O‘zbekiston bitkoin va elektron pullarni qonuniylashtiradi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulugbek Innovation Center – innovatsiyalar markazida blokcheyn texnologiyalari vakolat markazi yaratish tashabbusini qo‘llab quvvatladi.

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonda ushbu yilning 1-sentabriga qadar elektron pullar oborotni tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
Bitkoin yangi dunyo valyutasiga aylanmoqdami?

O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq, yangi qonun loyihasi ishlab chiqishga Markaziy bank, Axborot texnologiyalari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va yana bir qator boshqa muassasalar javobgar bo‘ladi.

Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulugbek Innovation Center – innovatsiyalar markazida blokcheyn texnologiyalari vakolat markazi yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Blokcheyn (blockchain) — tarqatilgan ma’lumotlar bazasi tizimi.  

Ushbu markazning asosiy vazifasi “blokcheyn” texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, ushbu sohada mahalliy mutaxassislar yetishtirish va sohani o‘zlashtirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash kiradi. Rejaga ko‘ra markaz 2018-yilning 1-sentabridan ishga tushishi kerak.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Visa to‘lov tizimi O‘zbekistonda faollashadi

Tashabbusning yana bir muhim jihati – prezident Respublika hududida kontaktsiz elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirishni topshirdi. Jumladan PayPal, Alipay, Visa va Mastercard kabi xalqaro to‘lov tizimlari yordamida ham. Elektron to‘lovlar tizimi 1-iyunga qadar ishlab chiqarilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, oldin O‘zbekiston Markaziy banki virtual mablag‘lar borasida salbiy fikr bildirgan edi. Keyinroq bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istondagi forumda O‘rta Osiyo mamlakatlarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni qo‘llab-quvvatlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0