Namangan va Samarqand yuqori xavfli hududga kiritildi

© Sputnik / Mixail GenisVyezd v gorod Samarkand
Vyezd v gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ushbu viloyatlar epidemiologik jihatdan “qizil” hududga kirishi e’tiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Namangan va Samarqand viloyati “qizil” — yuqori xavfli hududga kiritildi.

Qayd etilishicha, ushbu viloyatlar epidemiologik jihatdan “qizil” hududga kirishi e’tiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.

Statsionarniy post dps na Drujbe narodov - Sputnik O‘zbekiston
Karantin choralari yengillashtiriladigan hududlar alohida belgilanadi

Namangan viloyatida 6-may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

Koronavirusdan o‘lim holati bo‘yicha esa (4 ta) Namangan poytaxt Toshkentdan so‘ng (5 ta) ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Samarqand viloyatida ham kasallangan bemorlarning atigi 23 foizi tuzalgan, xolos.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq karantin choralari yengillashtiriladigan hududlar alohida belgilanishi xabar qilingan edi. Tumanlar  va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0