AQSh ochiq osmon shartnomasidan chiqishini e’lon qildi

© Sputnik / Eva Mari Uskategi / Mediabankka o‘tishPredvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami
Predvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shartnoma 2002-yildan beri amal qilib keladi va ishtirokchi davlatlarga bir-birining qurolli kuchlari va o‘tkazayotgan tadbirlari to‘g‘risida ochiq ma’lumotlarni to‘plash imkoniyatini beradi.

TOShKENT, 22-may - Sputnik. Prezident Donald Tramp AQSh ochiq osmon bo‘yicha shartnomadan chiqishini ma’lum qildi. Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Moskva ushbu kelishuvga rioya qilmagan.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston
Tramp BSSTga ultimatum e’lon qildi

"Menimcha, Rossiya bilan munosabatlarimiz juda yaxshi, ammo Rossiya (shartnomaga - tahr.) rioya qilmadi", - deb bayonot bergan Tramp.

"Shu bois, ular rioya qilmaguncha, biz chiqib turamiz. Ammo yangi shartnomaga erishish yoki ushbu shartnomani qaytarish uchun biron bir ish qilishimiz uchun juda yaxshi imkoniyat bor", - deya qo‘shimcha qilgan Amerika yetakchisi.

Davlat kotibi Mayk Pompeo, o‘z navbatida, AQSh olti oydan keyin shartnomadan chiqib ketishini aytdi. Shuningdek, u Rossiya ushbu shartnomaga "rioya qilishga qaytgan taqdirda" Oq uy ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini ta’kidladi.

Vashington da’volari

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh va shartnomaning boshqa tomonlaridan farqli o‘laroq, "yillar davomida shartnomani turli yo‘llar bilan namoyishkorona va doimiy ravishda buzib kelgan".

Strelba iz zenitno-raketnogo kompleksa. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh SSSR bilan imzolangan raketalar haqidagi shartnomadan chiqishini e’lon qildi

Xususan, Pompeo Rossiyani "o‘zi xohlagan paytda" shartnoma bo‘yicha parvozlarga ruxsat bermaganligida yoki cheklaganligida aybladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva o‘zining Abxaziya va Janubiy Osetiya bilan chegaradosh bo‘lgan o‘n kilometrlik koridorda kuzatuv parvozlarini amalga oshirishdan bosh tortdi va "ushbu anklav yirik harbiy potensial joylashtirilgan hududi bo‘lib qolganiga" qaramay, "noqonuniy ravishda Kaliningrad bo‘ylab parvozlarga cheklovlarni o‘rnatdi".

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2019-yilda AQSh va Kanadaga yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan hudud bo‘ylab birgalikda parvoz qilishga ruxsat bermadi.

Rossiya hech narsani buzmadi

Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Grushko RIA Novostiga bergan intervyusida Moskva tomonidan Shartnomaning buzishi holatlari bo‘lmaganligini aytdi va Moskva "ushbu fundamental kelishuvdan chiqishga ba’zi texnik sabablar mavjudligi bilan o‘zini oqlashga" urinishlarni rad etadi.

"AQSh bugungi kunda Rossiya tomonidan qandaydir qoidabuzarliklar sifatida taqdim etishga harakat qilayotgan ushbu texnik muammolarni muhokama qilishni davom ettirishga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi", - dedi Grushko.

Uning ta’kidlashicha, muloqotni davom ettirish uchun shartnomadan chiqish shart emas, ammo chiqish paytida texnik muammolarni hal qilish imkonsiz bo‘ladi.

Diplomatning ta’kidlashicha, DON (Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma-tahr.) 20-yildan ko‘proq vaqt davomida Yevropada tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlab kelgan va "barcha elementlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan harbiy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi bo‘lgan".

"Buzish - qurish degani emas".

Rossiyaning Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanov RIA Novosti-ga AQSh chiqib ketmoqchi bo‘lgan ochiq osmon bo‘yicha Shartnoma yigirma yil davomida harbiy sohada yuqori darajadagi ishonchni berdi.

" Buzish - qurish degani emas. Shartnoma yigirma yil davomida amal qildi va transatlantik mintaqada transparentlikni, harbiy sohaga ishonchning yuqori darajasini ta’minladi", - dedi u.

AQSh Rossiyaga SNV-3 shartnomasini uzaytirish bo‘yicha yangi shart qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga SNV-3 shartnomasini uzaytirish bo‘yicha yangi shart qo‘ydi

"Ammo chiqib ketish qarori, Qo‘shma Shtatlarning qurol-yarog‘ nazorati bo‘yicha "yangi davr" haqidagi tezisini tushuntirishga o‘xshaydi. Ko‘rinishidan, "yangi davr" hech qanday nazoratning yo‘qligini anglatadi. Bularning hammasi achinarli", - deya qo‘shimcha qildi Ulyanov.

Javob rejasi tuzilgan

Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiyning ta’kidlashicha, Rossiya AQShning Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqib ketishiga javob berish rejasi bor, milliy xavfsizlikni himoya qilish maqsadlariga muvofiq choralar ko‘riladi.

"Albatta, Rossiyaning DON bo‘yicha Amerika qadamlariga javob berish rejasi bor, garchi shartnoma ko‘p qirralilik hususiyatiga ega. Aminmanki, biz milliy xavfsizlikni himoya qilish maqsadlariga to‘la mos ravishda muvozanatlashtirilgan qaror qabul qilamiz", - dedi Sluskiy jurnalistlarga.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning yangi qurollari SNV-3 shartnomasiga kiritilmaydi

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning ochiq osmon bo‘yicha shartnomadan chiqish to‘g‘risidagi qarori destruktiv va Yevropadagi harbiy xavfsizlik tizimiga tahdid soladi.

"AQShning ochiq osmon shartnomasidan chiqishi bu Yevropa qit’asida harbiy xavfsizlik tizimini xavf ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan destruktiv qarordir. Bu AQSh ma’muriyatining DRSMD shartnomasini qulashidan keyin qurollarni nazorat qilish borasidagi asosiy bitimlarni yo‘q qilishdagi yana bir qadami", - dedi u.

Sluskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ochiq osmon shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatda Rossiyaga qarshi ayblovlar avval ishlatilgan qoliplar asosida shakllantirilmoqda.

Barcha shartnomalarning qulashi

Jamoat palatasi kotibining o‘rinbosari Sergey Ordjonikidzening fikriga ko‘ra, AQShning amaldagi ma’muriyati qurollarni cheklash bo‘yicha barcha xalqaro shartnomalarni bekor qilish bo‘yicha ish olib bormoqda".

Zapusk krilatix raket - Sputnik O‘zbekiston
G‘irrom o‘yini yoki qurolsizlanish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni buzish kimga kerak

Uning fikricha, AQSh rahbariyati xalqaro xavfsizlik nuqtayi nazaridan katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda.

"Bunday qadam yangi qurol poygasining bo‘sag‘asi bo‘ladi", - dedi mutaxassis "Izvestiya" gazetasi bilan suhbatda.

Uning ta’kidlashicha, DON SNV-3 shartnomasi bilan chambarchas bog‘liq, uning muddati 2021-yil fevralda tugaydi va hozirda uning muddatini uzaytirish masalasi shubha ostida qolmoqda.

Ochiq osmon shartnomasi

Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma 1992-yilda imzolangan va sovuq urushdan keyin Yevropada ishonchni mustahkamlash choralaridan biri bo‘lgan. Bitimni 34 davlat imzolagan.

Shartnoma 2002-yildan beri amal qilib keladi va ishtirokchi davlatlarga bir-birining qurolli kuchlari va o‘tkazayotgan tadbirlari to‘g‘risida ochiq ma’lumotlarni to‘plash imkoniyatini beradi.

Yangiliklar lentasi
0