Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIga kuzatuvchi sifatida qo‘shilish O‘zbekiston islohotlariga salbiy ta’siri yo‘q – Qo‘chqorov

© Narodnoe SlovoDjamshid Kuchkarov
Djamshid Kuchkarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi sifatidagi ishtiroki xususida fikrlarini bildirdi.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi sifatidagi ishtiroki respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi savolga javob berdi.

Zamestitel ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Ilxomjon Ne’matov - Sputnik O‘zbekiston
YeOII masalasida G‘arb yoki Sharqga qarab qaror qabul qilsak, o‘zgarish bo‘lmaydi - Ne’matov

“Haqiqatdan ham, bu o‘rinli savol. Shuni ishontirib aytish mumkinki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga salbiy ta’siri yo‘q. Chunki birinchi navbatda o‘zingiz ham ko‘rib chiqayotgan qaror loyihasida O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlikda kuzatuvchi maqomi bilan ishtirok etmoqchi. Demak, O‘zbekiston ittifoqning barcha ishchi organlari faoliyatida ishtirok etishda bemalol fikr bildirish huquqiga ega bo‘ladi, faqat qaror qabul qilish jarayonida bundan mustasno. Umuman ochiq hujjat bo‘ladigan bo‘lsa, hammasi bilan tanishish imkoniyatiga ega.

Buning islohotlarga qanday ahamiyatga ega, demoqchi bo‘lsak, avvalambor shuni aytish kerakki, biz ko‘plab islohotlarni hammaning xabari bor, ma’lum ma’noda, ayrim shu mamlakatlarda orqada qolgan holda amalga oshirapmiz. Ular shu islohotlarni avvalroq qilgan. Ko‘p marta muhtaram davlatimiz rahbari ham aytib o‘tganlar, ancha vaqtni yo‘qotib qo‘ydik. Shuning uchun ma’lum ma’noda, o‘rganishimiz ham mumkin.

Ikkinchi tomondan qaraydigan bo‘lsak, ya’ni ertaga to‘laqonli a’zo bo‘lsak, mana shu islohotlarga ta’siri bo‘ladimi, deb aytadigan bo‘lsak, yo‘q. Bu ham qaytanga raqobatni kuchaytiradi. Biz ma’lum bir bozorlarda o‘z o‘rnimizni topishga majburmiz. Buning bitta-yu bitta yo‘li – iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini ta’minlash. Shuning uchun biror bir islohotlar uchun salbiy tomonlarini ko‘rmayapmiz. Buni ko‘plab ekspertlar aytapti”, - dedi Qo‘chqorov.

Qo‘chqorov investitsion loyihalar bo‘yicha tadbirlar salbiy ta’sir ostida qolmasligi uchun amalga oshiriladigan ishlar haqida gapirdi.

Zasedanie Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
"YeOII va boshqa masalalalar": Senatning to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

“Islohotlar bilan birga ko‘plab O‘zbekistonda investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda bir qator bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni belgilangan va x.z. Bu tadbirlar qandaydir salbiy ta’sirga tushmasligi uchun tarmoqlar bo‘yicha bo‘linib, qisqa, o‘rta va uzoq muddat davrgacha “otsrochkalar” olamizki, agar vaqti kelib a’zo bo‘ladigan bo‘lsak, bu davr ichida biz tegishli tarmoqlarda raqobatdoshligi oshirib, oyoqqa qo‘yib olamiz. Mana shular hisobiga qarab gapiradigan bo‘lsak, bizda bunday bir xavf – xatarga o‘rin yo‘q”, - deb ta’kidladi bosh vazir o‘rinbosari.

Hukumat vakili islohotlar borasida misol keltirdi.

“Birinchidan har qanday islohotni zaminida makroiqtisodiy barqarorlik turadi. Masalan, Yevropa Ittifoqi haqida gapiradigan bo‘lsak, unda hamma mamlakatlar budjet taqchilligini 3 foizdan oshirmaslik haqida kelishuvga kelgan. Demak, makroiqtisodiy barqarorlik bir indikatorlardan biri. YeOII xuddi shunday talabni qo‘ymoqda. Ya’ni ma’nosi yo‘q talab emas, makroiqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladigan talab. Aksincha, bizning islohotlarga xizmat qiladi.

Aksiz soliqlari haqida gapiradigan bo‘lsak, YeOII talablariga binoan qaysi tovarlarga ichki mahsulotlarga aksiz solig‘i qo‘llanilayotgan bo‘lsa import qilinayotganda, faqat shularga qo‘llanilishi kerak. Ular stavkalari ham bir xil bo‘lishi kerak. Bu talab nima, bizga qandaydir manfaatlarimizga zid-mi?, degan savol beradigan bo‘lsak? Bular ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan talab emas, bu xalqaro valyuta jamg‘armasining ham, jahon savdo tashkilotining ham talabi. Shuning uchun ikkita misoldan ko‘rinib turibdiki, bular hammasi YeOII ko‘plab iqtisodiy talablari ham o‘sha dunyoni katta qismida tan olingan, xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llanilayotgan talab va tartib-taomillaridan kelib chiqqan.

Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII kuzatuvchi davlatga keskin talablar qo‘ymaydi - huquqshunos

Shuning uchun yana bir karra hurmatli senatorlarimizga ishontirib aytaman, buni iqtisodiy islohotlarga salbiy ta’siri yo‘q. Qolaversa, muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bir necha marta aytganlar, O‘zbekiston o‘zining iqtisodiy siyosatini erkin amalga oshiradi, bu gap suverenitet yoki bir nima haqida emas, deb aytganlar”, - deb ta’kidladi Qo‘chqorov.    

Munozara yakunida senatorlar O‘zbekiston Respublikasining YeOIIda “kuzatuvchi davlat” maqomida ishtirok etish taklifini ma’qullashdi.

Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0