TOShKENT, 27 apr - Sputnik. Pekinda maktablar yana ochildi, bolalar maktabga qatnay boshladi. Xitoy poytaxtida maktablar, birinchi navbatda, katta sinf o‘quvchilari uchun ochildi, chunki ular oliygohlarga kirishga tayyorlanishi kerak, deb xabar qilmoqda Russia Today.
Darslar soat 09:30 dan 15:00 ga qadar davom etadi. O‘quvchilarga oldingidek kechgacha maktabda qolishga ruxsat berilmaydi. Darsdan so‘ng barcha uyiga ketishi kerak.
Shuningdek shaxsiy ehtiyot choralari ham ko‘rilgan: barcha o‘quvchilar himoya niqobi taqib yurishi kerak. Sinflarda 15 kishidan ortiq o‘quvchi bo‘lishi mumkin emas. Har bir o‘quvchining partasi boshqalardan 1 metr masofaga o‘rnatilgan.Shuningdek maktablarga kirishda o‘quvchilar tana harorati o‘lchab kiritilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 83 912 kishini tashkil qilmoqda. Sog‘ayib ketganlar 78 290 kishini, vafot etganlar 4637 kishini tashkil qildi.