Moskva AQSH gipertovushli qurolni sinovdan oʻtkazish niyati yuzasidan hech qanday muammoni koʻrmaydi, dedi TIV Yadro qurolini tarqatqalmasligi va uning ustidan nazorat qilish departamenti direktori Vladimir Yermakov.
“AQShda gipertovushli qurol bir necha oʻn yillar davomida ish olib borilgan. Tabiiyki, Rossiya bu borada katta yutuqlarga erishdi degan baholar paydo boʻlgandan soʻng, AQSH jarayonlarni tezlashtira boshladi. Bu normal holat, hech qanday alohida muammolar boʻlmasligi kerak”, - dedi Yermakov.
Avvalroq, AQSH Mudofaa vazirligi gipertovush rivojlanish boʻyicha direktor oʻrinbosari Mayk Uayt Vashington 2020 yil oʻrtalarida gipertovush qurollarni ushlaydigan qurolni sinovlarini oʻtkazmoqchi ekanligini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, Pentagon allaqachon loyihalardan prototip nusxalarga oʻtdi va keyingi bosqichda mavjud qurol tizimlarini sotib olish boʻladi.
Sputnik radiosi efirida siyosatshunos, harbiy ekspert, strategik vaziyatlar markazi direktori Ivan Konovalov AQSH rejalari nima sababdan Rossiya uchun muammo emasligini aytdi.
“Bu jarayon toʻxtovsiz, yetakchi davlatlar oʻz mudofaa qobiliyatlari taʼminlash maqsadida eng maqbul deb hisoblagan qurol turlari va jangovar tizimlari ustida ish olib borish huquqiga ega. Gipertovushli qurol - hozirda eng muhim trend hisoblanadi. Moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan har kim bu bilan shugʻullanmoqda. Birinchi navbatda Rossiya, u hammani ortda qoldirdi, amerikaliklar yetib olishga qaror qildilar. Xitoy va boshqa davlatlar bu yoʻnalishda ishlamoqda. Buni toʻxtatib boʻlmaydi. Bajarish mumkin boʻlgan yagona narsa - raqibni orqada qoldirish uchun yaxshiroq tizimni yaratish. Aslini olganda, biz shuni qilamoqdamiz”, - deydi Konovalov.
2018 yilda Federal Kengashiga yoʻllagan murojaatnomasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin gipertovushli qurollar – “Avangard” va “Xanjar” komplekslarini tanishtirdi.
Keyinchalik “Tsirkon” gipertovushli raketa ishlab chiqarish ustida ish olib borilayotgani haqida maʼlum boʻldi.
AQSH prezidenti Donald Tramp, oʻz navbatida, AQShning juda koʻp "super raketalari" borligini taʼkidlangandi, ammo ilgari bu faqat gipertovushli qurol ishlab chiqish haqida soʻz yuritilgan.