tuman yerlaridan samarali foydalanishning iloji yo‘q” – deyishdi aholi vakillari.   
  4. Shuningdek mahalliy hokimiyatga ishonch qolmaganini va ularni yangilashni so‘rashdi.
  5. So‘xliklar o‘z farzandlarini O‘zbekiston oliygohlarida ta’lim olishini istaydi.
  6. So‘x tumanida hamma narsa viloyatdan ko‘ra 2 baravar qimmat. Hech bo‘lmasa un narxini tushirishni so‘rashdi.
  7. Ishsizlik masalasini hal qilishda yordam berish.

Yuqoridagi savol va iltimoslarga Abdulla Aripov quyidagicha javob berdi.

Chegarani belgilashda, odatda dastlab delimitatsiya qilinadi. Oradan olti oy o‘tganidan so‘ng boshqa komissiya kelib uni demarkatsiya qiladi. Jarayonni tezlashtirish maqsadida biz So‘x chegarasini delimatsiya va demarkatsiyani bir vaqtning o‘zida qiladigan bo‘ldik. Qirg‘iziston ham shunga rozi bo‘ldi, - dedi Aripov. 

Otkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Chegara mojarosi. Abdulla Aripov Qirg‘iziston hukumati vakili bilan uchrashadi

Yo‘l va koridor masalasida, bosh vazir ayni damda O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbariyati orasida birinchi navbatda “Rishton – So‘x” yo‘lini ochib berish masalasi muhokama qilinayotganini aytdi. Bir necha yil oldin Qirg‘iziston chegaraning ushbu qismini YeOII shartnomasiga ko‘ra yopishga majbur bo‘lgan. Bugun esa O‘zbekiston ham ushbu tashkilotga kuzatuvchi maqomida qo‘shilish arafasida turibdi. Tashkilotda kuzatuvchining ham o‘ziga yarasha huquqlari bor. Shu sababli ushbu yo‘nalish ochilishi ijobiy hal qilinishi ehtimoli katta. Yo‘l ochilganidan so‘ng avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yamiz, dedi bosh vazir.

Ikkinchidan, Aripov mahalliy aholi tomonidan taklif qilingan yangi “Yaypan – Yaznov” yo‘nalishida koridor ochish masalasini o‘rganib chiqishni ham va’da berdi.

Shuningdek, Abdulla Aripov tumandagi yo‘llar yomon ahvolda ekanini qayd etib, bu maslada mutaxassislar yuborishni hamda mahalliy aholi orasidan jalb qilingan ishchilar yordamida yangi yo‘llar qurishni va’da berdi. Bu bilan 1000ga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi ham mumkin, dedi bosh vazir.

Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Jeenbekov chegarada ro‘y bergan hodisani batafsil ko‘rib chiqdi

Undan tashqari bosh vazir So‘x tumaniga maktab va bog‘chalar faoliyatini yaxshilash, tuman markaziy shifoxonasiga yangi uskunalar olib kelish hamda hududga investitsiyalar jalb qilish masalasini hal qilishni va’da berdi. Buning uchun yaqin kunlarda tumanga bosh vazirning bir necha o‘rinbosarlari kelib vaziyatni o‘rganib chiqishadi.

Suv masalasida, Abdulla Aripov aytishiga qaraganda, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chashmadan birgalikda foydalanishga kelishib olishgan. Bundan buyon tozalash ishlari ham ikki tomon vakillari ishtirokida o‘zaro kelishilgan holda olib boriladi.Mahalliy aholining “So‘xlik yigitlar So‘xdagi harbiy qismda xizmat qilsa bo‘ladimi? – degan savoliga Aripov - Hech qaysi mamlakatda askar o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyda xizmat qilmaydi. Harbiylarni qoidasi bu. Agar boshqa joyda xizmat qilishga  tayyor bo‘lsa – xizmatga olamiz, dedi Aripov.

Perviy vitse-premyer-ministr Kirgizstana Kubatbek Boronov vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim na propusknom punkte Chechme-Avtodorojniy v Batkenskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Chegaradagi mojaro: Aripov va Boronov nimalar to‘g‘risida kelishib oldi

Shunindek Aripov qisqa vaqt ichida So‘x tumaniga 1000 tonna karbamid o‘g‘iti yetishtirib berishni va’da berdi.

Ma’lumot uchun, So‘x tumani - Qirg‘iziston Respublikasi hududida joylashgan O‘zbekiston eksklavi bo‘lib, uning maydoni 352 km. kvadratni tashkil qiladi. So‘x tumanida 19ta aholi punktlari bo‘lib u yerda 75 mingga yaqin aholi yashaydi. Eksklav 1955-yilda paydo bo‘lgan.

So‘nggi 30-yil ichida So‘x tumanini O‘zbekiston bilan ishonchli ravishdan bog‘lash muammosi o‘z yechimini topmadi. Bu yerga yetib kelish uchun bir necha chegara postlaridan o‘tish kerak. So‘x aholisi va Qirg‘iziston tomon orasida bir necha bor jiddiy oqibatlarga olib kelgan mojarolar sodir bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0