Afg‘onistonda birdaniga 900 nafar "Tolibon" a’zolari ozod qilindi

© AFP 2023 / Wakil KohsarZaklyuchennie talibi vo vremya ix osvobojdeniya iz turmi Bagram, Afganistan
Zaklyuchennie talibi vo vremya ix osvobojdeniya iz turmi Bagram, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani yaqin kunlarda ikki mingtagacha mahbus toliblarni ozod qilishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 27-may - Sputnik. Tolo News xabar berishicha, Afg‘oniston hukumati Ramazon hayitining birinchi kunida "Tolibon" (Rossiyada taqiqlangan) radikal harakatining birdaniga 900 a’zosini  ozod qildi.

Chleni terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Qobulning sabri tugadi: "Tolibon"ga urush e’lon qilindi

"Ozod qilinganlar soni ikki mingga yetadi, ammo bu yog‘i "Tolibon"ga bog‘liq ... Zo‘ravonlikning davom etishi tinchlik jarayoniga hissa qo‘sholmaydi", - dedi Djavid Feysal, Afg‘oniston milliy xavfsizlik kengashi vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ro‘za Hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kun davomida o‘t ochish rejimini to‘htatishiga javoban ikki mingtagacha tolib asirlarni ozod etishga farmon bergan edi.

Keyinchalik, afg‘on hukumati toliblarni asirlarni ozod qilish uchun zamin yaratish uchun o‘t ochishni to‘xtatishni uzaytirishga chaqirdi va shu bilan birga, sulh mahbuslarni ozod qilinishi va muzokaralar bir-biri bilan bog‘liqligi va bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi.

Ta’kidlash joizki, fevral oyi oxirida AQSh va "Tolibon" Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda tinchlik shartnomasini imzoladilar.

Kelishuv chet el qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketilishini va afg‘onlararo muloqotni boshlashni ko‘zda tutadi. Biroq, tomonlar muzokaralar stoliga, mahbuslarni almashish jarayoni tugagandan keyingina o‘tirishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0