Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors faoliyatini tanqid qildi

© Press-slujba UzAuto MotorsUzAuto Motors nachnet vipuskat mashini v novix svetax
UzAuto Motors nachnet vipuskat mashini v novix svetax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi "UzAuto Motors" tomonidan avtomobil narxlari oshirishi naqadar asoslanganini tekshiradi.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi “UzAuto Motors” AJ tomonidan narxlarning oshirilishi bo‘yicha o‘z bayonotini e’lon qildi.

Qo‘mita xabarida aytilishiga qaraganda, UzAuto Motorsga davlat tomonidan ko‘plab imtiyozlar berilishiga qaramasdan, kompaniya ulardan samarali foydalanmagan, mahsulot tannarxi faqat 2%ga pasaytirishga erishilgan.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
UzAuto Motors avtomobil narxlarini nega oshirganini izohladi

Ikkinchidan, kompaniyaning ichki bozordagi narxlari tashqi bozordagi narxlaridan 20-50 %gacha qimmat. Solishtirish uchun:  “AvtoVAZ” AJ mahsulotlarining ichki bozordagi narxlari O‘zbekiston hududidagi narxlaridan 30-40 %ga arzon.

Uchinchidan, kompaniya tomonidan iste’molchilar huquqlari suiste’mol qilinishi holatlari ko‘plab uchrayotgani va yuqori segmentdagi avtomobillarni respublikaga import qilishda kompaniya monopoliya ustuvorligiga egaligi qayd etilgan.

Ushbu va boshqa omillarni hisobga olgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomobillar narxlari oshirilishi qay darajada iqtisodiy asoslanganligini va adolatli shakllanganligi aniqlash uchun korxonaning tadbirkorlik faoliyatini tekshirishga qaror qilgan. Ayni damda ushbu tekshirishni o‘tkazishga ruxsat olish ishlari amalga oshirilmoqda, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0