O‘zbekistonda yangi GlobUzCard to‘lov tizimi paydo bo‘ladi

© Sputnik / Ruxkan / Mediabankka o‘tishOplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy
Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GlobUzCard universal banklararo chakana to‘lov tizimi UzCard uchun raqobatchi bo‘ladi

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Tizim Markaziy bank boshqaruvining 2017-yil 8-apreldagi qarori bilan tashkil etilmoqda hamda Adliya vazirligi hujjatni 2017 yil 15-may kuni tasdiqladi.

Plastikovie karti Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "oilaviy" plastik kartalar paydo bo‘ldi

Yangi to‘lov tizimi shu yilning o‘zida ishga tushirilishi kutilmoqda. Mazkur tizim Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqa xalqaro to‘lov tizimlari bilan aloqalar o‘rnatadi. Bu orqali esa GlobUz bank kartalaridan chet elda hamda O‘zbekistonda xorijiy banklar kartalaridan chet el valyutasida amaliyotlar o‘tkazish imkonini beradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda UzCard banklararo to‘lov tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0