Xitoy dollarga muqobil suveren kibervalyuta kiritish arafasida turibdi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tishKitayskie banknoti nominalom v 100, 50, 20,10 i 5 yuaney.
Kitayskie banknoti nominalom v 100, 50, 20,10 i 5 yuaney. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy kamdan kam hollarda o‘ziga notanish bo‘lgan maydonda, birov o‘rnatgan qoidalar asosida  “jangga” kiradi.

Aksariyat ekspertlar Xitoydan AQShning “koronavirus tarqatish” va jahon iqtisodiyotini barbod qilishdagi aybnomalariga munosib javob qaytarishini kutib, turgan bir vaqtda Xitoy mutlaq boshqacha yo‘l tutdi, deb yozadi RIA Novosti muallifi Aleksey Maslov.

Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQShning koronavirus epidemiyasi bo‘yicha dag‘dag‘alariga javob qaytardi

Xitoy kamdan kam hollarda o‘ziga notanish bo‘lgan maydonda, birov o‘rnatgan qoidalari asosida  “jangga” kiradi. Bu Xitoy siyosatining e’tiborli xususiyatlaridan biridir.

Bu safar ham Xitoy mutlaq kutilmagan tomondan zarba berdi.  Umumjahon iqtisodiy inqirozi arafasida u yangi elektron valyuta sinovdan o‘tkazishni boshlaganini e’lon qildi. Oxir oqibatda ushbu valyuta Xitoyni jahon miqyosida dollarga mutanosiblikdan xalos qilishga qaratilgan.

Aslida XXR 2000-yillar boshidan buyon Yuanni erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga aylantirish masalasini hal qilishni istab kelayotgan edi. Ushbu yo‘lda Xitoy aksariyat davlatlar kabi yo‘l tutib, yuanni erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga aylantirganida, u barbir eski va ishonchli dollar tizimiga bog‘lanib qolishi aniq edi.

Povsednevnaya jizn v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy qay tarzda maktablarini qayta ochmoqda?

Lekin Xitoyga bunday bog‘liqlik kerak emasdi. U birinchi navbatda o‘zi uchun foydali bo‘lgan, ikkinchidan yangi va kelajakki intilgan tizimga o‘tishni istar edi. Dastlab ular dollarsiz faqat milliy valyutalar asosida hisob-kitob  qilish tizimini ko‘rib chiqishdi. Ushbu tizim Rossiya bilan hisob-kitoblarda faol ishlatildi. Lekin bunday tizim ham qisman bo‘lsada “dollarli  iqtisod”ga bog‘liq edi.

Xitoy rahbariyati uzoq yillar davomida Yuanni xalqaro to‘lovlar tizimiga kiritish yo‘llarini izlab kelayotgan edi. Bu jahon iqtisodiyotida Xitoy tutgan o‘rnini aks etishi, yuanning savdo va investitsion valyuta sifatida qadrini oshirishi kerak edi.  

Bugungi kunda yuan xalqaro tan olinishni istaydigan lekin erkin konvertatsiyada bo‘lmagan yagona yirik valyuta sifatida qolmoqda. SWIFT hisobotiga ko‘ra 2017-2019 yillarda umumjahon to‘lovlarida yuan ulushi 28 bazis punktga oshgan, 2019-yilda jahon YaIMida Xitoy ulushi 19%ni tashkil qilgan bo‘lsada yuanning jahon savdosidagi ulushi 2,2 %ni tashkil qilmoqda. Ushbu ko‘rsatgich 2011-yildan buyon 1,7%ga oshgan bo‘lsada - baribir  juda past miqdorda qolmoqda.

Bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
Bitkoin yangi dunyo valyutasiga aylanmoqdami?

Dollar va yevro esa mutlaq boshqacha vaziyatda. AQShning umumjahon YaIMidagi o‘rni 15%ni, Yevropa Ittifoqining ulushi – 16%ni tashkil qilsada dollarning umumjahon savdosidagi ulushi 39%, Yevroniki – 34%ni tashkil qilmoqda. Chegaralarora savdoda yuan hozira 5 o‘rinda qolmoqda. Oldinda, dollar, yevro, funt va iyena.

Bunga qisman Xitoydagi moliyaviy barqarorlik hamda kapital erkin harakatlanishiga bo‘lgan chelovlar sabab bo‘lishi ham mumkin.

Rasman yuanning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni yil sayin oshib kelayotgan bo‘lsada, lekin xalqaro bozorda yuanning keskin ommaviylashishi kuzatilmadi. Aslida yuanni xalqaro bozorga kirishiga qo‘yilgan to‘siqlar ham ko‘p bo‘ldi. Yuanga nisbatan bir qator talablar ham ko‘plab qo‘yildi, xususan savdo munosabatlariga davlat aralashuvini cheklash, erkin konvertatsiyaga joriy etish va boshqalar.

Shu sababli XXR boshqacha yo‘l tutishga qaror qilgan. Mavjud valyuta tizimiga kirishga emas, o‘z valyutasini yaratish orqali dollardan mutlaq voz kechish yo‘lini tanlagan. 2020-yilning aprel may oyida Xitoy elektron yuan tizimini joriy etdi. Bu biror korporatsiya tomonidan emas dunyoning eng yirik iqtisodlaridan biri bo‘lgan davlat tomonidan  boshqariladigan birinchi elektron pul tizimi bo‘ladi.

Bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bitkoin va elektron pullarni qonuniylashtiradi

Ushbu valyutan faol tatbiq etish vaqti ham bejiz tanlanmagan. Yuqumli kasallik tarqalayotgan va odamlar jismoniy muloqotni kamaytirishga harakat qilayotgan bir vaqtda, davlat tomonidan ta’minlangan kibervalyuta talabgir va ishonchli hisob-kitob vositasi bo‘lishi mumkin.  

Lekin Xitoy elektron pulining yana bir xususiyatini alohida qayd  etish kerak. Mavjud elektron pullarning aksariyati o‘z egasini yashiradi va shu sabab ulardan noqonuniy operatsiyalar uchun ham foydalaniladi. Xitoy kibervalyutasi esa milliy to‘lov tizimlari uchun shaffof bo‘lishi kerak.

Xitoy uchun yangi to‘lov tizimi dollar bilan amalga oshiriladigan hisob kitoblar o‘rnini to‘laqonli bosuvchi vosita bo‘lishi kerak va Xitoy hukumati yoki korporatsiyalarig qarshi qo‘llaniladigan har qanday sanksiyalardan himoya qilishi kerak.

Xitoy Markaziy banki yangi to‘lov tizimini bir necha shaharlarda sinovdan o‘tkaza boshladi. Bular Shenchjen, Suchjou, Chendu, hamda Pekin janubida joylashgan Sunan shaharlaridir. Bu yerda 2022-yilda qishgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Kiberuandan Sunanda transportga subsidiyalar ajratish hamda oziq ovqat mahsulotlari va chakana savdoda hisob-kitob qilish uchun foydalanish rejalashtirilgan.

Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi GlobUzCard to‘lov tizimi paydo bo‘ladi

Bir qarashda bun yerda hech qanday yangilik yo‘qtek tuyuladi. Elektron to‘lovlar har bir xitoylik uchun allaqachon oddiy ishgan aylangan. Lekin shu vaqtga qadar ular turli banklar tomonidan joriy etilgan bo‘lib, ulardan qo‘shimcha qulay to‘lov vositasi sifatida foydalanib kelinayotgan edi.Endi bo‘lsa ushbu to‘lovlar Xitoy Markaziy banki tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshirilmoqda va ular iqtisodiyotni markazlashtirilgan tartibda to‘liq “raqamlashtirishni” nazarda tutgan.

Xitoy OAVlariga ko‘ra, raqamli valyuta aynan hozir tezlashtirilgan tartibda joriy etilayotganining sababi, dollarning AQSh tashqi siyosati quroliga aylanganidir. AQSh o‘z istagiga ko‘ra istalgan davlat yoki kompaniyani SWIFT to‘lovlar tizimidan chiqarib tashlash kabi bir tomonlama sanksiyalar kiritayotgani bilan bog‘liqdir. Bunday tahdidlar Eron, Venesuelaga nisbatan qo‘llanilgan edi. Avstraliya hukumati ham ana shunday cheklovlar tufayli Huawei kompaniyasi bilan shartnomalardan voz kechishga majbur bo‘lgan edi.

Jenshina v meditsinskoy maske v Seule  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy virusi AQSh qudratini barbod qilish bilan tahdid qilmoqda. Rossiyagachi?

Ikkinchidan esa, Xitoy ana shunday yo‘l bilan investorlar va biznesmenlar uchun dollar tizimiga muqobil sarmoya va hisob-kitob vositasi yaratish istagidadir.

Uchinchidan esa, “raqamli yuan” kelajakda “Bitta belbog‘ bitta yo‘l” tashabusiga kirgan mamlakatlar orasida xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin.

Jahon iqtisodiyoti stagnatsiya his qilayotgan vaqtda yangi to‘lov tizimining kiritilishi mahsulot ayirboshlashni ancha jonlantirishi, Xitoy “yumshoq kuchi”ga qo‘shimcha muvaffaqiyat berishi mumkin. Lekin yangi valyuta foydalanuvchilari “raqamli yuan” emitenti va boshqaruvchisi bo‘lgan Xitoy moliya tizimiga bog‘lanib qolishi aniq.

Yangiliklar lentasi
0