Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: "O‘zbekiston havo yo‘llari" — monopoliya subyekti

© Uzbekiston xavo yullariAirbus postavil perviy A320neo dlya "Uzbekiston xavo yullari"
Airbus postavil perviy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” monopol tashkilot ekani yoki emasligi haqidagi savolga oydinlik kiritdi.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbariyati va ma’sul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Turbina samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Aeroportlar Milliy aviakompaniya tizimidan noyabrda chiqariladi

OAV vakillari bilan muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida reklamaning o‘rni muhimligi, u ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi vosita ekani qayd etildi.

Qo‘mita vakillari tomonidan tayyorlangan taqdimot orqali tashqi reklama tushunchasiga sharh berib o‘tildi. Ta’kidlanishicha, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama — tashqi reklama sanaladi.

Jurnalistlar bilan savol-javoblar vaqtida mavzu reklamadan qo‘mita vakolatidagi masalalarga ko‘chdi. Muxbirlardan biri “O‘zbekiston havo yo‘llari” monopol tashkilot ekani yoki emasligi haqidagi savolga oydinlik kiritilishini so‘radi.

“Biz aynan shu mavzuda maqola tayyorlab qo‘ygan edik, hozir qisqacha izoh berishga harakat qilaman. Monopolist degan tushunchani aniq belgilab beradigan mezonlar bor. Agar biror koxona yoki tuzilmaning bozordagi ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lsa, u monopolist hisoblanadi. Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining ulushi 50 foizdan ko‘p va o‘z-o‘zidan ayonki, u monopoliya subyekti sanaladi”, - dedi Qo‘mita raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov

Jurnalistlar “Qonun chiqaruvchi organ kelgusida O‘zbekistonda monopoliya bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar kamayishi aytilgan, lekin hozircha ular kamaygani yo‘q. Yaqin kelajakda ularning sonini qisqartirish bo‘yicha qanday ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan?”, degan savol bilan murojaat qilishdi.

“Siz nimaga asoslanib ularning soni kamaymagan deb hisoblaysiz? Agar siz aytayotgan gap “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, GM Uzbekistan yoki “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyatiga talluqli bo‘lsa, unda to‘g‘ri. Lekin umuman, iqtisodiyotdagi raqobat muhiti xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, vaziyatga faqat shu tashkilotlardan kelib chiqib baho berish unchalik to‘g‘ri emas”, deya savolga savol bilan javob yo‘lladi Bekzod Ummatov.

Yangiliklar lentasi
0