Yuzsizlik jazolanishi kerak: Xitoy AQShga qarshi sanksiyalar haqida o‘ylamoqda

© AP Photo/Andy WongFlagi SShA i Kitaya
Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Xitoyni "pandemiya uchun tovon to‘latishga majburlash" haqida hammaga eshittirib mushohada qilayotgan bir paytda, Xitoy Amerika yoki uning ba’zi vakillarini ... uchun jazolash haqida o‘ylamoqda

Eng qiziq joyi ham shu: aynan nima uchun? Ko‘rinib turibdiki, bema’ni ayblovlarni o‘zgalar zimmasiga yuklash va ayblanuvchidan pul talab qilishni odat tusiga aylantirgani uchun, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp tez orada koronavirus kelib chiqishini oshkor qilishga va’da berdi

Gap Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan ingliz tilidagi Xitoyning Global Times nashrida chop etilgan nashr haqida ketmoqda. Unda aytilishicha, Pekinning sabr-toqati tugab, haqiqatan ham jiddiy sanksiyalarni rejalashtirmoqchi ekanliklari haqida ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalariga qasddan sizdirib chiqarmoqda. hozircha - Amerika sudlariga Xitoy ustidan da’vo qilgan ikkita tashkilot va bir nechta shaxslarga qarshi sanksiyalarni.

AQShda ikkala siyosiy kuchning, ammo birinchi navbatda respublikachilarning targ‘ibot ayblovlari qanday paydo bo‘lganligi to‘g‘risida hikoya mavjud: virus - xitoyniki, laboratoriyadan chiqib ketib qolib va bu mamlakat hukumati dunyoga uning havfi haqida xabar bermagan, dalillarni yashirgan, bu esa dunyo va Amerikaga zarar yetkazdi. Keskinlashishning eng cho‘qqisida bu fikr quyidagicha tusga kiradi: Pekin ushbu virusni AQShga qarshi qurol sifatida yaratdi.

V Zabaykalye postupila test-sistema dlya opredeleniya antigena koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus hech qachon yo‘q bo‘lib ketmasligi ham mumkin - BSST

Ammo bu holda, gap tashviqot haqida emas, balki amaldorlarning aniq harakatlari haqida. Shunday qilib, Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmitt tovon puli talabi bilan, shtat nomidan XHR ustidan Amerika sudiga da’vo kiritdi. Va u yolg‘iz emas, yana beshta shunga o‘xshash da’vo bor. Shu jumladan bitta 20 trillion (milliard ham emas) dollarlik da’vo.

Senator Lindsi Gremning tomonidan kiritilgan Pekindan virus qayerdan kelib chiqqanligi va hukumat o‘zini qanday tutgani haqida "to‘liq hisobot" berishni talab qiluvchi federal qonuni ham mavjud. Agar hisobot bo‘lmasa, sanksiyalar joriy etilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, bir nechta shtatlarning qonun chiqaruvchilari federal markaz orqali amerikaliklar (shtatlar, kompaniyalar, shaxslar) shunga o‘hshash o‘zlari hohlaganicha behisob da’volariga to‘siqlarni chetlab o‘tishga imkon beruvchi boshqa loyihalarni ilgari surmoqdalar.

Xitoy nashri shuni, ularga (ruy berayotgan hodisalar "juda axloqsiz" kabi) g‘azabli bayonotlar va ramziy imo-ishoralar o‘rniga imkon qadar og‘riqliroq zararni qanday yetkazish kerakligi haqida mutolaa qiladi. Shunday g‘oyalar keladi: qonun loyihasi yoki sud tashabbuskorlaridan qaysi birining Xitoy bilan biznes aloqalariga ega bo‘lgan qarindoshlari borligini ko‘rish kerak. Butun shtat nomidan rasmiy harakatlarga kelsak ... xuddi o‘sha Missuri uchun, Xitoy Missuri tovarlari va xizmatlari eksporti bo‘yicha bo‘yicha dunyoda uchinchi hamkor bo‘lib, hajmi mos ravishda 1,1 va 0,775 milliard dollarga teng. Bundan tashqari, Xitoy kompaniyalari ushbu davlatga bir milliard dollardan ko‘proq sarmoya kiritib, 4500 ish o‘rnini yaratdilar. Qayta investitsiyalar ham mavjud, ular bilan esa Xitoy bilan munosabatda bo‘lishga qiziqish bildirgan ko‘plab mahalliy tadbirkorlar bor.

Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Islom ulamolari koronavirus haqida qanday fikrda

Bu yerda oldimizda ikki davlatning savdo urushi boshlanganidan beri uchinchi yil davom etayotgan suhbatning davomini tasvirlanmoqda. Uning mohiyati shundaki, "Trampgacha " dunyoning eng kuchli ikkita iqtisodiyoti shu darajada birlashdiki, bu aloqalarni uzish ikkalasiga ham zarar yetkazishini anglatadi.

Ammo Amerika karantinlar tufayli vayron qilingan va misli ko‘rilmagan ishsizlikka duchor bo‘lgan bir paytda Tramp haqiqatda to‘liq iqtisodiy ajralishni istasa unda farqi yo‘q - ajralishni tezlashtirish uchun aksil-Xitoy shaxslar va hatto ularning shtatlari aholisiga zarar yetkazish mumkin. To‘g‘ri, buni bir martadan ko‘p qilib bo‘lmaydi. Aslida bu zararni AQShda yanada ko‘lamliroq halokatlar fonida ko‘p ham sezishmaydi. Umuman olganda, namoyishkorona harakatlar bilanla cheklanib, noyabrdagi prezident saylovini kutish mantiqan to‘g‘riroq bo‘ladi. Mantiq shundan dalolat beradiki, saylovlardan keyin hech bir AQSh prezidenti dahshatli og‘zaki aralashuvlardan nariga borishni xohlamaydi.

Ammo bu voqeaning boshqa tomoni ham bor - dunyo tartibi va xalqaro huquqqa taaluqli. Gap shundaki, virusning xavfliligi to‘g‘risida "xabardor qilmaslik" haqidagi Xitoyga nisbatan ayblovlar, boshqa barcha ayblovlar singari, haqiqatdan yiroq. Ular haqiqatga yaqinlashtirishga harakat qilishmayapti ham.

Laboratoriya Invitro nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya koronavirusga qarshi emlashning "harbiycha" ssenariysini qo‘llashi mumkin

Masalan, "virus laboratoriyada ishlab chiqilgan va u yerdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan": ammo "Uxan R4" Xitoy-Fransuz laboratoriyasi viruslarni sintez qilish yoki modifikatsiya qilish uchun umuman jihozlari yo‘q va bu yerdan hech qanday sizib chiqishlar bo‘lmagan, buni Fransiya prezidenti devoni vakili va barcha mamlakatlar, shu jumladan AQSh, o‘nlab shifokorlari va boshqa mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan.

Ya’ni, dalil olinib, boshdan-oyoq o‘girilib - va ko‘zingizga betamizlik bilan qarab aytadilar: faktlar biz uchun qiziq emas. Va biz hech narsani isbotlamoqchi emasmiz. To‘langlar.

Juda tanish vaziyat, to‘g‘rimi? Malayziya "Boing"i, zaharlangan Skripallar va yaqindagina - bir flakon ritsinni Pragaga olib kirilishi va boshqalar. Va bu holatda "dalillar qani?" e’tirozi ularda juda bo‘lsa kulguni uyg‘otadi.

Ushbu kulgudan keyin – tovon to‘lab talab qiladigan da’vo arizalari, to‘lamasangiz - sizning davlat mulkingiz hibsga olinishi mumkin, har qanday mulki ham (aybdor sifatida qayd etilgan shaxslardan pul tortib olinishi mumkin).

Professor, zaveduyushiy otdelom Natsionalnogo issledovatelskogo sentra epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei Minzdrava RF Aleksandr Butenko - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va MOda koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qo‘rqish kerakmi - virusolog

Shu bilan birga, AQShda bitta yuridik yangilik ishlab chiqilmoqda. Amerikalik sudalarning ushbu masala bo‘yicha qarorlar qabul qilish orqali o‘z qonunlarini dunyo bo‘ylab tarqatishlari mumkinligiga samimiy ishonchlari bilan biz allaqachon tanishmiz. Ammo mamlakat qonunlarida hanuz tashqi suveren daxlsizlik akti (butun-boshli davlatlarga qarshi da’vo arizasi berishga taalluqli) kabi ahamiyatsiz narsa mavjud. Shunday qilib, AQShning bir necha qonunchilari bu aktda Nebraska yoki biron bir shtat ichkarisidagi biron bir sudyaga butun-boshli chet davlatini hukm qilishiga imkon beradigan tuzatish kiritishni taklif qilmoqdalar - bu holda faqat Xitoy, ammo keyin butun dunyoga.

Pekin bunday voqealar oqimiga qarshi turishga urinishi mumkin, ammo Amerikadagi xaosda hech qanday, shu jumladan Xitoycha, tartib o‘rnatib bo‘lmaydi degan taxminlar mavjud.

"Virusdan keyin nima bo‘ladi" mavzusidagi ko‘plab fikrlarda bitta aniq g‘oya bor: endi hech qanday yagona bir dunyo bo‘lmaydi - virus yoki boshqasi tufayli. Ya’ni, butun dunyo tomonidan qabul qilingan xalqaro huquq, xalqaro savdo yagona meyorlari, tibbiy xavfsizlikning yagona tizimi va boshqa ko‘pgina normalar bo‘lmaydi. Har xil kuch va ta’sir markazlari atrofida bir nechta tizimlar bo‘ladi. Hozirgi kabi barcha holatlarda bitta tizim boshqasiga zarar yetkazishga yoki uyaltirishga harakat qiladi - ammo buning uchun imkoniyat dastaklari yanada kamroq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0