Chegaradagi mojaro: Aripov va Boronov nimalar to‘g‘risida kelishib oldi

© Foto / Press-slujba pravitelstva KRPerviy vitse-premyer-ministr Kirgizstana Kubatbek Boronov vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim na propusknom punkte "Chechme-Avtodorojniy" v Batkenskoy oblasti
Perviy vitse-premyer-ministr Kirgizstana Kubatbek Boronov vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim na propusknom punkte Chechme-Avtodorojniy v Batkenskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston qo‘shma tergov tadbirlarini o‘tkazish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida kelishib oldi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Kubatbek Boronov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Batken viloyatidagi “Chechme-avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punktida uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda kuni kecha ikki mamlakat aholisi o‘rtasida sodir bo‘lgan mojaro muhokama qilindi.

“Tomonlar davlat chegarasining qirg‘iz-o‘zbek uchastkasida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan afsus bildirishdi, vaziyatni tartibga solish, uning kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va chegara hududlarida keskinlikni bartaraf etish bo‘yicha kompleks qo‘shma chora-tadbirlar qabul qilinishini bildirdi”, - deyilgan xabarda.

© Foto / Press-slujba pravitelstva KRPerviy vitse-premyer-ministr Kirgizstana Kubatbek Boronov vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim na propusknom punkte "Chechme-Avtodorojniy" v Batkenskoy oblasti
Chegaradagi mojaro: Aripov va Boronov nimalar to‘g‘risida kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston
Perviy vitse-premyer-ministr Kirgizstana Kubatbek Boronov vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim na propusknom punkte "Chechme-Avtodorojniy" v Batkenskoy oblasti

Ikki davlatning avval erishilgan kelishuvlar va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda konstruktiv yondashuv tarafdorligi qayd etildi.

Boronov va Aripov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar birgalikda tergov tadbirlarini o‘tkazish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi mojaroda 25 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0