Yevropa o‘z oltinini Angliya bankidan olib chiqa boshladi

Obuna bo‘lish
Yer yuzida biror kor hol sodir bo‘lsa - biz bir gramm ham oltin ko‘rmaymiz – davlatlar o‘z oltinini Angliya bankidan olib chiqa boshladi.

TOShKENT, 4 dek  - Sputnik. Amerikalik jurnalistlar yangi trendni payqashdi – aksariyat sharqiy Yevropa davlatlari Britaniya bankida bir asr davomida saqlanib kelayotgan oltinlarini olib chiqib keta boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kolumnisti Ivan Danilov.  

Novosibirskiy affinajniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi – ekspert

Bloomberg yozishiga qaraganda – bunga Rossiya “aybdor”, chunki birinchi bo‘lib ana shunday trendni Rossiya boshlab bergan edi. Ko‘pchillik buni dunyo valyuta tizimida barqarorlik yo‘qolishi va dollar hamda yevroning kuchsizlanishi deb baholadi.

Ayrim tahlilchilar fikriga ko‘ra, ushb tendensiya dunyoni ulkan masshtabli geosiyosiy tebranishlar kutayotganidan darak beradi, biror kor hol yuz bersa London yoki Nyu York birjalari ulardan dollar yoki yevro emas oltin talab qiladi deb hisoblashadi. Shuning uchun o‘z oltiningizni o‘z markaziy banklari podvalida saqlagan ma’qul deb bilishadi.

Rossiya birinchilardan bo‘lib Angliya bankidan o‘z oltinlarini olib chiqib ketishni boshlagan edi. Bugungi kunda Rossiyaning oltin-valyuta rezervlarida valyutalar miqdori keskin kamaytirilib qimmatbaho metallar miqdori oshirilmoqda. Va ushbu boyliklar xorijda emas Rossiya Markaziy bankida saqlanmoqda.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Oltin ko‘p, u bizga hech qanaqa pul keltirmaydi - Moliya vaziri o‘rinbosari

Bloomberg yozishiga ko‘ra, Rossiyaning “Oltin strategiyasi” - yirik iqtisodga ega bo‘lgan davlat dollardan voz kechsada o‘zini “juda yaxshi his qilayotganini” butun dunyoga ko‘rsatdi.

Endi bo‘lsa ushbu “Oltin vasvasasi” Yevroittifoqning boshqa davlatlarini ham qamrab olgan. Ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llash kutilmayotgan bo‘lsada, ushbu davlatlar o‘z oltinlarini global xavflardan himoya qilish maqsadida uyiga qaytarmoqda.  

“Shu haftaning o‘zida Polsha hukumati 100 tonna oltinni vataniga qaytarishni yakunladi. Vengriya ham oltin zahiralarini miqdorini oshirmoqda”, - deb yozadi Bloomberg.

Shu bilan bir vaqtda Slovakiyaning sobiq bosh vaziri Robert Fitso yaqinda bir muhim mulohaza bildirgan edi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

“Ba’zan G‘arbiy hamkorlaringiz  sizga pand berishi mumkin. <…> Ishonchim komilki, Yer yuzida biror kor hol sodir bo‘lsa - biz bir gramm ham oltin ko‘rmaymiz.”, - degan edi Fitso Angliya banki siyosiy qarashlar tufayli Venesuela hukumatiga tegishli oltinni qaytarishdan bosh tortganini eslab.

Vengriya prezidenti “millat boyligi xavfsizligini oshirish” maqsadida oltinlarni olib chiqib ketayotganini aytgan edi.

Serbiya prezidenti Vuchich ham oltin zahiralarini oshirishga qaror qilganini xabar qilgan va “Biz dunyoda krizis qaysi tomonga harakatlanayotganini ko‘rib turibmiz”, degan edi.

Novosibirskiy affinajniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oltin eksporti 60 %ga oshdi

Yaqinda Niderland ham o‘zining 122 tonna oltinini Londondan olib chiqib ketdi. O‘shanda Niderland Markaziy banki “agar dunyoda monetar tizimni qayta tashkillashtirish boshlansa, oltin zahiralari dunyo valyuta tizimni tiklashga asos bo‘lishi mumkin”, - degan edi.

Shu o‘rinda amerikalik taniqli milliarder Rey Dalio yaqinda dollar va dollar majburiyatlari AQSh budjet siyosati va Fedrezerv xatolari tufayli barbod bo‘lishi mumkin, - degan edi va moliyachilarning mashhur iborasini esga olgandi: “Oltin – bu egalik qilish mumkin bo‘lgan va hech kimning qarzi bo‘lmagan - yagona aktivdir”.

Yangiliklar lentasi
0