O‘zbekiston va MOda koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qo‘rqish kerakmi - virusolog

© Foto iz lichnogo arxiva Aleksandra ButenkoProfessor, zaveduyushiy otdelom Natsionalnogo issledovatelskogo sentra epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei Minzdrava RF Aleksandr Butenko
Professor, zaveduyushiy otdelom Natsionalnogo issledovatelskogo sentra epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei Minzdrava RF Aleksandr Butenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining N.F. Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi bo‘lim mudiri, professor Aleksandr Butenko epidemiyani bo‘ron bilan solishtirib, asosiy to‘lqindan keyin albatta sukunat bo‘lishini ta’kidladi.

Osiyo mamlakatlarining aksariyat qismida, shuningdek, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi pasaymoqda. Vaziyat juda jiddiy bo‘lgan Yevropada ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Biroq, bir qator mutaxassislar kasallikning ikkinchi to‘lqinini ham istisno qilishmadi.

Virusologning fikriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasini avvalgiday miqyosda to‘liq takrorlanishi haqida gapirishga hali erta, bunga olib keluvchi omillar mavjud emas.

"Biz epidemiya deyarli tugagan aksariyat davlatlarda vaziyat barqarorlashayotganini kuzatmoqdamiz. Markaziy Osiyo hududida ham keskin silkinishlar yo‘q. Hatto epidemiyadan aziyat chekkan Italiya va Ispaniyada ham statistika yaxshilanmoqda. Epidemiyani dengizdagi bo‘ron bilan solishtirish mumkin: oldin 6 ballik to‘lqin, keyin to‘qqizinchi deb ataluvchi to‘lqin va shundan keyin – kichikroq qoldiq to‘lqinlar va sukunat. Hech qanday ikkinchi to‘lqin yo‘q. U bir muncha vaqt o‘tib tugaydi", - deya ta’kidladi Butenko.

Batafsilroq Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.

Opasatsya li vtoroy volni koronavirusa v Uzbekistane i stranax SA — virusolog
Yangiliklar lentasi
0