Mirziyoyev va Jeenbekov chegarada ro‘y bergan hodisani batafsil ko‘rib chiqdi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevPrezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari kuni kecha “Chashma” chegaraoldi hududida ro‘y bergan hodisa bilan bog‘liq masalalarni batafsil ko‘rib chiqib, bunday vaziyat boshqa takrorlanmasligi uchun mukammal choralar qabul qilish muhim ekanini ta’kidladilar.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbarlari kuni kecha “Chashma” chegaraoldi hududida ro‘y bergan hodisa bilan bog‘liq masalalarni batafsil ko‘rib chiqib, bunday vaziyat boshqa takrorlanmasligi uchun mukammal choralar qabul qilish muhim ekanini ta’kidladilar. Hukumat delegatsiyalari o‘tkazgan muzokaralarning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki tomonlama munosabatlarga oid mavjud masalalarni tartibga solish hamda amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya sohalarida yangi o‘sish nuqtalarini aniqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirish yuzasidan kelishib olindi.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIV o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi mojaro yuzasidan bayonot berdi

Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi hamda Chegaradosh viloyatlar ma’muriyatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Suhbat chog‘ida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha yaqindan hamkorlikni va idoralararo almashinuvlarni davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Prezidentlar halqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini qardosh xalqlar farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlashda qat’iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0