Rossiyaning "Koalitsiya-SV" o‘ziyurar artilleriya uskunasi afzalliklari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamoxodnie gaubisi "Koalitsiya-SV" (na pervom plane)
Samoxodnie gaubisi Koalitsiya-SV (na pervom plane) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko yangi o‘ziyurar artilleriya uskunasining xususiyatlari to‘g‘risida gapirib berdi.

Artilleriya - bu urush xudosi, shuning uchun Rossiyada ular nafaqat ibodathonalarni, balki dunyodagi eng yaxshi gaubitsalarni ham quradilar. Nijniy Novgorod viloyatidagi poligonda KamAZ-6550 rusumli avtomashinasi negizidagi 152 mm kalibrli "Koalitsiya-SV o‘ziyurar artilleriya uskunasining (SAU) g‘ildirakli modifikatsiyasining sinovlari boshlandi.

Poligonnie ispitaniya kompleksa Poseydon - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya ilk bor "Qiyomat kuni torpedasi"ni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

May oyi oxirida Rossiya kuchlariga eng so‘nggi "Koalitsiya-SV" gaubitsalarining eksperimental partiyasi qabul qilindi. Uskuna T-90 tankining platformasida joylashgan bo‘lib, 70 kilometrgacha masofada joylashgan qo‘mondonlik punktlari, aloqa markazlari, artilleriya va minomot batareyalari, zirhli transport vositalari, havodan mudofaa tizimlari, dushmanning tirik kuchi kabi yerdagi nishonlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunda ushbu gaubitsaning dunyoda analogi yo‘q. Deyarli bir vaqtning o‘zida "Uralvagonzavod" SAUning KamAZ-6550 rusumli avtomashina negizidagi versiyasini yurish va o‘t ochish sinovlarini boshladi. Joriy yilda sinovni yakunlash rejalashtirilmoqda, shundan so‘ng gaubitsaning g‘ildirakli modifikatsiyasini seriyali ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Qo‘shinlarda "Koalitsiya-SV" g‘ildirakli SAUning paydo bo‘lishi ko‘zga ko‘rinadigan vokeaga aylanadi (bugungi kunda Rossiyada bunday gaubitsa yo‘q) va artilleristlarga aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda "Koalitsiya"ning o‘rmalovchi yoki g‘ildirakli modifikatsiyasini tanlashga imkon beradi. O‘rmalovchi analoglariga taqqoslaganda, KamAZning to‘rt o‘qli shassisidagi tizimlar o‘z afzalliklariga ega - harakatchanligi, yo‘l sirtini buzmasdan ommaviy foydalanish avtomobil yo‘llarida foydalanish imkoniyati, yurish zaxirasi nuqtayi nazaridan uzoqroq masofa (o‘rmalovchi platformaning 5000 km zahirasi g‘ildirakli texnikaning faqatgina sinovdan chiqarvolish masofasi).

Avvalroq ishlab chiqaruvchi korhonaning bosh direktori Dmitriy Semizorov shunday dedi: "Koalitsiya" - bu kelajak mashinasi. U bugungi kunda o‘z zamonidan oldinda". Ehtimol, g‘ildirakli platformada yangi SAU yanada tezroq harakatlanadi. Va bu shubhasiz chet ellik xaridorlarni qiziqtiradi.

Masalan, 155 mm kalibrli "Msta-S" o‘ziyurar gaubitsaning oldingi avloddagi eksport varianti "Krasnopol-M" snaradi va shu kalibrdagi g‘arbda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilari bilan o‘t ochardi va narhi 1.6 million dollarni tashkil etadi. Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan IDEX-93 ko‘rgazmasida "Msta-S" o‘zining ustunligini namoyish etdi: o‘zining qirq "Krasnopol" snaradidan 15 km masofada o‘q uzib 38 tasi nishonga yetdi. "Koalitsiya-SV" yanada mukammal bo‘lgani tufayli, unga Rossiya qo‘shinlari va xalqaro qurol bozorida katta kelajakka kafolat beradi.

Maliy raketniy korabl proyekta 22800 (Karakurt) - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya g‘arbiy chegaralarini mustahkamlash: “Karakurt” raketa kemalari nimasi bilan qiziq

Yangi avlod

"Koalitsiya-SV" artilleriya tizimi "Msta-S" o‘ziyurar gaubitsasi (o‘rmalovchi shassida) vorisidir va ulkan o‘t ochish quvvatini meros qilib olgan. "Koalitsiya-SV"ning 152mm  to‘pi daqiqada 10-martadan ko‘proq o‘t uzishga qodir, bu shunga o‘xshash artilleriya tizimlarining, shu jumladan eng yaxshi xorijiylarning otish tezligidan yuqori. Amerikaning M109A6 Paladin uskunasi, yanada kattaroq ekipajga ega bo‘lib, daqiqasiga olti marotaba o‘q otishga qodir. "Koalitsiya-SV"ning o‘t ochish yuqori tezligi to‘liq avtonom avtomat yordamida ta’minlanadi. Barcha poroxning bir vaqtning o‘zida "yondirilishi"ning mikroto‘lqinli tizimi muhim rol o‘ynaydi.

Yangi gaubitsaga uch mutaxassis xizmat qiladi: haydovchi-mexanik, komandir va nishonga oluvchi-operator ("Msta-S" SAUda ekipaj besh kishidan iborat). Bundan tashqari, artilleriya minorasida xech kim bo‘lmaydi, ekipaj zirhli kapsulada joylashgan. Konstruktiv yechimi "Armata"ga o‘xshaydi, jangovar og‘irligi 48 tonnaga teng o‘ziyurar gaubitsa tankning harakatchanligini saqlab qolgan.

Mejdunarodniy aviatsionno-kosmicheskiy  salon MAKS-2019. Den chetvertiy - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy OAVlari F-22 va Su-57 “jangi” yetakchisini aytdi

Eng yangi artilleriya tizimining o‘rmalovchi va g‘ildirakli versiyalarida umumlashtirilgan jangovar bo‘linma mavjud - to‘liq aylanadigan minora va 152mmlik 2A88 kesma gaubitsasi. O‘ziyurar gaubitsasi tarkibiga shuningdek 12,7 mmlik masofadan boshqariluvchi pulemot uskunasi kiradi.

Komandir va nishonga oluvchining ish joyi avtomatlashtirilgan yagona taktik qo‘mondonlik va boshqarish tizimiga birlashtirilgan raqamli displeylar bilan jihozlangan. Bu ekipajga mavjud boshqaruv zanjirlarida yanada samarali ishlashga, turli manbalardan raqamli aloqa kanali orqali maqsadli nishonlarni olishga, hududni kecha-kunduz kuzatib borishga, ob-havoning har qanday sharoitida o‘t ochish va uni sozlash uchun avtonom hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkon beradi. Tashqi ma’lumotlar o‘t ochishni amalga oshirish va o‘q-dorilarni boshqarish uchun ma’lumotlarni taqdim etadigan bortdagi axborot-buyruq tizimlari tomonidan qayta ishlanadi.

O‘t ochish xususiyatlari jihatidan "Koalitsiya-SV" mahalliy va xorijda ishlab chiqariladigan barcha seriyali o‘ziyurar gaubitsalardan ustundir. So‘ngi gaubitsa bunday potensial bilan kelajakda Rossiya Qurolli kuchlari tarkibidagi 152 mm "Msta-S" o‘ziyurar gaubitsalarini va shatakka olinuvchi "Msta-B" o‘rnini egallaydi.

"Koalitsiya-SV" artilleriya tizimi "Uralvagonzavod" konsernining "Burevestnik" Nijniy Novgorod markaziy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Birinchi marta keng jamoatchilikka 2015-yil 9-may kuni Moskvada G‘alaba paradida namoyish etildi. 2017-yil sentabr oyida Rossiya Mudofaa vazirligi 2020-yildan seriyali yetkazib berish sharti bilan so‘nggi rusumdagi "Koalitsiya-SV" o‘ziyurar gaubitsalar tajribali partiyasini yetkazib berishga shartnoma imzoladi. So‘nggi "Koalitsiya-SV" gaubitsasining ikkala modifikatsiyasi kelajak qurollari bo‘lib, ularni oldindan, ya’ni bugundan o‘zlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ehtimol, ertaga uchinchi paydo bo‘ladi - kema versiyasi va quruqlik tizimi dengiz platformasiga chiqadi.

Zaklyuchennie talibi vo vremya ix osvobojdeniya iz turmi Bagram, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda birdaniga 900 nafar "Tolibon" a’zolari ozod qilindi

Yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar

"Koalitsiya-SV" o‘q uzish masofasi (70 kmgacha) jihatidan analoglaridan ikki baravar ko‘pdir. Masalan, 2012-yilda qabul qilingan Rossiyaning 2S19M2 "Msta-S" o‘ziyurar gaubitsasi 30 kmgacha bo‘lgan masofada faol-reaktiv fugas-parchalanovchi o‘q-dori bilan nishonga urishga qodir. Mashhur nemis PZH 2000 gaubitsasi Janubiy Afrikada bir marta maxsus oyeaktiv torkichli V-LAP o‘q-dorisini 56 km masofaga otdi, ammo oddiy rejimda otish masofasi 30 km dan oshmaydi.

Uzoq masofada, yuqori aniqlik ham muhimdir. "Krasnopol-M" eng muvaffaqiyatli to‘g‘rilanuvchi artilleriya o‘q-dorilaridan biridir, ammo bu imkoniyatlarning chegarasi emas. Yangi boshqariladigan raketalardan foydalanish orqali "Koalitsiya" Rossiya armiyasidagi birinchi yuqori aniqlikdagi artilleriya tizimiga aylanadi. Oddiy o‘q-dorilar qatorining davlat sinovlari 2021-yilda yakunlanadi. Yangi texnologik ufqlar hayratlantiradi.

Tulaning Priborostroyenie konstruktorlik burosi "bir marta o‘q uzish uchun" juda aniq va kuchli yuqori darajadagi fugas-parchalanovchi snarad ishlab chiqdi. Har bir shunday 152 mm snaradning narxi taxminan 50 ming dollarni tashkil etadi, ammo DOT, bunkerga yoki dushmanning boshqa mustahkamlangan inshoatiga urganidan keyin ikkinchi marta o‘q uzish shart emas. Yarim faol kallacha nishonga oluvchi tomonidan yoki dron orqali lazer yordamida boshqariladi.

Chleni terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Qobulning sabri tugadi: "Tolibon"ga urush e’lon qilindi

Moskvaning "Kompas" KBsida ham "aqlli" snarad yaratildi. 152 millimetrli snarad kallachasidagi GLONASS navigatsion modul va otilganda ochiluvchi aerodinamik yo‘lga soluvchi rullar tizimi parvoz yo‘nalishini sozlaydi, ma’lum koordinatlarga asosan aniq nishonga urishni ta’minlaydi. Ehtimoliy aylanma og‘ish 10 metrdan oshmaydi (uzoq otish masofasiga ega bo‘lgan odatiy 152 mm snaradning og‘ishi 100 metrgacha bo‘lishi mumkin). "Kompas" Konstruktorlik burosining ishlanmasi arsenalda mavjud snaradlarni takomillashtirish imkonini beradi. Asosiy artilleriya o‘q-dorilarini boshqariladigan rejimga qayta ishlash qiymati taxminan 1000 dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun: 155 millimetrlik Amerikaning bitta Excalibur raketasi 80 ming dollarga tushadi.

So‘nggi qurollarni ishlab chiqarishda Rossiya Federatsiyasining ustuvor yo‘nalishi - bu milliy xavfsizlikni ishonchli ta’minlash, ittifoqchilar va adekvat hamkorlarga harbiy-texnik yordam berish. "Koalitsiya-SV" artilleriya tizimi uzoq masofali va yuqori aniqlik bilan ajralib turadigan ilg‘or xorijiy analoglarga javoban yaratilgan. Rossiya loyihasi eng zamonaviy yechimlar, texnologiyalar va tarkibiy qismlarni birlashtirdi, bu esa jangovar va foydalanish xususiyatlarning ajoyib uyg‘unligiga erishishga imkon berdi. Faqatgina tinchlik va xalqaro barqarorlikni mustahkamlash uchun.

Yangiliklar lentasi
0