Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII masalasida G‘arb yoki Sharqga qarab qaror qabul qilsak, o‘zgarish bo‘lmaydi - Ne’matov

© Press-slujba MID UzbekistanaZamestitel ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Ilxomjon Ne’matov
Zamestitel ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Ilxomjon Ne’matov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatchining fikricha, O‘zbekiston izolyatsiyani davom ettiradigan bo‘lsa, raqobat bo‘lmaydi, hech qanday rivojlanish bo‘lmaydi.

TOShKENT, 11-may - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi maqomida a’zo bo‘lishini juda to‘g‘ri qadam deb biladi. Bu haqda bugun senatning to‘rtinchi yalpi majlisida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ma’lum qildi.

Yelena Kuzmina  - Sputnik O‘zbekiston
Kuzmina O‘zbekistonning YeOIIdagi maqomi haqida: bu foydali tayyorgarlik bosqichidir

Parlament yuqori palatasida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorligi masalasi "o‘ta muhim masala" sifatida juda qizg‘in muhokama qilindi.

So‘zga chiqqan TIV rahbari o‘rinbosari Ilhom To‘ychiyev O‘zbekistonning ma’lum bir davlat bilan yoki yangi tashkilot bilan munosabati - a’zo bo‘lishi yoki u bilan hamkorligi mamlakat siyosiy hayotida katta ahamiyatga egaligini e’tirof etib o‘tdi.

"Aytmoqchimanki, prezidentimiz ham 2019-yilgi murojaatnomasi davomida va boshqa yig‘ilishlarda ko‘p ta’kidladilarki, har bir bizni qilayotgan ishimiz ya’gi tashqi siyosatda birinchi navbatda bizning milliy manfaatimizdan kelib chiqishi kerak. Hozirgina Jamshid Anvarovich (bosh vazir o‘rinbosari Qo‘chqorovni aytapti, tahr.) ham aytdilar, suveren davlat sifatida har bir bosayotgan qadamimizda G‘arb nima derkin, Sharq nima derkin deyiladigan bo‘lsa, hech narsaga erishmaymiz. Shuning uchun suveren davlat sifatida o‘zimizni birinchi galda milliy manfaatimizdan, siyosiy manfaatimizdan, iqtisodiy manfaatimizdan, madaniy manfaatimizdan kelib chiqishimiz kerak. G‘arb yoki Sharqqa qarab o‘tirsak, izolyatsiya yana davom etadi, ko‘p yillar davomida izolyatsiyada bo‘ldik va izolyatsiyadan hozir chiqdik desak bo‘ladi", - deb ta’kidladi Ne’matov.

Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII kuzatuvchi davlatga keskin talablar qo‘ymaydi - huquqshunos

Siyosatchining fikricha, izolyatsiya bo‘lsa raqobat bo‘lmaydi, hech qanday rivojlanish bo‘lmaydi.

"Men o‘ylaymanki bu to‘g‘ri bo‘lyapti. Ikkinchi bir misol YeOII a’zolari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston Armaniston yoki Belarus hammasi shu paytgacha muammosiz aloqani rivojlantirib kelyapti. Investitsiya olib kelishapti, siyosiy aloqalar rivojlanyapti, iqtisodiy aloqalar rivojlanyapti, shuning uchun bu yerda havotirlanishga shubha yo‘q", - deb qo‘shimcha qildi diplomat.

Ne’matov O‘zbekiston ushbu tashkilotga kuzatuvchi sifatida kirayotganini eslatib o‘tdi.

"Bu bizga mana shu davrda uni chuqur o‘rganib qandaydir salbiy ta’sirlari bo‘ladigan bo‘lsa unga yo‘l xaritasi ishlab chiqib kerakli ishlarni olib borish imkonini beradi. Albatta bu TIVni ishi va biz bu yo‘l xaritani ishlab chiqdik, juda ko‘p o‘rgandik, chunki oldin ham qatnashganmiz YeOIIda. O‘shandan bilamizki, qaysi salbiy oqibatlari bizga ta’sir qilishi mumkin. Shunga oldindan yo‘l xarita ishlab chiqdik. Albatta bunda hamkorlarimiz Sharq va G‘arb davlatlari bilan ishlab, tushuntirish ishlarini olib boramiz, hech qanday shubha bo‘lmasligi kerakki bu bizning qandaydir boshqa aloqalarimizga ta’sir qiladi, degan", - dedi Ne’matov va yana bir marta kuzatuvchi maqomini olish bo‘yicha qarorni "juda to‘g‘ri qadam qo‘yilyapti", deya qo‘shimcha qildi.

Qizg‘in va ochiq munozara yakunida senatorlar O‘zbekistonning YeOIIda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etish taklifini ma’qullashdi.

Mazkur masala bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0