TOShKENT, 15-may - Sputnik. Koronavirus OIV kabi, insonga xos bo‘lgan navbatdagi virusga aylanishi mumkin, deydi BSSTning favqulodda holatlar bo‘yicha dasturi rahbari Mayk Rayan, deb yozadi VVS.
"Bu virus endemik bo‘lib qolishi mumkin. U hech qachon yo‘qolmasligi mumkin. Hech qayoqqa yo‘qolib ketmagan OIV singari. Ammo biz uni nazorat qila oldik, terapevtik vositalarni topdik va endi odamlar bu virusdan unchalik qo‘rqmayapti. Odamlar OIV tashhisi bilan ancha vaqt yashaydi. Shuning uchun vaziyatga real qarash juda muhimdir. Biz virus ustidan g‘alaba qozonishga qancha vaqt kerakligini bilmaymiz", - dedi Maykl Rayan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning tarqalishini to‘liq nazoratga olish uchun insoniyatga kamida besh yil vaqt talab etiladi.
Rayanning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 100 dan ortiq potensial vaksinalar ishlab chiqilmoqda, ammo vaksinalari mavjudligiga qaramay, qizamiq kabi boshqa kasalliklar hamon yo‘q qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Djons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 4,3 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, vafot etganlar soni 300 mingga yaqinlashgan.
O‘zbekistonda kasallanganlar soni 2652 kishini tashkil etmoqda. 2136 kishi davo topdi. 11 kishi vafot etdi.