"YeOII va boshqa masalalalar": Senatning to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Obuna bo‘lish
Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 11-may - Sputnik. Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Senat: YeOIIda ishtirok etishni baholash uchun Rossiya va G‘arb tahlilchilari jalb qilingan

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Bugungi yalpi majlisda senatorlar O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqadi.

Hozirga qadar majlisda "Sog‘lom turmush" medali va "Salomatlik" ordenlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi yangi qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Endilikda "2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi, "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi.  

Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII kuzatuvchi davlatga keskin talablar qo‘ymaydi - huquqshunos

Yalpi majlisda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar mahkamasining, Ombudsman, Hisob palatasi, bosh prokuror va Markaziy bank boshqaruvi raisining 2019-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari eshitilishi ham nazarda tutilmoqda.

Yalpi majlis kun tartibiga hokimlar tomonidan qarorlar qabul qilinishida qonun hujjatlariga rioya etilishi holati yuzasidan Hukumatga parlament so‘rovi yuborish masalasi kiritilgan.

Prezidentning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash masalasi navbatdagi majlis kun tartibidan o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0