Rossiyaning yangi qurollari SNV-3 shartnomasiga kiritilmaydi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat”
Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiya Kengashi yangi qurollarini strategik hujum qurollarni qisqartirish shartnomasiga kiritilmasligini tasdiqladi.

TOShKENT, 10-mart - Sputnik. Federatsiya Kengashining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Konstantin Kosachev Davlat Departamentining Rossiyada ishlab chiqilayotgan qurollarini strategik hujum qurollarni qisqartirish shartnomasiga (SNV-3) kiritish haqidagi taklifini tanqid qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Dushanba kuni Vashingtonda Rossiya qurollarining qay biri, ularning fikriga ko‘ra, 2021-yil boshida tugaydigan SNV-3 shartnomasiga qo‘shilishi kerakligini aytishdi. Boshqa qurollar qatorida, Poseydon yadroviy dvigatelli suv osti apparati, yadroviy qurol bilan qurollangan qanotli raketa va havodan uchiriladigan ballistik raketa haqida so‘z yuritildi.

"Davlat Departamentining bayonotida, men bilishimcha, Rossiyaning barcha yangi qurollarining turlari, shu jumladan ishlab chiqilayotgan va xizmatga qabul qilinmaganlarining ham ro‘yxati keltirilgan. Bunday to‘liq tugatilmagan ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlariga cheklashlar, u Rossiyaniki bo‘lsin yoki AQShniki, umuman istisno qilinadi va hozir ham, kelajakda ham muhokama qilinmaydi”, - deya izoh berdi RIA Novostiga Kosachev.

Senator ta’kidlashicha, SNV-3-ni uzaytirish "mumkin va maqsadga muvofiqdir va buning uchun yetarli vaqt bor". Ammo, kelishuvni o‘zgartirishga vaqt qolmadi, deya qo‘shimcha qildi u.

SNV-3 shartnomasi

Strategik hujum qurollarni qisqartirish shartnomasi (DSNV-3) 2010-yilda imzolangan va 2011-yil 5-fevralda kuchga kirgan.

Ushbu hujjat Rossiya va AQSh o‘rtasidagi qurollarni cheklash to‘g‘risidagi yagona shartnoma bo‘lib qolmoqda. Shartnoma muddati 2021-yil fevralida tugaydi. Avvalroq, Tramp Rossiya, Xitoy va AQSh o‘rtasida yangi uch tomonlama yadroviy bitimni ishlab chiqish istagi haqida gapirgandi. Pekinda bu fikr rad etildi.

Shartnomada tomonlarning har biri o‘zlarining yadroviy arsenallarining yetti yil va undan keyin ham umumiy soni 700 ta qit’alararo ballistik raketalar, suv osti kemalari va og‘ir bombardimonchilardagi ballistik raketalar, shuningdek, 1550 ta jangovar kallalari va 800 ta joylashtirilgan va joylashtirilmagan zarba qurilmalaridan oshmagan darajada bo‘lishini nazarda tutilgan.

2018 yil 5-fevral Rossiya va AQSh SNV-3 ko‘rsatkichlariga erishadigan muddat edi.

Yangiliklar lentasi
0