TOShKENT, 6-may — Sputnik. Amerika hukumati koronavirus kelib chiqishiga oid surishtiruv ishlari natijalarini e’lon qilmoqchi.
“Biz muayan vaqt ichida bu haqda xabar qilamiz”, - deya Amerika prezidenti Donald Tramp so‘zlaridan keltirgan RT.
O‘tgan hafta Amerika yetakchisi virusning sun’iy ravishda kelib chiqishiga ishonchi komil ekanini ma’lum qilgan edi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh COVID-19ning Uxan laboratoriyasida paydo bo‘lgani haqidagi versiyani ko‘rib chiqmoqda. AQSh rahbari agar bu tasdiqlansa, Pekinga buning oqibatlari haqida tahdid qilgan edi.
Xitoy hukumati epidemiya boshlanishining ilk kunidan boshlab bu masalaga ochiq va mas’uliyat bilan yondashganini ta’kidlagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Amerikaning koronavirus kelish chiqishi haqidagi versiyasini o‘z manfaati uchun foydalanish deb atadi, zero Vashington hech qanday dalil taqdim etmagan.
Xitoyning Uxan shahridan tarqalgan koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab oldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus yuqtirib olganlar soni 3,5 millionga yetgan, 240 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Eng ko‘p kasallanganlar AQShda qayd etilgan. U yerda bir milliondan ortiq kishi COVID-19 bilan kasallangan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 70 mingga yaqin kishi ushbu kasallik qurboni bo‘lgan.