G‘irrom o‘yini yoki qurolsizlanish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni buzish kimga kerak

Obuna bo‘lish
Yuta olmayapmizmi,  demak o‘yin qoidalarini almashtiramiz - xalqaro strategik xavfsizlik shartnomalari nima sababdan buzilayotgani haqida.

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. Huquqshunos va tashqi siyosat magistri Olga Suxarevskaya Xalqaro strategik xavfsizlik shartnomalari nima sababdan buzilayotgani haqida. 

O‘rta va yaqin masofa raketalari haqidagi shartnoma

Strategik qurollarni kamaytirish borasida dunyoda birinchi imzolangan shartnoma bu “Yadroviy qurolni atmosferada sinovdan o‘tkazishni ta’qiqlash haqidagi shartnoma” bo‘lgan edi. U 1963-yilda Buyuk Britaniya, Sovet Ittifoqi va AQsh tomonidan imzolangan. Undan so‘ng yana bir necha shartomalar imzolangan. Ulardan ayrimlagi haligacha amal qilmoqda, boshqalari o‘z kuchini yo‘qotgan.

Strelba iz zenitno-raketnogo kompleksa. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh SSSR bilan imzolangan raketalar haqidagi shartnomadan chiqishini e’lon qildi

Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan 1987-yilda imzolangan O‘rta va yaqin masofa raketalarini qisqartirish (DRSMD) haqidagi shartnomaning bekor qilinishi eng katta shov shuvlarga sabab bo‘ldi. Ushbu shartnomani imzolashga AQShning Yevropada Sovet Ittifoqining Yevropa qismiga qarshi yo‘naltirilgan raketalarni joylashtirishi va Sovet Ittifoqining Yevropaga qarshi qaratilgan raketalarini joylashtirish sabab bo‘lgan edi.

DRSMD shartlariga ko‘ra, AQSh va SSSR uchish masofasi 500dan 5000 km gacha bo‘lgan raketalarni ishlab chiqarish ta’qiqlanar edi. Ular jumlasiga harbiy dengiz kuchlari tomonidan qo‘llaniladigan, qanotli raketalar ham kiritilgan edi. Masalan amerikaning “Tomogavk” raketalari O‘rta yer yoki shimoliy dengizlardan uchirilishi mumkin edi.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Putin raketalar bo‘yicha o‘ta muhim farmonni imzoladi

AQSh Rossiyani asossiz ayblagan holda 2019-yilning 1-fevralida DRSMDdan chiqishi haqida e’lon qildi. AQSh aybloviga ko‘ra Rossiya 9M729 rusumli “Iskander” qanotli raketasini ishlab chiqishi bilan ushbu shartnomani buzgan. AQShning o‘zi bo‘lsa bundan ikki yil oldin 1000km masofagacha zarba bera oladigan, samolyotlarga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan qanotli raketalar ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratgan.

AQShning ushbu qadamiga qarshi Rossiya DRSMD shartnomasida o‘zining itirokini rasman to‘xtatdi. AQSh harakatlariga qarama-qarshi teng javob sifatida Sergey Lavrov Rossiya ham o‘rta va yaqin masofaga zarba bera oladigan raketalar ishlab chiqarishni boshlaganini e’lon qildi. Lekin Rossiya ushbu raketalarni amerika raketalari Yevropada paydo bo‘lmaguncha hech qayerda joylashtirmasligini e’lon qildi.

“Ochiq osmon”

Endi bo‘lsa AQSh tashabbusi bilan yana bir xavfsizlik shartnomasi o‘z kuchini yo‘qotish arafasida turibdi. “Ochiq osmon” shartnomasi maxsus jihozlangan samolyotlarning o‘zga davlat hududi ustidan nazorat parvozlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu shartnomaga a’zo davlatning harbiy faoliyatini nazorat qilib turish maqsadida amalga oshiriladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp yadroviy qurolsizlanish evaziga Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlashga tayyor

AQSh ustidan parvozlarni ta’qiqlashga Rossiya tomonidan yangi uskunalar bilan jihozlangan ikki samolyotni sertifikatsiya qilish borasida yuborgan murojaatnomasi bo‘ldi. Amerikalik kongressmenlar ushbu parvozlarni “milliy manfaatlarga zarar yetkazuvchi josuslik parvozlari” deb topishdi. “Ochiq osmon” shartnomasidan chiqish bo‘lsa aynan AQSh uchun qulaydir. Chunki AQSh ushbu shartnomadan chiqmagan boshqa NATO davlatlari manbaalaridan foydalanib Rossiya hududini kuzatishda davom etishi mumkin. Rossiya bo‘lsa bunday qila olmaydi. Sputniklar orqali ma’lumot olish mumkin albatta, lekin unda nazorat to‘liq bo‘lmaydi.

Yuta olmayapmizmi,  demak o‘yin qoidalarini almashtiramiz - shunaqami?

Qanday shartnomalar qachon imzolangani va qanday sharoitda ular bekor qilinganini o‘rganib chiqqan holda bir narsani anglash mumkin: AQSh va uning hamkorlari biror sohada ustunlikka erisha olmaganda, muzokaralar muvaffaqiyatga erishar. SSSR yoki Rossiya texnik ustunlikdan mahrum bo‘lib AQSh oldinga o‘tib ketsa – shartnomalar tamom deyavering. DRSMD bunga yaqqol misol.   

Endi bo‘lsa gipertovushli qurol-yarog‘ni BMT orqali ta’qiqlashga urinishlar bo‘lmoqda, chunki bu sohada AQSh Rossiyadan orqada qolib ketdida. AQSh ana shunday qurol yaratgan zahotiyoq ushbu ta’qiq bekor qilinishiga ham shubha yo‘q.

Bularning barchasi anekdotdagi yuta olmagach, o‘yin qoidalarini o‘zgartirishga harakat qiladigan djentlmenga o‘xshaydi.

SNV-3 yoki xalqaro xavfsizlik qoldiqlari

Bugun Rossiya va AQSh orasida qurol-yarog‘ni cheklash borasida amal qilayotgan yagona  shartnoma bu  - Strategik hujum qurollarini qisqartirish haqidagi shartnomadir (SNV).

Tungi Kreml, Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya savdolashmaydi - qurolsizlanish va sanksiyalar orasida aloqa yo‘q

Faqat ushbu shartnomalarni saqlab qolish yadro-raketalar sohasida mulaq nazoratni yo‘qotishni oldini olish mumkin.

“AQSh bosqichma-bosqich dunyoda oddiy va yadroviy qurollar sohasidagi barcha cheklovlarni, olib tashlashga harakat qilmoqda, - deb hisoblaydi harbiy ekspert Boris Rojin. DRSMDdan chiqqandan keyin 2021-yilda “SNV-3”ni ham to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. AQSh ushbu shartnomani to‘xtatish yoki AQSh Rossiya bilan Xitoyga  shartnomani butunlay yangilashni taklif qilishi haqida xabarlar turli darajalarda aytilmoqda”.

Rojin aytishiga ko‘ra, AQShning bunday harakatlari oqibatida xalqaro xavfsizlik tizimi butunlay buzilib ketishi mumkin.  

Ushbu vaziyat Rossiyani ham xavotirga solmoqda, dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov. Uning fikriga ko‘ra, bugungi vaziyatda SNV-3 shartnomasini uzaytirish strategik barqarorlikni saqlab qolish, yadro-raketa quroli sohasida nazoratni saqlab qolish uchun va uning yangi uslublarini topguncha amalga oshirilgan yagona aqlli ish bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0