Mirziyoyev O‘zbekistonda monopoliyaga barham berish payti kelganini aytdi

Obuna bo‘lish
Davlat rahbari O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga qat’iy o‘tishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. O‘zbekistonda monopol korxonalarga qat’iy choralar ko‘rish vaqti keldi, deb ta’kidladi mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda.

UzAuto Motors nachnet vipuskat mashini v novix svetax - Sputnik O‘zbekiston
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors faoliyatini tanqid qildi

Yig‘ilishda ta’kidlandiki , O‘zbekistonning jahon iqtisodiyoti bilan aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa ichki bozorda raqobat muhitini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirishni talab etadi.

Davlat rahbari O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga qat’iy o‘tishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

"Meni tashvishlantiradigan masala shuki, korxonalarimiz tashqi raqobatga bardosh bera oladimi? Chetdan tovar kirib kelsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan xuddi shunday mahsulot unga raqobatchi bo‘la oladimi? Mahalliy mahsulotlarning tannarxini pasaytirsak, xorijdan o‘zlari olib ketishadi", – dedi prezident.

Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi xizmatlar bozorida 245 ta korxona monopol holatda saqlanib qolmoqda. Lekin bir qator yo‘nalishlarda raqobat muhiti shakllanib bo‘lgan 19 xil mahsulot va xizmatlar bo‘yicha 70 ta korxonani monopolistlar reyestrdan chiqarish mumkin.

Airbus postavil perviy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: "O‘zbekiston havo yo‘llari" — monopoliya subyekti

"Raqobat bo‘lmasa, sifat bo‘lmaydi, narx tushmaydi. Zamon o‘zgarapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Agar rahbarlar shunga munosib bo‘lsa, ishlaydi, bo‘lmasa – ketadi", – dedi Mirziyoyev.

Yig‘ilishda korxonalarning bozordagi monopol mavqeyini aniqlash bo‘yicha yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, monopol tovarlar ro‘yxatini keskin qisqartirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlash vazifasi belgilandi.

– Dunyo tajribasini o‘rganib, o‘z yo‘limizni topishimiz zarur. Monopoliyadan chiqarish, raqobatni ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yakdil yo‘nalishimiz bo‘lishi kerak, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligi ta’kidlandi. Oliy ta’lim tizimida raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi o‘qish shaklini ochish, yangi fan joriy qilish va ushbu maqsadlar uchun akademik soatlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Coca-Cola na prilavkax magazina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston monopoliyaga qarshi organi nohalol raqobat holatini aniqladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qaror loyihasi tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Qo‘mitani iste’molchilarning manfaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri himoya qiladigan xalq vakillik organi – Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini ko‘rib chiqish topshirig‘i berildi.

Yangiliklar lentasi
0