O‘zbekistonda 8-maydan boshlab karantin bosqichma-bosqich bekor qilinadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa
Jiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika maxsus komissiyasi bayonoti e’lon qilindi: karantin cheklovlari joriy yil 8-mayidan boshlab uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti e’lon qilindi.

Karantindan so‘ng sobiq Ittifoq mamlakatlari qanday jonlanmoqda – video - Sputnik O‘zbekiston
Karantindan so‘ng sobiq Ittifoq mamlakatlari qanday jonlanmoqda – video

Respublika maxsus komissiyasining 6-maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8-mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Birinchi – “qizil” toifadagi hudud – oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari). Bunda “qizil” hududda mavjud karantin cheklovlari saqlab qolinadi hamda vaziyatga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.

“Qizil” hududlarda quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

oziq-ovqat savdo do‘konlari, nooziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdo do‘konlari, qurilish materiallari bozorlari, tikuvchilik va bichuvchilik sexlari, tijorat banklarining obyektlardagi shahobchalari (kassalari), kimoviy tozalash, notarial idoralar, advokatura va sug‘urta tashkilotlari, poyabzal ta’mirlash ustaxonalari, chorvachilik, terini qayta ishlash korxonalari, tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari (yetkazib berish va olib ketish uchun), tibbiyot muassasalari faoliyati;

Sotrudnik laboratorii upakovivayet biomaterial, sobranniy dlya analiza na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Karantindan so‘ng koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinmi?

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish, joylarga yetkazish va sotish, urug‘ va ko‘chat yetishtirish hamda ularni sotish, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish, hunarmand va ustalar, ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do‘kon) sotish;

obyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, yakka tartibdagi qurilish va ta’mirlash ishlari, yetkazib berish xizmati;
ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani saqlagan va niqob taqqan holda sayr qilish.

Ikkinchi – “sariq” toifadagi hudud – oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo‘lgan hududlar (Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri). “Sariq” hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.

“Sariq” hududlarda, “qizil” hududlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari, zargarlik va gul sotish do‘konlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;
avtomashinalar yuvish shahobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat (servis) ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;

Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Berdimuhamedov “Sardoba” va COVID-19 masalasini muhokama qildi

hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;

yo‘nalishsiz taksida maxsus talablar asosida yo‘lovchi tashish, velosiped va skuterda harakatlanish.

Uchinchi – “yashil” toifadagi hudud – koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan (yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) hududlar (Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari);

“Yashil” hududlarda, yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda park va istirohat bog‘lari faoliyatiga (attraksion va ko‘ngilochar obyektlar faoliyati bundan mustasno), avtotransportlarning stikersiz harakatiga, hamda davlat tashkilotlarida fuqarolar qabullariga ham ruxsat beriladi.

“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga, sartaroshxona va go‘zallik salonlari hamda savdo majmualari faoliyat yuritishiga quyidagi talablar asosidagina ruxsat berildi:

yo‘nalishsiz taksilar – yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi lozim;

Vid na zdaniya moskovskogo mejdunarodnogo delovogo sentra Moskva-Siti so smotrovoy ploshadki na Vorobyevix gorax v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskva koronavirus holati bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

sartaroshxona va go‘zallik salonlari – xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari – tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N 95 yoki ustma-ust 2 ta oddiy spanbond niqobli), yuzni to‘liq to‘sadigan himoya maskasi va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda “1 ta xizmat ko‘rsatuvchi shaxs – 1 ta mijoz” tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi lozim;

savdo majmualari – qat’iy ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat etiladi, bunda savdo majmuasining attraksion, ko‘ngilochar, ovqatlanish bo‘linmalari, kinoteatr va o‘yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Vyezd v gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Namangan va Samarqand yuqori xavfli hududga kiritildi

Avtotransport vositalarining stikersiz, shuningdek, mototransport va velosipedlarning harakatlanishiga “yashil” hududlarda ruxsat beriladi. “Sariq” va “qizil” hududlarda avtotransport vositalari stikersiz har kuni 07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha harakatlanishi mumkin.

Shuningdek, barcha toifadagi hududlar uchun quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi:

ijtimoiy masofani (2 metr)ni saqlash, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;
ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari, ko‘ngilochar obyektlar, buyum bozorlari faoliyati va jamoat transporti harakatini yo‘lga qo‘ymaslik;
barcha turdagi ommaviy tadbirlar, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) o‘tkazmaslik;

dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 °S va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik;

barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;
qurilish-ta’mirlash ishlarida obyektlar hududini to‘liq karantinga olish va ularda sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oshirib borish.

Yuqoridagilardan tashqari, viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar saqlab qolinadi. Bunda:

doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlariga mazkur hududga kirish va chiqishga;

Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir ikkita qarorni imzoladi

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida aholi talablaridan kelib chiqib, fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va ko‘kat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Mazkur qaror bilan mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada yaxshilanib, bu borada ijobiy dinamikani ta’minlash maqsadida “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda amaldagi belgilangan karantin cheklovlari saqlab qolinmoqda.

O‘z navbatida, “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ushbu qaror bilan ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0