AQShlik milliarderlar dollarlarni shoshilinch oltinga almashtirmoqda

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishSlitki zolota
Slitki zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bank tahlilchilarining fikriga ko‘ra, dunyo valyutalarining ommaviy devalvatsiyasi holatida dollar ohirgi bo‘lib zarar ko‘radi va bu mantiqan to‘g‘ri ham, ammo baribir mijozlarga oltinga ishora qilishmoqda.

Uoll-stritning ba’zi titanlari bo‘lmish Amerikaning moliya bozorlarida boylik orttirgan yirik milliarder-sarmoyadorlar AQSh iqtisodiyoti koronavirusdan qanchalar zarar ko‘rganidan qattiq tashvishda. Amerikalik milliarderlar odatda vatanparvarlik va yuqori darajadagi optimizm bilan ajralib turadi, chunki bu ularning ijtimoiy mavqeyiga nisbatan o‘ziga xos majburiyatdir, ammo, yuqorida yozganimizdek, ular hozir ancha tushkun ahvolda va o‘z mamlakatining yorqin kelajagiga, hech bo‘lmaganda yaqin istiqbolda, anchagina shubha bilan qaramoqda, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Proizvodstvo zolota - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda oltinning erkin muomalasi yo‘lga qo‘yiladi

Ammo hozir, qayg‘uga va ba’zan vahimaga tushgan milliarder-moliyachilarining qatoriga o‘z mijozlariga xavf-xatarlarga monetar emas, balki iqtisodiy nuqtayi nazardan e’tibor qaratishga maslahat berayotgan bankirlar ham qo‘shilishdi. Federal zaxira tizimi va uning dollar bosma uskunasining iqtisodiy inqirozga qarshi kurashi muvaffaqiyatli ko‘ringaniga qaramay, Amerikaning JPMorgan va Goldman Sachs kabi nufuzli banklari o‘z mijozlariga dollarlarga emas, balki oltinga investitsiya qilishni tavsiya qilishni hoxlamoqdalar.

Va gap sariq metall to‘satdan qandaydir darajada o‘ta jozibador bo‘lib qolganida emas (uning fizik xususiyatlari va “barqaror valyuta” sifatida tan olinishi – muddatsiz ko‘rsatkich), balki koronavirus bahonasida global iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar fonida, shuningdek, keyingi yillarda butun dunyo yashashiga to‘g‘ri keladigan shiddatli geosiyosiy notinchlik sharoitida, Amerika bankirlari uchun Amerika prezidentlarining portretlari chizilgan yashil qog‘ozlardan ko‘ra oltin zaifsizroq ko‘rinadi.

Yevropa o‘z oltinini Angliya bankidan olib chiqa boshladi

Bloomberg biznes axborot agentligi chop etigan JPMorgan bankining analitik tadqiqotida butun dunyo valyutalariga nisbatan bunday munosabatning eng yangi namunasi keltirilgan: "JPMorgan Chase & Co. fikriga ko‘ra, dunyoda misli ko‘rilmagan pul va moliya choralari, yanada sust uzoq istiqbolli o‘sishga va  oltin narxini qo‘llab-quvvatlagan xolda, valyuta qadrsizlanishiga olib keladi "

Bank tahlilchilarining fikriga ko‘ra, dunyo valyutalari ommaviy devalvatsiyaga duch kelishi sharoitida dollar so‘nggi navbatda zarar ko‘radi, va bu mantiqan mos, ammo ular mijozlarga asosiy aktiv sifatida dollarni emas, balki ushbu yoqimsiz ssenariyda yuqori darajadagi qiymatni saqlab qoladigan oltinga ishora qilishmoqda. Bank gapirib o‘tgan misli ko‘rilmagan moliyaviy va kredit chora-tadbirlar bu aynan G‘arb mamlakatlarining budjet tanqisligi va hukumat qarzi darajasining pasayib ketishi ko‘rinishidagi qiyinchiliklarida iqtisodlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlardir. Ajablanarlisi shundaki, G‘arbning ilg‘or iqtisodchilari bu choralar hech qanday jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelmasligiga ishonishadi. Biroq, bankirlar ushbu bahoga yaqqol qo‘shilmasligini ko‘rsatmoqdalar.

Novosibirskiy affinajniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi – ekspert

Darvoqe, Amerikaning yana bir nufuzli bankida, mart oyining oxirida, oltin hozirga qaraganda o‘n foizga arzonroq bo‘lganida, sariq metallga sarmoya kiritishga katta qiziqish uyg‘ondi. Undi Financial Times ochiqchasiga shunday yozdi: " Goldman Sachs mijozlariga oltin sotib olish vaqti kelganligini aytmoqda".

Ta’kidlash joizki, bankirlar nafaqat inflyatsion, balki dollar va Amerika moliya tizimining zaifligi bilan bog‘liq geosiyosiy xavflarni ham ko‘rmoqda. Xuddi shu JPMorgan shuni ta’kidlamoqdaki, hozirda AQShning xalqaro maydondagi raqobatchilari va raqiblari moliyaviy sektorda Amerika gegemonligiga tahdid soluvchi texnologik imkoniyatlarga ega.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

Bloomberg dollar va sanksion tahdidlar baholashlariga iqtibos keltiradi: "JPMorgan Chase & Co. ga ko‘ra, markaziy bankning raqamli valyutalar g‘oyasi kuchayib borgani sari, AQSh ham ushbu vaziyatga e’tibor qaratishi kerak – aks holda ular geosiyosiy hukmronligining asosiy jihatini yo‘qotish xavfi ostida qoladi. "Raqamli valyutaning vayron qiluvchi potensialidan AQShdan ko‘ra hech qaysi mamlakat ko‘proq yo‘qota olmaydi", - deya ta’kidlashadi o‘z tahliliy hisobotida foiz stavkalari strategiyasi yo‘nalishi rahbari Djosh Yanger va Amerika iqtisodiyoti bo‘yicha bank yetakchi mutaxassisi Maykl Feroli. Xamma narsa birinchi navbatda AQSh dollar gegemoniyasi atrofida aylanmoqda. Xalqaro savdo va xizmatlarda ishlatiladigan xalqaro zaxira valyutasi va almashinuv vositasining chiqarilishi katta avzalliklarni beradi".

Zoloto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?

Bank tahlilchilari eslatadi, agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi "raqamli yuan" va "raqamli yevro" texnologiyalarini (ya’ni mavjud valyutalar ekvivalenti, ammo an’anaviy bank tizimidan tashqarida ishlaydigan - ma’lum markaziy bank yoki ularning vakolatli tuzilmalari bazada mavjud bo‘lgan elektron hamonlarga asoslangan holda ishlaydigan) yaratishda muvaffaqiyat qozonsa, Yevropa Ittifoqi ham, Xitoy ham xalqaro savdoda dollarlarni siqib chiqarish uchun jiddiy harakatlar qilishlari xavfi mavjud. JPMorgan tahlilchilarining ta’kidlashicha, hatto bunday raqamli valyutalarning SWIFT tizimiga ehtiyoji yo‘qligi (undan uzib qo‘yishni AQSh geosiyosiy raqiblarga qarshi sanksiya sifatida ishlatadi), bu Amerikaning sayyoradagi moliyaviy ustunligiga katta muammodir. Ta’kidlab o‘tamiz, ushbu ssenariyda nafaqat Vashingtonning diplomatiyasi imkoniyatlari, balki dollarga bo‘lgan talab ham zarar ko‘radi. Garchi AQSh iqtisodiyoti (sotib olish qobiliyati pariteti bo‘yicha, 2019-yil uchun Statista ma’lumotlari) dunyo iqtisodiyotining atigi 15 foizini tashkil etadi, dollar esa xalqaro savdoning yarmidan ko‘pida ishlatildi, AQSh valyutasiga bo‘lgan talab "tabiyatan asoslangan" past nuqtasigacha yetgunicha ancha uzoq pasayib boradi. Bu muammo ertagayoq ro‘yobga chiqadi degani emas, lekin agar "raqamli" yevro va yuan tahdidi Amerikaning yirik bankining e’tiborini jalb qilgan bo‘lsa, demak, bu yerda muammo borligi shubhasiz va u anchagina jiddiydir.

Ekonomicheskiy ekspert Anton Shabanov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston nega bu qadar ko‘p oltin sotmoqda - iqtisodchi fikri

Taqdirning istehzosi: kelajakda dunyo inflyatsion zarbasidan eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin bo‘lganlar (ya’ni oddiy amerikaliklar va boshqa mamlakatlardagi o‘z omonatlarini dollarda saqlashni yoqtiradiganlar) xavflar haqida ohirgi navbatda bilib qolishadi. Forbes nashri Goldman Sachs badavlat mijozlari bilan "inflyatsiya, oltin va bitkoin" mavzusida maxsus selektor majlisini o‘tkazayotganini ma’lum qildi, ammo oddiy odamlar uchun bu yig‘ilishga qo‘ng‘iroq qilish imkoni yopiq.

Biroq, AQShning ko‘plab geosiyosiy raqiblariga amerikalik bankirlarga quloq solishlari shart emas - ular o‘zlari barcha xavflarni oldindan hisoblab chiqdilar. Shu sababli Amerika bosmaxonasining "virusli" ishga tushirilishi va "raqamli yuan" bilan Xitoyning birinchi tajribalari bilan, markaziy banklar, shu jumladan, hatto AQShning ba’zi ittifoqchilarining markaziy banklari ham oltin sotib olishni yoki chet ellarda saqlanadigan quyma oltinni repatriatsiya qilishni boshladilar. Jahon moliyaviy tizimining qayta sozlanishi qachon va qaysi shaklda yuz berishini oldindan aytish qiyin, ammo yirik geosiyosiy ishtirokchilar allaqachon bunday qayta sozlashlarga faol tayyorgarlik ko‘rayotganliklariga hech ham shubha qilib bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0