TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Arpov Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Qubatbek Boronov bilan uchrashadi. Boronov ayni damda Batken viloyatiga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Eslatib o‘tamiz, kecha 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani aholisi orasida mojaro kelib chiqqan edi.
Janjalga Chashma bulog‘i suvi ikki qishloq aholisi tomonidan birgalikda tozalanishi sabab bo‘lgan. Tomonlar buloq qaysi mamlakatga tegishligi borasida tortishib qolishgani aytilmoqda. Janjal oqibatida bir necha kishi jarohat olib shifokorga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Ayni damda vaziyat ikki tomon chegara qo‘shinlari tomonidan navzoratga olingan.